28 mavzu buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari
34. «Qayta sotish uchun tovarlar» moddasi bo’yicha (150-satr) o’z
faoliyatini savdo va umumiy ovaqatlanishda amalga oshiradigan korxonalar xarid
qiladigan tovarlar qoldig’ining qiymati ko’rsatiladi. Bunda umumiy ovqatlanish
korxonasi ushbu modda bo’yicha oshxona va omborxonalardagi xom ashyo
qoldiqlari, bufetlardagi tovarlar qoldiqlarini xam aks ettiradi.
Ushbu modda bo’yicha sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish
korxonalari sotish uchun maxsus xarid qilingan buyumlar, materiallar, oziq-ovqat
mahsulotlarini, shuningdek sanoat korxonasida butlash uchun xarid qilinadigan,
ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxiga kiritilmaydigan va xaridorlarga alohida
qaytariladigan tayyor buyumlar qiymatini ko’rsatishadi.
Mazkur modda bo’yicha chakana savdo korxonalari tovarlarning xarid
qiymatini ko’rsatadilar, ya’ni tovarlarning sotilish qiymatidan savdo ustamasi
summasi olib tashlanadi.
35. «Bo’lg’usi davrlar xarajatlari» moddasi bo’yicha (160-satr) hisobot
yilida qilingan, lekin ular taalluqli bo’lgan muddat davomida xarajatlarga kiritish
yo’li bilan keyingi hisobot davrlarida so’ndirilishi kerak bo’lgan xarajatlar
summasi ko’rsatiladi. Bunday xarajatlarga, shu jumladan, ommaviy axborot
vositalariga obuna xarajatlari, oldindan to’langan ijara to’lovi, manfiy kurs farqi va
hokazolar kiradi.
36. «Pul mablag’’lari» moddasi bo’yicha (170-satr) korxonaning «Hisob-
kitob varag’i», «Banklardagi maxsus hisobvaraqlar», «Pul hujjatlari», «Yo’ldagi
o’tkazmalar» hisobvaraqlarida hisobga olinadigan pul mablag’’lari qoldig’i
so’mlarda ko’rsatiladi. Balansning ushbu moddasida aks ettirilgan summalar bank
ko’chirmalariga muvofiq kelish kerak.
37. «Valyuta mablag’’lari» moddasi bo’yicha (180-satr) korxona
banklardagi valyuta hisobvaraqalari va korxonaning valyuta kassasida bo’lgan,
hisobot davrining oxirgi sanasida O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki
158
kursi bo’yicha milliy valyutada baholangan valyuta mablag’’lari koldig’ini
ko’rsatadi.