163
qaroriga ko’ra davlat maqsadli jamg’armalariga to’lovlar kechiqtirilgan va (yoki)
bo’lib-bo’lib to’lash xuquqi berilgan davlat maqsadi jamg’armalariga to’lovlar
bo’yicha qarzlar summasi xam aks ettiriladi.
72.
«Boshqa kreditorlar» moddasi bo’yicha (540-satr)
korxonaning
kreditorlar guruxi boshqa moddalari bo’yicha o’z aksini topmagan hisob-kitoblar
bo’yicha qarzi ko’rsatiladi.
73.
modda «11 bo’lim bo’yicha jami» moddasi bo’yicha (550-satr) 400 –satr
Q410-satr Q420-satr Q430-satr Q440-satr Q450-satr Q460-satrlarni qo’shish
natijasida ko’rsatiladi.
74.
«Balans passivi bo’yicha jami» moddasi bo’yicha (560-satr) 400 va 550-
satrlar bo’yicha summalar natijasi sifatida olingan passivning yakuniy summasi aks
ettiriladi.
MOLIYAVIY NATIJALAR TO’G’RISIDA HISOBOT.
(2-SON SHAKL).
75. «Maxsulot (ishlar,xizmatlar) sotilishidan tushum» moddasi bo’yicha
(010-satr) korxona va tashkilotlar, shu jumladan savdo bilan shug’illanadiganlari,
xaridor va byurtmachilar tomonidan tushum tarkibida to’lanadigan soliqlar bilan
birgalikda maxsulot va tovarlarni sotishdan, ish va xizmatlar uchun butun tushumni
(qaytarilgan tovarlar va
tayyor maxsulotlar qiymatini, sotish narxlaridan xaridor
chegirmalarini chiqarib tashlab) aks ettiradilar.
010-satr «Maxsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishi» hisob varag’ining kredit
oboroti ma’lumotlari bo’yicha to’ldiriladi.
Asosiy faoliyati mol-mulkni ijaraga berish hisoblangan korxona va
tashkilotlar 010-satr bo’yicha hisoblab yozilgan ijara to’lovi summasini (moliyaviy
ijara (lizing) dan tashqari) aks etiradilar. Maskur ijara to’lovi bo’yicha QQS
summasi 020-satrda aks ettiriladi.
76. «Qo’shilgan qiymat solig’i» moddasi bo’yicha (020-satr) qo’shilgan
qiymat soligini to’lovchi korxonalar realizatsiya hisob varag’i bo’yicha tushim
tarkibida hisobga olingan va «maxsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishi» hisob varag’i
debeti va «Byudjet bilan hisob kitoblar» hisob-varag’i krediti bo’yicha
«Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha hisob-kitoblar»
ilova hisob varagida
ko’rsatilgan summani aks ettiradilar. Qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblab
chiqarish va to’lash O’zbekiston Respulikasising soliq qonunchiligiga muofiq
amalga oshiriladi.
77. «Aktsiz solig’i» moddasi bo’yicha (030-satr) aktsiz solig’ini to’lovchi
korxonalar realizatsiya hisobvarag’i bo’yicha tushim tarkibida hisobga olingan
xamda «Maxsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishi» hisobvaragi debeti va «Byudjet
bilan hisob-kitoblar» hisob varagi krediti bo’yicha «Aktsiz solig’i bo’yicha hisob –
kitoblar» ilova hisob varag’ida ko’rsatilgan summani aks ettiradilar. «Aktsiz
solig’ini hisoblab chiqarish va to’lash O’zbekiston Respublikasining soliq
qonunchiligiga muofiq amalga oshiriladi.
78. 040-satrida eksport bojxona bojlari aks ettiriladi.
164
79. «Maxsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishidan olingan sof tushum» moddasi
bo’yicha (050-satr) maxsulot , tovarlar, ishlar, xizmatlar sotilishidan , shuningdek
korxonaning
yordamchi, ko’makchi va xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarishlari
maxsulotini chetga sotishdan olingan moliyaviy natija ko’rsatiladi. Maxsulot
(ishlar, xizmatlar) sotilishidan olingan sof tushum hisobot davrining 020-030-040-
satrlari ko’rsatgichlariga kamaytirilgan 010-satrdagi ko’rsatgichiga tengdir.
80. 060- «Sotilgan maxsulot, ishlar xizmatlarning ishlab chiqarish tannarxi»
satri bo’yicha (060-satr) O’zbekiston Respug’blikasi Vazirlar Maxkamasining
1999 yil 5 fefraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsulot (io’lar, va
xizmatlar)ning ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi xamda moliyaviy
natijalarni shakillantirish tartibi to’g’risidagi nizomga (O’zR VMQT,1999 yil, 2-
son, 9-modda) muofiq «Asosiy ishlab chiqarish», «YOrdamchi ishlab chiqarish»,
«Xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarishlar va xo’jaliklar»
hisob varaqlarida
xarajatlarni umumlashtirish yo’li bilan olingan summa ko’rsatiladi. Savdo
tashkilotlari ushbu satr bo’yicha sotilgan tovarlarning xarid qiymatini aks
ettiradilar. Tovar oborotida (tovarlarni qabul qilish va sotish) ishtirok etmasdan,
xizmatlar uchun to’lov sifatida daromad oladigan vositachi tashkilotlar bu satrni
to’ldirmaydilar.
