166
95. 5-ustun hisobot yilida asosiy vositalarning umumiy chiqib ketishi aks
ettiriladi, shu jumladan: narxni tushirish, ortiqcha va ishlatilmaydigan mol-mulkni
sotish tartibida, pulga sotilgan asosiy vositalar, asosiy vositalardan oborot vositalar
sirasiga o’tqazish, boshqa korxona va tashkilotlarga bepul berilganlari, shuningdek
hisobot yilida tuzilishi va eskirishi, tabiiy ofatlar va avariyalar oqibatida, tamirlash
va yangi kurilish sababli va boshqa sabablarga ko’ra tugatilgan asosiy
vositalarning to’liq qiymati (eskirishni chegirmasdan).
96. 7-ustun va 10-ustunda yil boshidagi va hisobot oxiridagi xolat bo’yicha
asosiy vositalar turlariga doir jamlangan eskirish summasi aks ettiriladi.
97. 8-ustunda hisobot davrida barcha manbalar bo’yicha asosiy vositalarning
hisoblab
yozilgan eskirish summasi, shu jumladan qo’shimcha baxolash chog’ida
eskirishni qo’shimcha hisoblash, ilgari hisobga olinmagan eskirish, ilgari
foydalanishda bo’lgan asosiy vositalar bo’yicha eskirish aks ettiriladi.
98. 9- ustunda
asosiy vositalarni tugatish, sotish va ularning boshqacha
chiqib ketishi jarayonida chiqib ketgan vositalar bo’yicha hisoblab yozilgan
eskirish aks ettiriladi.
99. 11-ustunda asosiy vositalarning yil boshida 3-ustun va 7-ustun
malumotlari o’rtasidagi ayig’ma natijasi sifatida
olingan qoldiq qiymati aks
ettiriladi.
100. 12-ustunda asosiy vositalarning hisobot davri oxirida 6-ustun va 10-
ustun ma’lumotlari o’rtasidagi ayrim natijasi sifatida olingan qoldiq qiymati aks
ettiriladi.
101. «Jami asosiy vositalar» moddasi bo’yicha ishlab chiqarish va noishlab
chiqarish asosiy vositalarining xarakati aloxida satrlar bo’yicha ko’rsatiladi.
Ishlab chiqarish asosiy vositalariga sanoat maxsulotini ishlab chiqarish,
qurilish, qishloq xo’jaligi, savdo va umumiy ovqatlanish, qishloq xo’jaligi
maxsulotlarini tayyorlash va moddiy ishlab chiqarish soxasiga talluqli boshqa
faoliyat turlari bilan bog’liq vositalar kiradi.
Noishlab chiqarish asosiy vositalariga uy-joy va kommunal xo’jalik, soliqni
saqlash, jismoniy tarbiya, ijtimoiy taminot, xalq talimi, madaniyatga oid va hokazo
vositalar kiradi.
102. «To’lanmagan qurilish» moddasi bo’yicha (140-satr) pudrat va xo’jalik
usuli bilan bajariladigan obhektlar qurilishiga, shuningdek asosiy vositalarni xarid
qilishga doir korxona xarajatlarining xarakati aks ettiriladi.
Kichiq bo’limning 4-ustunida obhektlar kurilishi (pudrat
tashkilotlarining
to’lashga qabul qilingan va to’langan to’lovnomalari) va asosiy vositalarni xarid
qilishga doir korxona qilgan xarajatlar ko’rsatiladi.
Kichiq bo’limning 5-ustunida foydalanishga topshirgan qurilish obektlari va
xarid qilingan asosiy vositalarning, shuningdek asosiy vositalar qiymatini
ko’paytirmaydigan hisobdan chiqarilgan xarajatlarning qiymati ko’rsatiladi.
103. «Malumot uchun» kichiq bo’limida ko’rsatiladi:
a) 150-satr bo’yicha- yil davomida xarid qilingan asosiy vositalarning
qiymati:
167
b) 151-153-satrlar bo’yicha-korxona tomonidan
yil davomida obhektlar
qurilishini moliyalashga va manbalar guruxlari bo’yicha asosiy vositalarni xarid
qilishga ishlatilgan mablag’’larni ochib berish:
v) 160-satr bo’yicha-boshqa korxonalarga ijaraga berilgan korxona asosiy
vositalari aloxida turlarining qiymati (ma’lumotlar asosiy vositalar qanday aks
ettirilgan bo’lsa, barcha ustunlar bo’yicha keltirilishi kerak):
g) 170-satr bo’yicha-ijaradagi
korxona tarkibida qayd etilgan, ijaraga
olingan aloxida turlardagi va umuman asosiy vositalar qiymati (ma’lumotlar asosiy
vositalar qanday aks ettirilgan bo’lsa, barcha ustunlar bo’yicha keltirilishi kerak).
Dostları ilə paylaş: