3--mavzu: borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi reja


Masala. Materiya tushunchasi va uning tashkillashuv darajalari. Olamning paydo bo’lishi va evolyusiyasi



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə7/29
tarix21.01.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#79945
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
3--mavzu borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi reja

Masala. Materiya tushunchasi va uning tashkillashuv darajalari. Olamning paydo bo’lishi va evolyusiyasi. «Materiya» tushunchasini asosiy falsafiy kategoriya sifatida ilk bor Platon ishlatgan. U hyle atamasini muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi va shakl-shamoyili har xil jismlar paydo bo’lishiga asos bo’lib xizmat qiladigan sifatlardan mahrum substrat (material)ni ifodalagan. Platon talqinida materiya shaklsiz va nomuayyan bo’lib, har qanday geometrik shakl ko’rinishini kasb etishi mumkin bo’lgan makon bilan tenglashtiriladi. Keyinchalik materiya haqidagi tasavvurlar asosan uning muayyan xossalari - massa, energiya, ko’lam bilan bog’langan va uning muayyan turlari - modda, atomlar, korpuskulalar va sh.k. bilan tenglashtirilgan.

Bu masalalarga nisbatan hozirgi yondashuvlar ancha o’zgargan va materiya haqidagi tabiiy-ilmiy, masalan, fizik yoki kimyoviy tasavvurlar bilan bir qatorda uni anglab yetishning falsafiy darajasini ham nazarda tutadi. «Materiya» falsafiy kategoriyasining vazifasi amalda mavjud materiya turlarining butun cheksiz rang-barangligini qamrab olish va uni ong bilan bog’lash mumkin emasligiga urg’u berishdan iborat. Muammoga falsafiy munosabatni uning tabiiy-ilmiy talqinidan farqlash imkonini beruvchi mazkur yondashuv juda muhim ahamiyat kasb etadi, aks holda mazkur sohadagi tadqiqotlar va bilish imkoniyatlari doirasi asossiz ravishda torayadi. Bunga, masalan, neopozitivizm yo’nalishlaridan biri – lingvistik falsafada duch kelishimiz mumkin. Uning taniqli namoyandalari J.Mur, L.Vitgenshteyn va boshqalar hamonki «materiya» va «ong» kabi tushunchalarga ilmiy nuqtai nazardan aniq ta’rif berish mumkin emas ekan, ulardan voz kechish lozim, deb hisoblaydi.
Boshqa hozirgi falsafiy yo’nalishlarning aksariyatida bu tushunchalar faol qo’llaniladi va muhim metodologik rol o’ynaydi. Xususan, uning substansiyalilik, cheksizlik, yo’q bo’lmaslik, harakat, makon, vaqt kabi uzviy xossalari farqlanadi.
Materiyaning tuzilishiga nisbatan kim qanday yondashmasin, u bir qancha alohida va katta guruhlarga bo’linadi. Zero, barcha moddiy obyektlar tartibga solingan, izchil ichki tuzilishga ega. Materiyaning tarkibiyligi g’oyasining ildizlari antik falsafaga, xususan, Demokrit, Epikur va Lukresiy Karning atomistik ta’limotiga borib taqaladi. Bu g’oya tabiatshunoslikning rivojlanishiga kuchli ta’sir ko’rsatgan. Hozirgi zamon falsafasida u ancha salmoqli va ilmiy asoslangan materiyaning tizimli tuzilishi konsepsiyasida mujassamlashgan.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin