28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


DEBITORLIK VA KREDITORLIK QARZLARI TO’G’RISIDA



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/185
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199089
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   185
28 mavzu buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari

DEBITORLIK VA KREDITORLIK QARZLARI TO’G’RISIDA
MA’LUMOTNOMA 
145. «Debitorlar va kreditorlar ro’yxati» 2-ustunida korxona va tashkilotning 
hisobot davrining oxirgi sanasidagi xolat bo’yicha o’zaro hisob-kitoblari xolati aks 


172 
ettiriladi. Mazkur ustunda debitor va kreditorlar ro’yxati debitor (kreditor)dan 
yuqori turuvchi vazirliklar (idoralar) bo’yicha keltiriladi. 
Agar debitor (kreditor) yuqori turuvchi vazirlik (idora)ga ega bo’lmasa, 
yuridik shaxsning to’liq nomini ko’rsatish zarur. 
O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi qarzlar bo’yicha debitor 
(kreditor)ning nomi (to’liq yoki umumqabul qilingan qisqartishlar bilan) 
ko’rsatiladi, shuningdek qavslarda mamlakat nomi ko’rsatiladi. 
2-ustunda 2, 2.1.2, 3, 5, 5.1.2, 6-satrlar bo’yicha debitorning nomini 
ko’rsatish lozim. 
146. 3-ustunida qarzning umumiy summasi ko’rsatiladi, xususan: 
a) 1-satr bo’yicha debitorlik qarzining umumiy summasi ko’rsatiladi, u 3-
ustunning 2.1 va 3.1 –satrlari summasiga teng bo’lishi kerak: 
b) 4-satr bo’yicha kreditorlik qarzining umumiy summasi ko’rsatiladi, u 3- 
ustunning 5.1 va 6.1 –satrlari summasiga teng bo’lishi kerak. 
Debitorlik qarzining umumiy summasi o’z ichiga: tushumga doir ijara 
majburiyatlari bo’yicha hisob-kitoblar, xaridorlar va byurtmachilar bilan hisob-
kitoblar. Berilgan bo’nak to’lovlari bo’yicha hisob-kitoblar, byudjet bilan hisob-
kitoblar, boshqa operatsiyalar bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar, shuhba va 
tobe xo’jalik jamiyatlari bilan hisob-kitoblar, ichki xo’jalik hisob-kitoblari, 
davollar bo’yicha hisob-kitoblar, hisobot beruvchi shaxslar bilan xtisob-kitoblar, 
ustav sarmoyasiga ulushlar bo’yicha muassislar bilan hisob-kitoblar, boshqa 
debitorlar bilan hisob-kitoblar, shu jumladan idora ichidagi korxonalar bilan hisob-
kitoblarni oladi. Bunda idora ichidagi hisob-kitoblar deganda mustaqil balansga 
ega bo’lgan va bir muayyan vazirlik, idora, korporatsiya, uyushma, kontsern 
xamda birlashma tarkibiga kiradigan korxonalar va tashkilotlar o’rtasidagi hisob-
kitoblar tushiniladi. Buxgalteriya balansida idora ichidagi hisob-kitoblar summasi 
yoyib ko’rsatiladi: debitorlik summasi-280-satr bo’yicha balans aktivida, 
kreditorlik summasi-530-satr bo’yicha balans passivida. Debitorlik qarzining 
umumiy summasiga muvofiq kelishi kerak. 
Kreditorlik qarzining umumiy summasi uz ichiga: olingan bo’naklar 
bo’yicha hisob-kitoblar, mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-
kitoblar, byudjet bilan hisob-kitoblar, mexnatga xak to’lash bo’yicha qarz, mulkiy 
va shaxsiy sug’urta bo’yicha qarz, davlat maqsadli jamg’armalaridan qarz, shuhba 
va tobe jo’jalik jamiyatlaridan qarz, dividentlar to’lash bo’yicha qarz, boshqa 
operatsiyalar bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar, boshqa kreditorlar bilan 
hisob-kitoblar, shu jumladan idora ichidagi korxonalar bilan hisob-kitoblarni oladi. 
Kreditorlik qarzining umumiy summasi buxgalteriya balansi 1-son shaklining 460-
satri summasiga muvofiq kelishi ekrak. 
147. 3-ustunda 2, 2.1 , 2.1.2, 2.2, 3, 3.1-satrlar bo’yicha 1-satrda aks 
ettirilgan debitorlik qarzining umumiy summasi quyidagi tartibda ochib beriladi: 
a) 2-satr bo’yicha O’zbekiston Respublikasi ichidagi debitorlik qarzi 
ko’rsatiladi: 
b) 2,1-satr bo’yicha O’zbekiston Respublikasi ichidagi debitorlik qarzi 
umumiy summasi, shu jumladan 2-satr bo’yicha hisoblangan idora ichidagi qarz 
ko’rsatiladi: 


173 
v) 2.1.2-satr bo’yicha 2.1-satrdan ajratilgan,idora ichidagi debitorlik qarzi 
summasi ko’rsatiladi: 
g) 2.2-satr bo’yicha 2.1.2-satr bo’yicha hisoblangan idora ichidagi debitorlik 
qarzining umumiy summasi beriladi: 
d) 3-satr bo’yicha O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi debitorlik qarzi 
ko’rsatiladi: 
e) 3.1 satr bo’yicha 3-satr bo’yicha hisoblangan , O’zbekiston 
Respublikasidan tashqaridagi debitorlik qarzining umumiy summasi ko’rsatiladi. 
5, 5.1 5.1.2, 5.2, 6, 6.1 –satrlar 146-bandga o’ura debitorlik o’arziga 
o’xshash tartibda to’ldiriladi. 
Debitorlik va kreditorlik qarzlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
va Davlat soliq qo’mitasi 1998 yil 26 iyunda 17-07\62, 98-106-son bilan 
tasdiqlagan Buxgalteriya hisobi va hisobotida debitorlik va kreditorlik qarzlarini 
yagona narxlarda aks ettirish tartibiga (ro’yxat raqami 458, 1998 yil 29 iyun) 
binoan hisobga olinadi. 
148. 4-ustunda muddati kechiqtirilgan, qonun xujjatlarida belgilangan 
muddatlarda so’ndirilmagan qarzning umumiy summasi ko’rsatiladi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 19 iyo’ldani «O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 1995 yil 12 maydagi «Xalq xo’jaligida hisob-kitoblar 
o’z vaqtida amalga oshirilishi uchun korxona va tashkilotlar raxbarlarining 
masuliyatini oshirish choratadbirlari to’g’risida» PF-1154-son Farmonini qisman 
o’zgartirish xaqida» PF-2340-son Farmonini (O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining axborotnomasi, 1999 yil 7-son) 1-bandiga muvofiq tovarlar amalda 
yuklab jo’natilgan, ishlar bajarilgan, xizmatlar ko’rsatilgan kundan boshlab 90 kun 
o’tgach debitorlik qarzi kechiqtirilgan deb hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 21 sentyabrdagi 
«Tabiiy gaz uchun etkazib berishlar va hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish 
to’g’risida» 439-son qarori (O’zbekiston Respublikasi xukumatining qarorlari 
to’plami», 1999 yil, 9-son, 57 modda) ga ko’ra ayrim korxonalarga (qarorning 5-
ilovasi) mavsumiylik va texnologik jarayonlar xususiyatlaridan kelib chiqib, 
istisno tartibida etkazib berilgan gaz uchun «O’ztransgaz» Akga 120 kun
davomida xak to’lash xuquqi berilgan. Ushbu korxonalar uchun kechiqtirilgan 
debitorlik qarzi muddati tovarlar amalda yuklab jo’natilgan, ishlar bajarilgan. 
Xizmatlar ko’rsatilgan kundan boshlab 120 kun o’tishi bilan belgilanadi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2000 yil 29 iyundagi 
«Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustaxkamlash chora-
tadbirlari to’g’risida» 245-son qarori (O’zbekiston Respublikasi xukumatining 
qarorlari to’plami» , 2000 yil, 6-son, 33-modda)ga ko’ra markazlashtirilgan 
eksport operatsiyalari bo’yicha tushumning kelib tushish yoki qaytadan olib kirish 
muddati 60 kundan, muassislar tomonidan xorijdagi korxonalar (savdo uylari, 
savdo vakolatxonalari, shuhba va tobe xo’jalik jamiyatlari, firma do’konlari, 
dilerlik tarmoqlari va konsignatsiya omborlari)) manziliga olib chiqiladigan 
tovarlar bo’yicha esa -180 kundan oshmasligi kerak. Tashqi savdo operatsiyalari 
bo’yicha qarz bojxona chegarasini kesib o’tgandan so’ng tegishlicha 60 va 180 kun 
o’tgach kechiqtirilgan hisoblanadi. 


174 
Byudjet va davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy to’lovlar bo’yicha 
kreditorlik qarzi qonun xujjatlarida belgilangan to’lov muddatlari tugagan kundan
keyingi kundan boshlab kechiqtirilgan hisoblanadi. 
Boshqa kreditorlik qarzlari bo’yicha kechiqtirish muddati so’ndirishning 
muayyan muddatlari belgilangan xo’jalik shartnomalari asosida belgilanadi. 
149. Korxonaga bog’liq bo’lmagan sabablar bo’yicha xosil bo’lgan 
qarzlarga doir: 
a) 5-ustunda korxonaga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra xosil bo’lgan 
umumiy qarz ko’rsatiladi, xususan:6 
1-satr bo’yicha debitorlik qarzining umumiy summasi ko’rsatiladi, u 1-satr 
bo’yicha 7,9,11,12-ustunlarda ko’rsatilgan summaga teng bo’lishi kerak: 
4-satr bo’yicha kreditorlik qarzining umumiy summasi ko’rsatiladi, u 4-satr 
bo’yicha 7,9,11,12 –ustunlarda ko’rsatilgan summaga teng bo’lishi kerak: 
b) 6-ustunda kechiqtirilgan qarzning umumiy summasi ko’rsatiladi 
(kechiqtirish muddati mazkur Ko’rsatmalarning 148-bandiga muvofiq belgilanadi). 
V) 7-ustunda xukumat qaroriga ko’ra xakini to’lamasdan yuklab jo’natilgan 
(olingan) maxsulot (ishlar, xizmatlar) bo’yicha korxona va tashkilotning umumiy 
debitorlik (kreditorlik) qarzi ko’rsatiladi. Undan kechiqtirilgan qarz 8-ustunda ask 
ettiriladi (kechiqtirish muddati mazkur Ko’rsatmaning 148-bandiga muvofiq 
belgilanadi): 
G) 9-ustunda ular bo’yicha davlat resurslari va fondlaridan xom ashyo va 
materiallar yuklab jo’natilishi nazarda tutilgan, hisoblab o’tkazilgan bunday 
to’lovlari summasi ko’rsatiladi. Undan kechiqtirilgan debitorlik qarzi 10-ustunda 
ko’rsatiladi (kechiqtirish muddati mazkur Ko’rsatmalarning 148-bandiga muvofiq 
belgilanadi). 9 va 10 –ustunlarda aks ettiriladigan axborot faqat debitorlik qarzi 
qismida to’ldiriladi: 
d) 11-ustunda unga doir belgilangan tartibda qarzni so’ndirishni kechiqtirish 
xuquqi berilgan korxona va tashkilotning qarzi aks ettiriladi: 
e) 12-ustunda unga doir qonun xujjatlariga muvofiq taqdim etilgan davolar 
bo’yicha sud taxlili jarayoni borayotgan qarz summasi ko’rsatiladi. SHu erda unga 
doir xo’jalik sudining kreditorlik undirish to’g’risida qarori chiqqan qarz aks 
ettiriladi. 
150. Zarurat tug’ilganda korxona va tashkilotlarga, agar xukumatning 
tegishli qarori mavjud bo’lsa, «Korxonaga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra 
xosil bo’lgan qarz» bo’limida qo’shimcha ustunlar ochishga ruxsat beriladi. 
151. 2a-shaklining satrlari soni tegishlicha 2,2.1.2 3 va 5, 5.1.2, 6-satrlar 
bo’yicha ko’rsatiladigan debitorlar va kreditorlar soni bog’liq bo’ladi. 
152. 2a-shaklga raxbar va bosh buxgalter imzo chekadi xamda xar bir 
saxifada muxr bilan tasdiqlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin