28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/185
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199089
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   185
28 mavzu buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari

 
32. 
«Tugallanmagan ishlab chiqarish» moddasi bo’yicha (130-satr) hisobi 
korxonalar moliya - xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi Hisobvaraqlar rejasining 
«Ishlab chiqarish xarajatlari» bo’limi buxgalteriya hisobi hisobvaraqalarida amalga 
oshiriladigan tugallanmagan ishlab chiqarish va tugallanmagan ishlar (xizmatlar)ga 
doir xarajatlar ko’rsatiladi. Bunda tugallanmagan ishlab chiqarish korxona 
tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 5 
fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’sulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab 
chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish 
tartibi to’g’risidagi nizom (O’zRR VM QT, 1999 yil, 2-son,9-modda), maxsulot 
(ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy 
natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi tarmoq yo’riqnomalariga muvofiq 
qabul qilingan baho bo’yicha aks ettiriladi. 


157 
Joriy yilda buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni mustaqil ahamiyatga ega 
bo’lgan, ishlarning tugallangan bosqichlari uchun tuzilgan shartnomalarga muvofiq 
amalga oshiradigan korxonalar (qurilish, ilmiy, geologiyada band bo’lgan) mazkur 
modda bo’yicha 36-«Tugallanmagan ishlar bo’yicha bajarilgan bosqichlar» 
hisobvarag’ida hisobga olinadigan, buyurtmachi tomonidan belgilangan 
bosqichlarning qiymatini aks ettiradilar. Bunda buyurtmachi o’z balansiga faqat 
to’liq tayyor mahsulotni qayd etadi. 
Mazkur modda bo’yicha qishloq xo’jaligining tugallanmagan ishlab 
chiqarishga doir xarajatlar, ular ishlab chiqarish qiymatini chegirgan xolda aks 
ettiriladi, asosiy vositalarni tahmirlash bo’yicha hisobot davrining oxiriga kelib 
tugallanmagan ish xarajatlari ham ko’rsatiladi. 
 
33. 
«Tayyor mahsulot « moddasi bo’yicha (140-satr ) buyurtmachilar bilan 
tuzilgan shartnomaning shartlariga ko’ra sinovdan o’tgan va qabul qilingan, barcha 
qismlar bilan butlangan hamda texnik shartlar va standartlarga muvofiq keladigan, 
ishlab chiqarilishi tugallangan buyumlar qoldig’ining haqiqatdagi ishlab chiqarish 
tannarxi ko’rsatiladi. Ko’rsatilgan talablarga javob bermaydigan mahsulot va 
topshirilmagan ishlar tugallanmagan hisoblanadi hamda tugallanmagan ishlab 
chiqarish tarkibida ko’rsatiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin