28-Mavzu: Rivojlanayotgan mamlakatlarda demografik siyosat



Yüklə 78,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix25.12.2023
ölçüsü78,44 Kb.
#195361
1   2   3
Lecture - 28

gerontologik 
muassasalar tarmog’ini kengaytirish va 
butun sog’liqni saqlash tizimini sifatli tarzda qayta ko’rishni talab qiladi. 
Oltinchidan, xali ishlashni istaydigan «yosh qariyalar»ni ish bilan ta’minlash 
lozim. Bu oson vazifa emas, chunki, ma’lumki, pensiya yoshiga etmaganlarga ham ish 
o’rinlari etishmaydi. Yoshi qaytganlarda faol hayotiy pozitsiyani saqlab qolish, ularni 
ijtimoiy hayotga jalb etish, yolg’izlikka qarshi kurash ham g’oyat muhimdir. 
Ettinchidan, aholining keksayishi moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish 
sohasining to’zilmasiga ta’sir etadi. Axir yoshi qaytganlarning talab-ehtiyojlariga 
muvofiq ravishda tovarlar va xizmatlar assortimentini o’zgartirishga to’g’ri keladi. Ba’zi 
texnologik operatsiyalarni ham o’zgartirish, mashina va uskunalarni xodimlarning yosh 
xususiyatlariga moslashtirish kerak bo’ladi.


«Qariyalar ko’payishi» asta-sekin butun dunyoni qamrab, ko’plab muammolarni 
yuzaga keltirmoqda. Insoniyat mazkur tendentsiya tufayli kelib chiqadigan vazifalarning 
muhimligini tushunib etishi darkor. Ko’pchilik mamlakatlar yoshi qaytgan odamlarning 
munosib hayot kechirishini ta’minlash uchun xozirdayoq ko’p ishlarni amalga 
oshirmoqdalar. Lekin keng qamrovli davlat siyosatining ishlab chiqilishi bu muammoni 
xal qiladi degan umiddamiz. 
Tayanch atamalar: 
tug’ilish, o’lim, tabiiy o’sish, ijtimoiy-iqtisodiy omillar
tabiiy-biologik omillar, demografik omillar, aholi takror barpo bo’lishining 
qiskargan turi, aholi takror barpo bo’lishining kengaygan turi 
Nazorat va muhokama savollari:
 
 
1.
Aholi ko’payishiga ta’sir etuvchi qanday omillarni bilasiz? 
2.
Aholi ko’payishiga ta’sir etuvchi demografik omillarga nimalar kiradi? 
3.
Aholi takror barpo bo’lishi qanday turlari bor? 
4.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda qanday demografik siyosat olib 
borilmoqda?

Yüklə 78,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin