Oraliq kuzatish xuddi shu tartibga binoan o‘tkaziladi. Kuzatishning bu
turi birinchi yarim yillik oxiri (dekabr, yanvar)da o‘tkaziladi.
Bunday
kuzatishni
o‘tkazishdan maqsad bolaga nisbatan tanlangan
metodikaning
to‘g‘riligini
aniqlash,
rivojlanish
dinamikasini
belgilashdan iborat. Mazkur kuzatish natijalariga ko‘ra, pedagog,
boshqa mutaxassislar
bilan hamkorlikda, zarurat tug‘ilgan holatlarda
pedagogik jarayonga tuzatishlar kiritishi mumkin.
O‘quv yili oxirida (odatda may oyida)
pedagog yakuniy kuzatish
o‘tkazadi. Mazkur kuzatish asosida yil boshida qo‘yilgan vazifalar
qanday
hal qilingani baholanadi, mazkur bola rivojida kutilayotgan
yangi natijalarni hisobga olgan holda keyingi
pedagogik jarayondan
ko‘zda tutiladigan maqsadlar belgilanadi.
Kuzatish o‘tkazishda quyidagi tamoyillarga tayanish lozim:
kuzatish bola uchun odatiy sharoitda amalga oshiriladi va bolaga
yordam berishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
bola rivoji borasida yanada xolis tasavvur
hosil qilish uchun kuzatish
kamida ikki hafta (yoki bir oy) mobaynida olib boriladi.
pedagog bola to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ota-onalar yoki tashkilotning
boshqa xodimlari bilan suhbatlar jarayonida olishi mumkin.
pedagog bolaning moyilliklari, qiziqishlariga, uning muloqot qilish va
bilim olish xususiyatlariga e’tibor qaratishi lozim.
3-6 yoshdagi bolalarni oraliq va yakuniy kuzatish natijalariga ko‘ra,
ushbu
bolaning
rivojlanish
sohalari
bo‘yicha
rivojlanishida
kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda keyingi pedagogik
jarayonning maqsadlari aniqlanadi.
7 yoshdagi bolalar uchun (MTT bitiruvchisi)
faqat oraliq kuzatish
maqsadlari aniqlanadi, yakuniy kuzatishdan so‘ng
bolaning maktabga
tayyorligi xaritasi to‘ldiriladi.