28 mavzu buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari
27. «Boshqa qarzlar» moddasi bo’yicha (090-satr) yuqorida sanalgan
moddalarda hisobga olinmagan va «Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar»
hisobvarag’ida hisobga olinadigan uzoq muddatli qarzlar summalari ko’rsatiladi.
28. «Boshqa aktivlar» moddasi bo’yicha (100-satr) oldingi moddalarda
sanalmagan boshqa uzoq muddatli mablag’’lar va qo’yilmalar ko’rsatiladi.
Xususan, mazkur modda bo’yicha ijaraga beruvchi korxona uzoq muddatli ijaraga
berilgan, «Tushumga doir ijara majburiyatlari» hisobvarag’ida qayd qilingan
asosiy vositalar bo’yicha qarz qoldig’ini ko’rsatadi.
29. «1 bo’lim bo’yicha jami» moddasi bo’yicha (110-satr) satrlar bo’yicha
summa ko’rsatiladi: 012-satr Q 022-satr Q030-satr Q040-satr Q050-satr Q060-satr
Q070-satr Q080-satr Q090-satr Q100-satr.
30 . Balans aktivining «Joriy aktivlar» degan 11 bo’limida korxona joriy
aktivlarning summasi ko’rsatiladi.
31. «Ishlab chiqarish zaxiralari» moddasi bo’yicha (120-satr) xom ashyo,
asosiy va yordamchi materiallar, qaytarma chiqindilar, yoqilg’i, xarid qilingan
yarim tayyor maxsulotlar va butlovchi buyumlar, extiyot qismlar, idishlar va
"«materiallar" hisobvarag’ida hisobga olinadigan boshqa moddiy boyliklarning
haqiqatdagi tannarxi, arzon va tez eskiruvchan buyumlar, shu jumladan maxsus
asboblar va maxsus moslamalar, maxsus poyabzal va choyshab-yostiqlar, yozuv-
chizuv anjomlari va ovlash qurollari (trallar, yoyma to’rlar, to’rlar, matraplar va
hokazo) xizmat muddatidan qat’i nazar, shuningdek bir yildan kam muddat
foydalaniladigan almashtiriladigan uskunalar ko’rsatiladi.
«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» va «Materiallar qiymatida
tafovutlar» hisobvaraqalaridan ishlab chiqarish zaxiralari, arzon va tez eskiruvchan
buyumlar hisobini yuritish uchun foydalanilganda ko’rsatilgan boyliklar «Ishlab
chiqarish zaxiralari» moddasi bo’yicha aks ettiriladi.
Arzon
va
tez
eskiruvchan
buyumlar
(ATEB)
foydalanishga
topshirilayotganida ATEB qiymatining 100 % ini ishlab chiqarish xarajatlari yoki
davr xarajatlariga hisobdan chiqarishga ruxsat beriladi. ATEB butligini ta’minlash
uchun foydalanish chog’ida korxona tegishli hisob va ularning harakati ustidan
nazorat tashkil etilishi kerak.