060-satr «Maxsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishi» hisob varag’ining
debit
oboroti ma’lumotlari bo’yicha «Tayyor maxsulot» yoki « Tovarlar» hisob varaklari
bilan korrespondentsiyada to’ldiriladi.
81. «Maxsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishidan yalpi foyda (zarar)» (070-satr)
sotishdan sof tushum bilan ishlab chiqarish tannarxi o’rtasidagi farq (050-satr –060
satr) sifatida belgilanadi.
82. 080-«Sotish xarajatlari», 090-«Mamuriy xarajatlar», 100-«Asosiy
faoliyat bo’yicha boshqa operatsion xarajatlar va daromadlar (xarajatlar qismida)
va 105-Kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqarib tashlanadigan hisobot davri
xarajatlari» satrlari «Foyda va zararlar» hisob varag’ining «Davr xarajatlari» ilova
hisob varag’ida umumlashtirilgan hisob malumotlari bo’yicha to’ldiriladi. 100-
satrning operatsion daromadlar qismi «Foyda va zararlar» hisob varag’ining
«operatsion daromadlar va tushumlar» ilova hisobvarag’ining ma’lumotlari
bo’yicha to’ldiriladi.
83. Asosiy faoliyatga doir foyda (zarar) ni belgilash uchun («Asosiy
faoliyatga doir foyda (zarar)» moddasining 110-satri) maxsulot(ishlar, xizmatlar)
sotilishiga doir yalpi foyda (zarar) dan (070-satr) sotish xarajatlari(080-satr),
mahmuriy xarajatlar (090-satr), boshqa operatsion xarajatlar (100-satr 6-
ustuni)summasi, kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqarib tashlanadigan
hisobot davri xarajatlari summasi(105 satr) chegiriladi va boshqa operatsion
daromadlar summasi qo’shiladi (100 satr 5-ustuni) .
84. 120(«SHuba va tobe xo’jalik jamiyatlaridan olingan dividendlar») , 125
(«Olingan boshqa dividendlar»), 130(«Olingan va shuhba xamda tobe xo’jalik
jamiyatlariga berilgan qarzlar bo’yicha foizlar»), 135 («Olingan va to’langan
boshqa foizlar») ,140 («Valyuta kursidagi farqlar») 145 (2 moliyaviy faoliyatga
doir boshqa daromadlar va xarajatlar»)-hisobot satrlari «Foyda va zararlar» hisob
165
varag’ining «Moliyaviy faoliyatga doir foyda va zararlar» ilova hisob varag’ida
umumlashtirilgan malumotlar bo’yicha to’ldiriladi.
85. 160-satr («Favqulotda foyda va zararlar») «Foyda va zararlar»
hisobvarag’ining «Favqulotdda foyda va zararlar» ilova hisobvarag’ining
ma’lumotlari bo’yicha to’ldiriladi.
87. 170-satr 150 va 160-satrlarni qo’shish natijasi (Q\-
belgisini hisobga
olib) sifatida olingan «Daromad (foyda) solig’ini to’lashga qadar foyda (zarar)»
ko’rsatiladi. Ushbu satr natijasi daromad (foyda) solig’ini hisoblash chog’ida asos
hisoblanadi.
88. 180-«Daromad (foyda) solig’i satr bo’yicha byudjetga to’lanadigan va
«Hisoblab yozilgan va to’langan foyda (daromad)0 soliqlari» hisobvarag’i debeti
bo’yicha hisobga olingan, hisobot davri boshidan hisoblab yozilgan daromad
(foyda) solig’i summasi ko’rsatiladi.
89. 190-«YUqorida sanalgan moddalarga kirmaydigan boshqa soliqlar va
ajratmalar» satr bo’yicha
yil boshidan hisoblab yozilgan, byudjet va davlat
maqsadli jamg’armalariga to’lanishi kerak bo’lgan, korxona tomonidan foyda
hisobiga to’lanadigan va hisobot shaklining yuqorida sanalgan moddalarida aks
etmagan soliq va ajratmalar summasi aks ettiriladi.
Amaldagi qonun xujjatlariga muvofiq soliq solishning alohida tartibi
nazarda tutilgan korxona va tashkilotlar 190-satr bo’yicha
hisoblab yozilgan
yagona soliq yalpi daromad solig’i, yagona er solig’i summasini aks ettiradilar.
90. 200-«Hisobot davrining sof foydasi (zarar)» satri bo’yicha korxonalar
170-satr-180-satr –190-satrlar farqi sifatida olingan taqsimlanmagan sof foyda
(yoki qoplanmagan zararlar) summasini ko’rsatadilar.
91. 210-380-«Byudjetga to’lovlar to’g’risida ma’lumotnoma» satrlarda
korxonalar va tashkilotlar tomonidan soliq qonunchiligiga muvofiq hisoblab
yoziladigan xamda byudjetga to’lanadigan to’lovlar ko’rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: