170
129, «Yil boshidagi qoldiq» moddasi bo’yicha (090-satr) yil boshida
korxona valyuta hisobvarag’ida va kassasida bo’lgan valyuta mablag’’lari summasi
ko’rsatiladi.
130. «Jami kelib tushdi» moddasi bo’yicha (100-satr) yil boshidan valyuta
tushumlari umumiy summasi, «SHu jumladan:» moddasi bo’yicha esa valyuta
mablag’’larini olish manbalari ko’rsatiladi:
a) 101-satr- «sotishdan tushum»-yil boshidan korxona olgan valyuta tushumi
summasi:
b) 102-satr –«konvertatsiyalangan»-birjadan tashqari valyuta bozorida sotib
olingan valyuta summasi:
v) 103-satr –«olingan kredit» – xorijiy valyutada olingan kredit summasi:
g)
104-satr-«boshqa
manbalar»-101-103-satrlarda sanab o’tilmagan
manbalar hisobiga korxonaning valyuta hisobvaraqalari va kassasiga boshqa
valyuta tushumlari summasi.
113. «Jami sarflangan» moddasi bo’yicha (110-satr) korxona tomonidan turli
maqsadlarga sarflangan va valyuta mablag’’larining umumiy summasi aks
ettiriladi.
Valyutanin sarflash yo’nalishlarini sanash «SHu jumladan:» moddasi
bo’yicha 111-114-satrlarda ochib beriladi:
a) 111-satr –«mahsulot tannarxi va davr xarajatlariga kiritiladigan
xarajatlar»- maxsulot tannarxi va davr xarajatlariga kiritilgan sarflangan valyuta
mablag’’lari summasi, Masalan, bank xizmatlariga xaq to’lash:
b) 112-satr-«mol etkazib beruvchilarga to’lovlar» –xom ashyo, materiallar,
tovarlar va boshqa oborot mablag’’larni xarid qilishga sarflangan valyuta
mablag’’lari summasi:
v) 113-satr-«kreditorlar bo’yicha to’lovlar, shu jumladan foizlar»-valyuta
kreditlari bo’yicha kreditorlarni so’ndirishga va foizlarni to’lashga sarflangan
valyuta mablag’’lari summasi:
g) 114-satr-«boshqa maqsadlarga»-111-114-satrlarda sanab o’tilmagan
boshqa maqsadlarga sarflangan valyuta summasi.
132. «Hisobot davri oxiridagi qoldiq» moddasi bo’yicha (120-satr) hisobot
davri oxirida korxonaning valyuta hisobvaraqalarida va kassasida bo’lgan valyuta
mablag’’lari summasi aks ettiriladi. Bu summa: 090-satr Q100-satr –110 –satrga
teng.
Dostları ilə paylaş: