152
Hisobot yilida tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan korxona yil boshidan
tugatish (qayta tashkil etish) paytiga qadar bo’lgan davr uchun yillik moliyaviy
hisobotning amaldagi shakllari bo’yicha hisobot taqdim etadi.
Yangi tashkil etilgan korxonalar moliyaviy hisobotda mablag’lar va ularning
manbalarini belgilangan tartibda ular ro’yxatga olingan oyning 1-kunidan hisobot
yilining 31 dekabriga qadar, hisobot yilining 1 oktyabridan keyin tashkil etilgan
korxonalar esa davlat ro’yxatiga olingan sanadan boshlab keyingi yilning 31
dekabriga qadar ko’rsatadilar (mazkur tartib tugatilgan (qayta tashkil etilgan)
korxonalar va ularning alohida bo’linmalari negizida barpo etilgan korxonalarga
tatbiq etilmaydi).
Dostları ilə paylaş: