MUSTAXKAMLASH UCHUN SAVOLLAR
1.
Buxgalteriya hisobida yo’l qo’yilgan xatolarni aniqlash.
2.
Buxgalteriya hisobida xatoliklarni tuzatish tartiblari.
3.
Xatoliklarni tuzatishni korrektura usuli.
4.
Xatoliklarni tuzatishni «Qizil storno» usuli.
5.
Xatoliklarni tuzatishni qo’shimcha provodka usuli.
MAVZU YUZASIDAN TAVSIY ETILADIGAN ADABIYOTLAR:
1. Qodirxonov S.K. Sanoat korxonalarida buxgalteriya hisobi. T.1993 y.
2. Korxonalarda buxgalteriya hisobi.2004 yildan joriy etiladigan schyotlar Yangi
rejasi asosida.» Iqtisodiet va xuquq dunyosi» nashriyot uyi. Toshkent -2003.
3. Qurbonov Z.N. Buxgalteriya hisobi asoslari. Farg’ona -2002.
4. M.Umarova, U.Eshboev, K.Axmadjonov Buxgalteriya hisobi T.Mehnat 1999 y.
5. B.Xoshimov. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Darslik. T,2004.
6. Inoyatov I, Abdullaev M, Xamidova M. Buxgalteriya hisobi.- T.: «Moliya»
nashriyoti, 2003.
7. Ostanoqulov M.A. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Toshkent 2007 y
129
IV-SEMESTR
MAVZU-31.
HISOB OLIB BORISHDAGI YO’L QO’YILGAN
XATOLAR VA ULARNI TUZATISH TARTIBI.
(Ma’ruza 2 soat).
Reja
1. Xato yozuvlar tasnifi
2. Xato yozuvlar tuzatish usullari
3. Xato yozuvlarni almashtirish
Tayanch iboralar
Hujjatlar rekvizitlaridagi xatolar, xato to’ldirilgan rekvizit, G’arazlilik. Qo’shimcha
yozuv usuli, Soliqqa tortishga tahsiri, Hisobning daftar shaklida tozalash, suvash,
ustidan chizish, izohlangan tuzatish, tuzatish usullari.
Buxgalteriya xujjatlarini tuzishda va hisob regastrlarini yuritishda ayrim
vaqtlarda xatolarga yo’l qo’yiladi. Buxgalteriya hisobini yuritishda yo’l qo’yigan
xatolar quyidaga belgilariga qarab tasniflanadi.
1.
Hujjatlar rekvizitlaridagi xatolar. Bunda xato to’ldirilgan rekvizit
to’g’risiga o’zgartiriladi;
2.
Xatoga yo’l qo’ygan shaxs. Agar xatoga yo’l qo’yilgan bo’lsa, uni kimdir
bajargan. Bu tamoyil asosan ma’muriyatni qiziqtiradi;
3.
G’arazlilik. Barcha xatolar beg’arazlik va g’arazlilikka bo’linadi.
G’arazlshshk bilan qshshngan xato xatoga yo’l qo’ygan shaxs uchun
oqibatlari turlicha bo’lishi mumkin. Ammo beg’araz qilingan xato ham
yaxshi
oqibatlarga olib kelmaydi, ayniqsa, keyingi tamoyil nuqtai nazaridan;
4.
Soliqqa tortishga tahsiri. Xatolar to’lanadigan soliq summasini
o’zgartiradigan va o’zgartirmaydigan bo’lishi mumkin;
5.
Xatolarning yuzaga kelish sabablari. Beg’araz xatolarni yuzaga kelish
sabablari quyidagilar bo’lishi mumkin: charchash, toliqish, beparvolik,
texnikaning nosozligi va hk.;
6.
Xatolarning keyingi xujjatlarda qaytarilishi. Ayrim xatolar birgina hujjatda
bo’lib, keyingi hujjatlarda takrorlanmaydi. Ayrimlari esa bir necha
xujjatlarga o’tib zanjir halqasidek takrorlanadi. SHunday xatolar bir joyning
o’zida (lokalg’nhsh) va tranzit (boshqa hujjatlarga xam o’tgan) bo’lishi
mumkin;
Buxgalteriya hisobida kompyuterdan foydalanilsa, barcha xollarda xam xatolar
bir martada to’g’rilanadi. Bunda barcha hisob rekvizitlari avtomatik ravishda
yangilanadi.
7.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilishga tahsiri. Bunda xatolar boshq
aruv qarorlarini qabul qilishga ta’sir etadigan va to’g’rilab bo’lmay
130
digan bo’lishi mumkin;
8.
Xatolar xarakteri. Bunda xatolar to’g’rilasa bo’ladigan va to’g’rilab
bo’lmaydigan bo’lishi mumkin.
Masalan, buxgalteriya xodimlari tomonidan xato qilinib byudjetga ortiqcha
summa o’tkazilgan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 124moddasiga
binoan ortiqcha to’langan soliq summasini qaytarib berish muddati 3 yil qilib
belgilangan. Agar dahvo qilish muddati o’tib ketsa, bunday xato aniqlangani bilan
tuzatib bo’lmaydi.
Buxgalteriya hisobida yo’l ho’yilgan xatolar, albatta, to’g’rilanishi shart. Xato
yozuvlarni tuzatish hisobda alohida metodologshs masalani tashkil etadi va
«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonun bilan tartibga solinadi. Lekin xato
yozuvlarni to’g’rilashning nazariy va amaliy imkoniyatlari normativ hujjatlar bilan
belgilangan doiradan kengroq.
Tuzatish usullari yo’l qo’yilgan xatolarni aniqlangan vaqti va qo’llaniladigan
hisob shakllariga bog’liq.
Agar xatolar davriy hisobotni soliq organlariga topshirilgunga qadar aniqlangan
bo’lsa, xato yozuvni to’g’risiga almashtirish yo’li bilan to’g’rilanadi.
Xato yozuvlarni almashtirish deb quyidagilar tushuniladi:
a)
Hisobning daftar shaklida tozalash, suvash, ustidan chizish, izohlan gan
tuzatish va boshqa tuzatish usullari;
b)
Qisobning kompg’yuter shaklida bevosita olib tashlash yoki tahrir
qilish yo’li bilan noto’g’ri yozuvni to’g’risiga almashtirish.
Xato yozuvlarni to’g’rilashda u eki bu usulni qo’llash aniq vaziyatga bog’liq.
Mazmuni muomala ma’lumotlardan iborat bo’lgan ayrim xujjatlarda xato
rahamni o’chirib yoniga to’g’risini yozish etarli.
Agar o’chirish, suvash yoki ustidan chizish imkoniyati bo’lmasa, tuzatilgan
raqamga shunday izoh beriladi:
« ga tuzatilganligi ishonilsin», «qo’shib yozilgan _ ga ishonilsin» eki «ustiga
chizilgani ___________________________________ o’qilmasin» deb tegishli
lavozimli shaxsning imzosi qo’yiladi, ayrim hollarda muhr xam bosiladi.
Xato yozuvlarni bunday usullarda ma’lum vaqtlargacha to’g’rilash mumkin. Bu
vaqtni shartli ravishda qaytish nuqtasi deymiz. Xatolarni tuzatish bo’yich;| kpytish
nuqtasi deb, ma’lum sana emas, balki davriy hisobotni soliq o’rgashiga topshirish
kuni hisoblanadi. Davriy hisobotni soliq tashkilot sh\1 I opshirish qonunchilik bilan
tartibga solinganligi uchun qaytish nuqtasi soliq davrining boshlanish kuni bilan
hisobotni soliq organiga topshiriladigan oxirgi kun orasida bo’ladi. Ma’lumki, hisobot
haqiqatan topshirilgandan so’ng uni qaytarishning iloji yo’q.
Agar xatolar qaytish nuqtasidan o’tgandan keyin aniqlangan bo’lmasa,
to’g’rilash muomalalarini berish yo’li bilan tuzatiladi (albatta, ayrim xatolar bo’yicha
provodkalar berilmaydi. Masalan, hisobot davridan oldingi chorakda sotib olingan
asosiy vositalar bo’yicha xatoga yo’l ho’yib kafolat muddati ko’rsatilmagan ekan,
buni tuzatish uchun hech qanday qo’shimcha muomala talab qilinmaydi. Bu xato
taxririy usul bilan tuzatiladi).
I. Qo’shimcha yozuv usuli. Bu usuldan foydalanishning ikkita sharti bor: a)
ho’jalik muomalalarini summasida xatoga yo’l qo’ynlgan; b) xato kamayish
131
tomoniga yo’l qo’yilgan (muomalada keltirilgan summa haqiqiy ko’rsatiladigan
summaga qaraganda kam bo’lgan).
Bunda xato yozilgan summa bilan to’g’risining orasidagi farq summaga
ilgarigidek qo’shimcha muomala beriladi va shu bilan xato yozuv tuzatilgan bo’la
Masalan, asosiy ishlab chiqarishga haqiqiy sarflangan material 5000 so’m, lekin
xato qilib 4000 so’m yozilgan. Bunda xatoni tuzatish chizmasi quyidagicha bo’ladi.
Dt 1010 Kt
Dt 2010 Kt
1)
4000 1)4000
2)
1000 2)1000
II. Teskari provodka berish usuli. SHunday bo’lishi mumkinki, xatolar
summani kamayishi tomoniga emas, ko’payishi tomoniga yo’l qo’yilgan. Bu vaqtda
xatolarni tuzatish teskari muomala berish usuli bilan bajariladi.
Masalan, asosiy ishlab chiqarishga
Dostları ilə paylaş: |