3-7 I. Bob. Boshlangʻich sinfda bolalarni savodga oʻrgatishning ilmiy-metodologik asoslari



Yüklə 74,86 Kb.
səhifə1/7
tarix24.12.2022
ölçüsü74,86 Kb.
#77660
  1   2   3   4   5   6   7
Gulzoda Mavzu Savod o\'rgatish darslarida o quvchi tayyor


MAVZU: SAVOD OʻRGATISH DARSLARIDA OʻQUVCHILARNING MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL ETISH

MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………....................3-7
I. BOB. BOSHLANGʻICH SINFDA BOLALARNI SAVODGA OʻRGATISHNING ILMIY-METODOLOGIK ASOSLARI
1.1. Savod oʻrgatishda mustaqil ishlarni tashkil qilish usullari ........................8-13
1.2.. Savod oʻrgatish davrida mustaqil ishlarning ahamiyati..........................14-18
II.BOB. SAVOD OʻRGATISHNING ASOSIY DAVRIDA OʻQUVCHILARNI MUSTAQIL ISHLASHGA OʻRGATISH.
2.1. Mustaqil ish turlari.....................................................................……….19-22
2.2. Mustaqil ishlarni tashkil etish orqali bilim samaradorligini oshirish yoʻllari......................................................................................................23-26
XULOSA…………………………………………………………………….27-28
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYHATI.............................29-31


