28 mavzu buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari
21. «Kapital qo’yilmalar» moddasi bo’yicha (030- satr)xo’jalik va pudrat
usullari bilan amalga oshiriladigan tugallmanmagan qurilishning qiymati
ko’rsatiladi.
Ushbu modda bo’yicha asosiy podani shakllantirish bo’yicha, geologiya-
qidiruv ishlari xarajatlari, shuningdek korxonalar tomonidan ana shu maqsadlar
uchun berilgan bo’naklar va bo’nak ko’rinishida vaqtincha foydalanishga doir
mablag’’lar summalari aks ettiriladi.
Ushbu modda bo’yicha o’rnatiladigan va korxona omborlarida bo’lgan
uskunalar zaxiralari xaqiqiy qiymati bo’yicha aks ettiriladi.
22. «SHuhba xo’jalik jamiyatlaridagi aktsiyalar» moddasi bo’yicha (040
satr) shuhba xo’jalik jamiyatlari aktsiyalariga qo’yilgan, tahliliy tarzda «Uzoq
muddatli moliyaviy qo’yilmalar» hisobvarag’ida («Pay va aktsiyalar» ilova
hisobvarag’i) hisobga olinadigan mablag’’lar summasi ko’rsatiladi.
23. «SHuhba xo’jalik jamiyatlariga berilgan qarzlar» moddasi bo’yicha
(050-satr) shuhba xo’jalik jamiyatlariga berilgan, «Uzoq muddatli moliyaviy
qo’yilmalar» hisobvarag’ida («Berilgan qarzlar» ilova hisobvarag’i) hisobga
olinadigan qarzlar summasi aks ettiriladi.
24. «Tobe xo’jalik jamiyatlaridagi aktsiyalar» moddasi bo’yicha (060-satr)
tobe xo’jalik jamiyatlari aktsiyalariga qo’yilgan, taxliliy tarzda «Uzoq muddatli
moliyaviy qo’yilmalar» hisobvarag’ida («Pay va aktsiyalar» ilova hisobvarag’i)
hisobga olinadigan mablag’’lar summasi ko’rsatiladi.
25 . «Tobe xo’jalik jamiyatlariga qarzlar» moddasi bo’yicha (070-satr) tobe
xo’jalik jamiyatlariga berilgan, «Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar»
hisobvarag’ida («Berilgan qarzlar» ilova hisobvarag’i) hisobga olinadigan qarzlar
summasi aks ettiriladi.
26. «Uzoq muddatli investitsiyalar» moddasi bo’yicha (080- satr)
korxonaning davlat daromadli aktivlari (qimmatli qog’ozlar- aktsiyalar,
obligatsiyalar) ga, O’zbekiston Respublikasi xududida va undan tashqarida tashkil
etilgan boshqa korxonalarning (shuhba va tobe xo’jalik jamiyatlaridan tashqari)
ustav fondlariga va hokazolarga uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga)
investitsiyalari, korxona tomonidan boshqa korxonalarga berilgan qarzlardan
tashqari, ko’rsatiladi.
Moliyaviy qo’yilmalar qonun xujjatlarida belgilangan tartibda haqiqiy
xarajatlar summasida hisobga olinadi.
To’liq to’lanmagan aktsiya va paylar balans aktivida ularning to’liq xarid
qiymatida ko’rsatiladi, investor dividend olish huquqiga ega bo’lgan va ushbu
qo’yilmalar uchun to’liq javobgar bo’lgan xollarda kreditorlar moddasi bo’yicha
so’ndirilmagan summa balans passiviga kiritiladi. Qolgan hollarda xarid
156
qilinadigan aktsiya va paylar hisobiga kiritilgan summalar balans aktivida
debitorlar moddasi bo’yicha ko’rsatiladi.