28 mavzu buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari
MOLIYAVIY HISOBOT SHAKLLARINI TO’LDIRISH BO’YICHA KO’RSATMALAR. UMUMIY QOIDALAR 1. Mazkur Ko’rsatmalarga muvofiq moliyaviy hisobotni O’zbekiston
Respublikasining qonun xujjatlariga binoan yuridik shaxs hisoblangan, barcha
mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar (xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi
korxonalar, auditorlik tashkilotlari, sug’urta tashkilotlari va banklar bundan
mustasno), shuningdek mulkida, xo’jalik yuritishi yoki tezkor boshqaruvida mol-
mulki bo’lgan va o’z majburiyatlari bo’yicha ushbu mol-mulk bilan javob
beradigan, shu jumladan mustaqil balans va hisob-kitob varag’iga ega, soliq
qonunchiligiga muvofiq soliq to’lovchilar hisoblangan aloxida bo’linmalar taqdim
etadilar. YUridik shaxs maqomiga ega byudjet tashkilotlari moliya organlariga
faqat «Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot» 2-son shaklini taqdim etishlari
kerak.
Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan 2000 yil 15 iyunda 47-son bilan tasdiqlangan
Choraklik va yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari to’g’risida
nizomga binoan belgilanadi (ro’yxat raqami 942, 2000 yil 3 iyl , «O’zbekiston
Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralarining me’yoriy xujjatlari
axborotnomasi», 2000 yil, 13-son).
2. Yillik moliyaviy hisobot quyidagi shakllar hajmida taqdim etiladi:
a) Buxgalteriya balansi – 1-son shakl:
b) Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot – 2 – son shakl:
v) Asosiy vositalar xarakati to’g’risida hisobot-3-son shakl:
g) Pul oqimlari to’g’risida hisobot – 4-son shakl:
d) Xususiy sarmoya to’g’risida hisobot-5-son shakl:
e
) Debitorlik va kreditorlik qarz to’g’risida malumotnoma – 2-son shakl.