160
Respublikasi Markaziy banki kurslari o’rtasidagi kurs farqi summasi xam aks
ettiriladi.
54.
«Zaxira sarmoya» moddasi bo’yicha (350-satr) korxona ustaviga ko’ra
foyda hisobiga
barpo etilgan zaxiralar, pul mablag’’lari va korxona mol mulkini
ko’paytiradigan boshqa tushumlardan tashqari, mol-mulkni qayta baxolash
chog’ida xosil bo’ladigan infliaktsion zaxiralar summasi ko’rsatiladi.
Zaxira
sarmoyaning hisobi «Ustav sarmoyasi» hisob varag’ining «Zaxira sarmoya» ilova
hisob varag’ida yuritiladi.
Maskur modda bo’yicha bojxona to’lovlari, soliqlar va byudjetga majburiy
to’lovlarni to’lash bo’yicha soliq imtiyozlari summalari xam aks ettiriladi, bunda
soliq solishdan bo’shatib olinadigan mablag’’lar maqsadli
vazifalarni bajarishga
yo’naltirilishi shart bo’lib ular imtiyozli davr tugaganidan keyin «Maksadli
moliyalash va tushumlar» hisob varag’ida «Ustav sarmoyasi» hisob varag’i
kreditiga, «zaxira sarmoya» ilova hisob varag’iga hisobdan chiqariladi.
55.
«Taqsimlanmagan foyda» (qoplanmagan zarar) moddasi bo’yicha (360-
satr) choraklik hisobotlarda foyda netto yani tayyor maxsulot yarim tayyor
maxsulotlar xarid qilingan buyumlar bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar
realizatsiyasida olingan moliyaviy natija , shuningdek
operatsion daromad va
tushumlar, «Davr xarajatlari» hisob varag’idan o’tqaziladigan xarajatlar,
korxonalarning moliyaviy faoliyatiga doir daromad va xarajatlar, tasodifiy maskur
korxona uchun tipik bo’lmagan foyda va daromadlar aks ettiriladigan «Foyda va
zararlar» hisob varag’i bilan korxona hisobot yili davomida soliqlar to’lanishini,
shuningdek daromad (foyda) solig’ining pirovard hisob-kitobiga doir soliq va
maxalliy yig’imlar summalarini aks ettiradigan «Hisoblab yozilgan va to’langan
foyda (daromad) soliqlari» hisob varag’i o’rtasidagi farq aks ettiriladi.
Hisobot yili tugashi bilan «Hisoblab yozilagan va to’langan foyda
(daromad)» soliqlari hisob varag’i debeti bo’yicha hisobga olingan summalar
«Foyda va zararlar «hisob varag’i debetiga ko’chiriladi, «Hisoblab
yozilgan va
to’langan foyda (daromad) soliqlari» hisob varag’i yopiladi va 1 yanvarga saldo
bo’lmaydi.
Hisobot yilining sof foydasi ( zarari) unda qoladigan «Foyda va zararlar»
hisob varag’i saldoni «Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)»
hisob
varag’ining debediga (zarar) yoki kreditga (sof foyda) o’tqazish yo’li bilan
yopiladi.
Yillik hisobotda «Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» hisob
varag’i kreditiga ko’chirilgan foyda 360-satr bo’yicha xam ko’rsatiladi. Bunda
agar ushbu hisobvaraqda (aloxida ilova hisob varag’ida) ilgari o’tgan yillarning
taqsimlanmagan foydasi qoldig’i bo’lsa, hisobot yili uchun taqsimlanmagan
foydaning qoldig’i qo’shiladi va jamlangan foyda ko’rsatiladi.
Agar korxona zarar ko’rgan bo’lsa, chorak oxirida
bu zarar ushbu modda
bo’yicha «minus» belgisi bilan ko’rsatiladi. Shuningdek «minus» belgisi bilan
«Hisoblab yozilgan va to’langan foyda (daromad) soliqlari» hisob varag’i
saldosining «foyda va zararlar» hisob varag’i saldosidan oshiq summasi
ko’rsatiladi.