28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


XUSUSIY SARMOYA TO’G’RISIDA HISOBOT



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/185
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199089
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   185
28 mavzu buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari

XUSUSIY SARMOYA TO’G’RISIDA HISOBOT 
(5-SON SHAKL) 
133 «Yil boshidagi qoldiq» moddasi bo’yicha quyidagi axborot aks ettiriladi: 
a) «Ustav sarmoyasi» 3-ustunida tasir xujjatlarida qayd etilgan ustav 
sarmoyasi (fondi) summasi ko’rsatiladi: 
b) «Qo’shilgan sarmoya» 4-ustunda «Ustav sarmoyasi» hisobvarag’ining 
«Qo’shilgan sarmoya» ilova hisobvarag’ida qayd etilgan qo’shilgan sarmoya 
summasi ko’rsatiladi. 


171 
v) «Zaxira sarmoya» 5-ustunida qonun xujjatlariga muvofiq barpo etilgan 
zaxira sarmoya mablag’’lari summasi aks ettiriladi: 
g) «Taqsimlanmagan foyda» 6-ustunida yil boshidagi taqsimlanmagan 
foyda summasi ko’rsatiladi: 
d) «Qoplanmagan zararlar» 7-ustunida yil boshidagi korxona balansida qayd 
etilgan zarar summasi aks ettiriladi. 
134. «Xususiy (aktsiyadorlik) sarmoyaning o’sishi» moddasi bo’yicha (020-
satr) xususiy sarmoyaning o’sish summasi aks ettiriladi. 
135. «Xususiy (aktsiyadorlik) sarmoyaning kamayishi» moddasi bo’yicha 
(030-satr) xususiy sarmoyaning kamayish summasi aks ettiriladi. 
136. «Qimmatli qog’ozlar emissiyasi» moddasi bo’yicha (040-satr) 
belgilangan tartibda tegishli emissiyalar summasi aks ettiriladi. 
137. «Uzoq muddatli aktivlarni qayta baxolash» moddasi bo’yicha (050-satr) 
asosiy fondlar, nomoddiy aktivlar va boshqa uzoq muddatli aktivlarni qonun 
xujjatlarida belgilangan tartibda o’tqazilgan qayta baxolash summasi aks ettiriladi. 
138. «Ustav sarmoyasini shakllantirish chog’ida kursdagi farq» moddasi 
bo’yicha (060-satr) buxgalteriya va statistika hisobida «Ustav sarmoyasi» 
hisobvarag’ining «Qo’shilgan sarmoya» ilova hisobvarag’ida qo’shilgan sarmoya 
sifatida aks ettiriladigan, korxona ustav sarmoyasini shakllantirish chog’ida tasis 
xujjatlarini ro’yxatga olish sanasi va mablag’’larni ustav sarmoyasiga xakikatda 
kiritish sanasida Markaziy bank kurslari o’rtasida yuzaga keladigan kurs farqi aks 
ettiriladi. 
139. «Zaxiraga ajratmalar» moddasi bo’yicha (070-satr) barpo etilishi tasis 
xujjatlari va qonun xujjatlarida nazarda tutilgan zaxira fondiga hisoblab yozilgan 
mablag’’lar summasi aks ettiriladi. 
140. «Joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari)» moddasi bo’yicha 
(080-satr) hisobot davrida olingan taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) 
summasi ko’rsatiladi. 
141. «To’langan dividentlar» moddasi bo’yicha (090-satr) oldingi yil uchun 
hisobot davri boshidagi taqsimlanmagan foydadan hisoblab yozilgan dividentlar 
summasi ko’rsatiladi. 
142. «Hisobot davri oxiridagi qoldiq» moddasi bo’yicha (100-satr) tegishli 
ustunlar bo’yicha «Ustav sarmoyasi» xisovarag’ining «Ustav sarmoyasi» 
«Qo’shilgan sarmoya», «Zaxira sarmoya» ilova hisobvaraqlari bo’yicha hisobot 
davri oxiridagi saldo va taqsimlanmagan foyda summasi ko’rsatiladi. 
143. «Hisobot davri oxirida ustav sarmoyasiga kiritilgan badallar» moddasi 
bo’yicha (130-satr) muassislar va aktsiyadorlar tomonidan korxona ustav 
sarmoyasiga haqikatda kiritilgan mablag’’lar summasi kiritiladi. 
144. 120-142-satrlarni aktsiyadorlik jamiyatlari to’ldiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin