28 mavzu buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari
38. «Kassadagi pul mablag’’lari» moddasi bo’yicha (190-satr) hisobot
davrining oxirgi sanasida korxona kassalarida bo’lgan, milliy valyutadagi pul
mablag’’larining qoldig’i ko’rsatiladi.
39. «Qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalar» moddasi bo’yicha (200-satr)
korxonalarga qisqa muddatli (bir yildan ortiq bo’lmagan muddatga) moliyaviy
qo’yilmalar (investitsiyalar), boshqa korxonalarning qimmatli qog’ozlari, davlat va
mahalliy zayomlarning foizli obligatsiyalari va hokazolar, shuningdek korxona
tomonidan boshqa korxonalarga berilgan qarzlar ko’rsatiladi.
40. «Sotib olingan o’z aktsiyalari» moddasi bo’yicha (210-satr) korxona
tomonidan chiqarilgan va keyin tarqatish uchun chiqarilgan kunidan boshlab bir yil
davomida korxonada bo’lgan sotib olingan o’z aktsiyalarining summasi
ko’rsatiladi. Sotib olingan o’z aktsiyalari «Pul xujjatlari» hisobvarag’ida hisobga
olinadi.
41. «Debitorlar, jami» moddasi bo’yicha (220-satr) 230-satr Q240-satr
Q250-satrQ260 –satrQ270-satrQ280- satr Q 290-satr Q300-satrlar yig’indisi
ko’rsatiladi.
221-satr malumot uchun hisobot davridagi muddati kechiqtirilgan debitorlik
qarzi ko’rsatiladi.
42. «Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar» moddasi bo’yicha
(230-satr) ular uchun korxonaning hisob-kitob varag’iga (yoki boshqa
hisobvarag’iga) to’lovlar kelib tushishi yo’li bilan ushbu qarzni so’ndirish paytiga
qadar buyurtmachilar (xaridorlar)ga sotilgan maxsulot, tovarlar, topshirilgan ishlar
va ko’rsatilgan xizmatlar uchun qarz ko’rsatiladi.
43. «Bo’nak to’lovlari» moddasi bo’yicha (240-satr) bo’lajak hisob-kitoblar
bo’yicha boshqa korxonalarga bo’naklar hisobi «Berilgan bo’naklar bo’yicha
hisob-kitoblar» hisobvarag’ida yuritiladi.