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Oʻzbekistonning milliy mustaqillikka erishishi va hozirgi kunda maʻnaviy oʻzgarishlar jamiyatimiz ijtimoiy hayotida tub burilishlarni boshlab berdi va ular oʻzbek xalqining bundan keyingi taqdirini belgilab berishda muhim rol oʻynaydi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab barkamol avlod tarbiyasiga alohida etibor berib kelinmoqda. Mamlakatimizda taʻlim sohasini islohqilishga yoʻnaltirilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining “Taʻlim toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Maʻlumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega boʻlib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda. “Tarbiya qancha mukammal boʻlsa, xalq shuncha baxtli yashaydi”, deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal boʻlishi uchun esa bu masalada boʻshliq paydo boʻlishiga mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydi.” degan fikrlari tadqiqot ishimizning dolzarbligini oʻzida ifodalaydi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan taʻlim siyosatining muhim maqsadlaridan biri yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalashdir. Oʻzbekistonimizda mustaqillik sharofati bilan barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirildi, iqtisodiy rivojlantirishning oʻzbek modeli, kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ishlab chiqildi va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda taʻlim sohasiga alohida eʻtibor qaratilib, kelajak avlodni tarbiyalash borasida zarur shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratilmoqda. Bugungi kunda dunyo miqiyosida axborot kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotganligi va bu boshqa sohalar qatorida taʻlim jarayoniga ham kirib kelib, uni yanada sifatli tashkil etishga oʻz taʻsirini koʻrsatayotganligi barchamizga maʻlum. Bunday sharoitda inson faoliyatining nazariy va amaliy qirralari ham uzluksiz yangilanib turishi tabiiydir. Pedagogik faoliyat ham alohida va murakkab mehnat turi sifatida bundan mustasno emas. Pedagoglar oʻz faoliyatlarida kafolatlangan natijalarni qoʻlga kiritishga urinmoqdalar. XXI asrni olimlarimiz tomonidan axborot texnologiyalari asri deb tan olinganligi pedagogik va axborot texnologiyalari kun sayin barcha sohalarda rivojlanayotgani, jumladan, taʻlim sohasida ham yangi axborot texnologiyalaridan keng foydalanish anʻanaviy oʻqitish usullaridan koʻra samarali va yuqori natijalarga olib kelmoqda. Shuning uchun ham pedagogik texnologiyalarni taʻlim jarayoniga joriy etish, taʻlim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylandi. Barkamol avlodni tarbiyalash – “Taʻlim toʻgʻrisdagi” Qonunda Respublika taʻlim xodimlari zimmasiga oʻta maʻsuliyatli vazifalar yuklangan. Bu vazifani amalga oshirish jarayoni boshlangʻich sinf oʻquvchilarini oʻqishiga yangicha yondashish, oʻqituvchilarni oʻz kasbiga va tarbiyalanuvchilarga oʻta maʻsuliyatli munosabatda boʻlishni taqozo etadi. Bu dastur yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy, ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda toʻgʻri yoʻl topa olish mahoratiga ega boʻlgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, taʻlim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta oʻzlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologikpedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni jamiyat, davlat va oila oldida oʻz javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik gʻoyani ilgari suradi. Mamlakatimiz birinchi prezidenti I. A. Karimov ta`kidlaganidek: ʻMustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta`lim-tarbiya, ilm-fan, kasbhunar oʻrgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zaruriyat sezila boshlandi. Yurtimizning kelajagi, uning ertangi taqdiri, ozod va obod jamiyat qurilishiga erishishimiz ham ma`lum ma`noda shu islohatlarning natijasiga bogʻliq edi. “Chunki ta`lim-tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta`lim-tarbiya tizimini oʻzgartirmasdan turib ongni oʻzgartirib boʻlmaydi. Ongni, tafakkurnioʻzgartirmasdan turib esa biz koʻzlagan oliy maqsad- ozod va obod jamiyat barpo etib boʻlmaydi” degan yurtboshimizning fikrlaridan ta`lim-tarbiya islohati, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga erishish mamlakatimiz taraqqiyotini ta`minlovchi asosiy omillardan biri ekanligini bilib olishimiz mumkin. Mamlakatning ertangi kuni esa, dunyoqarashi keng maktab bolalari va zamonaviy, salohiyatli oʻqituvchi-murabbiylarga koʻp jihatdan bogʻliqdir. Oʻquv-tarbiya ishlari jarayonida oʻquvchilarni ijodiy fikrlashga, oʻzgaruvchan vaziyatlarga oʻrgatish, erkin raqobat asosida faoliyatni tashkil etish hamda ularning amaliy mashgʻulotlarda pedagogik texnologiyalar, axborot tyexnologiyalari, elektron darsliklar, versiyalar va multimedialardan foydalana olishi muhimdir. Bu esa oʻquvchilarda mutsaqillik, erkin fikrlashni tarbiyalash, oʻquv faoliyatini tahlil qilish, itsiqbolda kasbiy mahorat va kompyutyer savodxonligini orttirish ularning ichki ehtiyojiga aylantirilishini talab etadi. Davlat taʻlim standarti talabiga binoan bilimlarni mustaqil ravishda izlanib oʻrganish vazifasi hozirgi kunda eng dolzarb muаmmolardan biridir. Shu sababli fanlarning nazariy asoslarini amaliy koʻnikma darajasida oʻzlashtiri boʻlishda mustaqil taʻlimning roli beqiyosdir. Oʻquvchilarga mustaqil taʻlimni bajarish yuzasidan fan oʻqituvchilari tomonidan metodik tavsiyalar beriladi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib mustaqil taʻlim turlari – rang-barang va turli electron koʻrinishlari – fan oʻqituvchisi tomonidan ishlab chiqiladi. Oʻquvchilar sinf xonalarida oʻqituvchilarning maʻruzasini tinglaydilar. Sinfxonasidan tashqarida oʻquvchi darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspektqiladi, uy vazifasi sifatida berilgan topshiriqlarni bajaradi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq oʻrganish maqsadida qoʻshimcha adabiyotlarni oʻqib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu boʻyicha testlar yechadi. Mustaqil taʻlim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi. Mazkur kurs ishida quyidagi farazlar oldinga suriladi:
1. Oʻquvchilarning mustaqil ishlari ko`nikmalari rivojlanib boruvchi hodisa sifatida bosqichma - bosqich shakllantirilsa, hisoblash ko`nikmalari takomillashib boradi, savod oʻrgatishning inson hayotidagi o`rnini, ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyatini anglab yetadilar.
2. Sinfdan tashqari oʻquvchilarning mustaqil ishlarida oʻrganilgan savodxonlik darslarini o`rganishga ilg`or pedagogik texnologiyalar tatbiq etilsa, o`quvchilarning mustaqil ishlari ko`nikmalarini shakllantirish kafolatlanadi.
3. Mustaqil ish ko`nikmalari shakllangan bolada turli uslubdagi hisoblashlarni, oʻqish va yozishmalakalarini tez tushunish qobiliyati o`sadi.
- mazkur muammoga oid ilmiy – metodik adabiyotlarni oʻrganish;
- boshlang`ich sinflar Davlat ta`lim standarti, ona tili va oʻqish savodxonligi o`quv dasturi va darsliklarini o`rganish;
- boshlangʻich ta`lim sinfdan tashqari darslarida o`quvchilarning mustaqil ishlari ko`nikmalarini shakllantirishning hozirgi holatini o`rganish va tadqiqot ishining vazifalarini belgilab olish;
- boshlangʻich sinflarda o`quvchilarning mustaqil ishlari ko`nikmalarini shakllantirishga oid ilg`or tajribalarni kuzatish va ularni takomillashtirish;
- boshlangʻich sinflarda o`quvchilarning mustaqil ishlari ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga imkon beradigan ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
Kurs ishni kuzatish va tahlil qilish; soʻrovnoma; ilgʻor pedagogik tajribalarni umumlashtirish; matematik – statistik metod.
Natija va xulosalarning asosli va haqqoniyligi anketa maʻlumotlari va oʻquvchilarniig mustaqil ishlari ko`nikmalari, oʻrgangan bilimlarini hisobga olish bilan asoslaniladi. Shuning uchun o`quvchilar bilimini o`stirishda mavzuga oid material tanlash va uni o`zlashtirish bilan bog`liq mantiqiy izlanishlarga katta ahamiyat beriladi. Shuning uchun sinfdan tashqari mustaqil ishlarining asosiy vazifasi o`quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va mustaqil fikrlash iqtidorini shakllantirishdan iborat deyish mumkin. Shulardan kelib chiqib tadqiqotning ilmiy yangiligi sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin:
1. Taʻlim tizimidagi yangilik va taʻlim mazmunidagi oʻzgarishlarni hisobga olgan holda o`quvchilarning mustaqil ishlari ko`nikmalarini shakllantirish muammosi boshlangʻich ta`limda sinfdan tashqari mustaqil ishlari misolida tadqiq qilindi.
2. Boshlangʻich taʻlim maktablarida ta`limda sinfdan tashqari o`quvchilarning
mustaqil ishlarida savod ko`nikmalarini shakllantirishdagi asosiy nuqson va
kamchiliklar aniqlandi, ularni bartaraf etishning yoʻllari koʻrsatib berildi.
3.Boshlang`ich taʻlimda sinfdan tashqari savod darslarida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirishning samaradorligini taʻminlovchi samarador mеtodlar asoslandi.
4. Boshlangʻich ta`limda sinfdan tashqari ona tili va oʻqish savodxonligi darslarida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish maqsadida badiiy adabiyotlar ro`yxati tuzildi.
5. Boshlangʻich ta`limda sinfdan tashqari ona tili va oʻqish savodxonligi darslarida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirishga oid maxsus mashq va topshiriqlar tizimi ishlab chiqildi.
6. Sinfdan tashqari o`qish darslarida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish mеtodikasi ishlab chiqildi va amaliyotga tavsiya etildi.

Yüklə 74,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin