153
BUXGALTERIYA BALANSI
(1-SON SHAKL)
16.
Buxgalteriya balansi (bundan keyin-balans) tuzishga qadar tahliliy
hisobvaraqlar bo’yicha oborotlar va qoldiqlar hisobot davri oxirida Bosh daftar
hisobvaraqlari bo’yicha oborotlar va qoldiqlar bilan solishtirilishi kerak.
17.
3-ustunda balans bo’yicha yil boshidagi ma’lumotlar, ya’ni
avvalgi yil
uchun yillik moliyaviy hisobot balansi 4-ustunining ma’lumotlari ko’rsatiladi.
18.
Yil boshi va oxiridagi balans ma’lumotlarini taqqoslab olish uchun
tasdiqlangan balans moddalari nomenklaturasi yil oxiridagi balans uchun
belgilangan bo’limlar va moddalarning nomenklaturasi va guruxlanishiga
muvofiqlashtirilishi kerak.
19.
«Asosiy vositalar» moddasi bo’yicha (010-satr)
amaldagi va
konservatsiyadagi asosiy vositalarga doir ma’lumotlar ko’rsatiladi.
Mol-mulkni asosiy vositalar tarkibiga kiritishni buxgalteriya O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi 1998 yil 7 sentyabrdagi 46-son bilan tasdiqlagan
«Asosiy vositalar» O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1998 yil 7
sentyabrda 46-son bilan tasdiqlangan. «Asosiy vositalar» O’zbekiston Respublikasi
Buxgalteriya hisobi milliy standarti (5-son BXMS) ga (ro’yxat raqami 491,1998
yil 23 sentyabr, O’zbekiston
Respublikasi vazirliklari, davlat ko’mitalari va
idoralarining me’yoriy xujjatlari axborotnomasi» 1999 yil , 6-son) binoan va
pasport hamda tavsiflar, foydalanish bo’yicha yo’riqnomalar va ularni xarid qilish
chog’ida olingan boshqa texnik xujjatlarga asosan amalga oshiradi.
Ushbu modda bo’yicha yerlarni yaxshilash (meliorativ, quritish, irrigatsion
va boshqa ishlar)ga kapital qo’yilmalar xam aks ettiriladi.
Korxona tomonidan
qonun xujjatlariga muvofiq mulk sifatida xarid qilingan yer uchastkalari ushbu
modda bo’yicha xaridga doir haqiqatdagi xarajatlar hajmida ko’rsatiladi.
Ushbu modda bo’yicha asosiy vositalarga ta’lluqli, «Uzoq muddatga ijaraga
olinadigan asosiy vositalar» hisobvarag’ida hisobga olingan uzoq muddatga ijaraga
olinadigan binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa obhektlar xam aks ettiriladi.
Aloxida modda bo’yicha (011-satr) korxona tomonidan «Asosiy vositalar»
va «Uzoq muddatga ijaraga olinadigan asosiy vositalar» hisobvaraqlarida hisobga
olingan asosiy vositalar bo’yicha eskirishning hisoblab yozilgan summasi
keltiriladi. Asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya O’zbekiston
Respublikasining
Soliq kodeksi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 7
sentyabrda 46-son bilan tasdiqlangan «Asosiy vositalar» O’zbekiston Respublikasi
Buxgalteriya hisobi milliy standarti (5-son BHMS) (ro’yxat raqami 491, 1998 yil
23 sentyabr, «O’zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari va
idoralarining me’yoriy xujjatlari axborotnomasi", 1999 yil, 6-son)da
nazarda
tutilgan belgilangan me’yorlar va usullar bo’yicha hisoblab yoziladi.
Dostları ilə paylaş: