3-7 I. Bob. Boshlangʻich sinfda bolalarni savodga oʻrgatishning ilmiy-metodologik asoslari


Kurs ish natijalarining joriy qilinishi



Yüklə 74,86 Kb.
səhifə2/7
tarix24.12.2022
ölçüsü74,86 Kb.
#77660
1   2   3   4   5   6   7
Gulzoda Mavzu Savod o\'rgatish darslarida o quvchi tayyor

Kurs ish natijalarining joriy qilinishi. Oʻqituvchi uchun eng muhimi shundan iboratki, bola oʻzi oladigan bilim, unda shakllanadigan his-tuygʻu hayotda zarur va ahamiyatli ekanini tushunib yetsin. Bu oʻrinda oʻqish darslari alohida oʻrin tutadi.
Jamiyatimiz yuqori maʻlumotli, fan asoslarini chuqur egallagan, milliy istiqlol ruhida tarbiyalangan, oʻz bilimlarini ishlab chiqarishga mohirlik bilan tatbiq qila oladigan kishilarni talab etadi. Bunday kishilarni tarbiyalashda dars muhim rol oʻynaydi. Shu tufayli darsga boʻlgan talab ham oʻsib boradi. Darsga qoʻyiladigan asosiy talablardan biri ilmiylikdir.
Oʻquvchilarning yoshiga mos kelmaydigan elementar yoki nihoyatda murakkab bilimlar bolalarning til faniga oid qiziqishlariga salbiy taʻsir qiladi.Ona tili darslarida oʻqitish metodlari bilan birga, fan sohasida ishlatiladigan usullardan foydalanish mashgʻulotlarning samaradorligini oshiradi. Bolalarga tahlil va qayta qoʻsha olish, induktiv va deduktiv xulosalar chiqara bilish, til hodisalarini kuzatish, kuzatilgan hodisalarga oid dalillar toʻplash, toʻplangan dalillarni taqqoslash yoʻllarini oʻrgatish oʻqituvchining asosiy vazifasidir.
Dars – ijodiy jarayon. Darslarda oʻquvchilarning ijodiy faoliyati qancha taraqqiy ettirilsa, ular oʻz oldiga qoʻyilgan aqliy vazifalarni shuncha qiynalmasdan bajaradilar.Bola topshiriqlarni ishlash sirlarini oʻrganib borgan sari, unda ijodiy fikr yuritish qobiliyati shakllana boradi.Ijodiy fikr yuritish oʻquvchilarda evristik layoqatni oʻstiradi.
Kurs ishi tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish 2 asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat. Ishning hajmi 42 sahifani tashkil etadi.

I. BOB. BOSHLANGʻICH SINFDA BOLALARNI SAVODGA OʻRGATISHNING ILMIY-METODOLOGIK ASOSLARI
1.1. Savod oʻrgatishda mustaqil ishlarni tashkil qilish usullari
Mustaqil taʻlim – muayyan fan dan oʻquv dasturida belgilangan hamda oʻquvchi tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan bilim, koʻnikma va malaka shakllantirishni,oʻzlashtirish darajasini amalga oshiriladigan ta`lim shakllaridan boʻlib, oʻqituvchi maslahati va tavsiyalari, bilimlar taqsimotiga tayyorgarligi asosida sinfdan tashqarida bajariladi.
Taʻlim tizimini isloh qilishda «Taʻlim toʻgʻisida»gi qonun muhim ahamiyatga ega boʻldi. Mazkur hujjatlarda taʻlim tizimini bosqichma bosqich yangilash, xalqaro talablar asosida Yangi turdagi taʻlim muassasalarini yaratish dolzarb vazifa sifatida belgilandi. «Biz nafaqat siyosiy jabhani, balki iqtisodiyotni ham, ijtimoiy hayotni ham, maʻnaviy-axloqiy sohani ham isloh qilishimiz zarur.
Yangicha taʻlim tizimini qurish, pedagogik jarayonga Yangi taʻlim texnologiyalarini kiritish, oʻquvchi-yoshlarni, talabalarni mustaqil, ijodiy ishlashga, erkin fikrlashga oʻrgatish, pedagogik jarayonlarda noanʻanaviy, qiziqarli, faol innovasion usullarni qoʻllashni hozirgi kun talabi taqozo qilmoqda.
Xoʻsh pedagogik jarayonlarda bu usullardan qanday foydalanish kerak? Noanʻanaviy, qiziqarli, faol, innovasion usullarning qanday turlari mavjud? Mazkur savollarga beriladigan javoblar taʻlim jarayoni samaradorligini oshirishga oid dolzarb muammolarni hal etishga yordam beradi. Oʻqitish jarayonlarida noanʻanaviy taʻlim usullaridan: «Konferensiya darsi», seminar darsi, «Aralash darslar», «Oʻyinchoqlar yordamida dars oʻtish», «Kasbga bogʻlab dars oʻtish», «Badiiy adabiyotlarni oʻrganish va tahlil qilish», «Evrika(oʻylab top)»; taʻlimning qiziqarli faol usullaridan: «Kichik va katta guruhlarda ishlash», «Roli oʻyinlar», «Sahna koʻrinishi», «Krossvordlar echish», «Zakovat savollari», «test sinov topshiriqlari», «Turli tarqatma materiallardan foydalanib dars oʻtish», «Sinkveyn oʻyinlari»; shuningdek, taʻlimning innovasion (yangi) usullari» Modifikasiyalashgan taʻlim», «Improvizasiya», «Aqliy hujum», «Debat», «tangʻqidiy tafakkurni rivojlantiruvchi usul», «Klaster usuli», «Muammoli vaziyat», «Muayyan holat, vaziyatni oʻrganish, tahlil qilish», «Har kim harkimga oʻrgatadi», «Nuqtai nazaring boʻlsin», «Multimedia vositalaridan foydalanish» va boshqalarni qoʻllash muhimdir. Taʻlim jarayonida noanʻanaviy, qiziqarli, faol, innovasion usullardan foydalanish samarali tizim sifatida quyidagi shakllarda oʻz ifodasini topgan.
Noanʻanaviy usullar. Qiziqarli faol hamkorlikdagi usullar Innovatsion usullar - Konferensiya darsi; - Seminar darsi; - Aralash darslar; - Oʻyinchoqlar yordamida dars oʻtish; - Kasbga bogʻlab dars oʻtish; - Badiiy adabiyotlarni oʻrganish va tahlil qilish» - Evrika(oʻylab top); - Guruhlarda ishlash (Kichik va katta guruhlarda); - Rolli oʻyinlar; - Sahna koʻrinishi; - pantomima (soʻzsiz turli harakatlar yordamida ifodalash); - Krossvordlar yechish; - Zakovat savollari; - test sinov topshiriqlari; - Turli tarqatma materiallardan foydalanib dars oʻtish; - Aqliy hujum - Klaster usuli; - Muammoli vaziyat; - Muayyan holat, vaziyatni oʻrganish, tahlil qilish; - Har kim har kimga
Maʻlumki, boshlangʻich taʻlim umumiy oʻrta taʻlimning asosini tashkil etadi. Boshlangʻich taʻlimda asosiy davr savod oʻrgatish davri hisoblanadi. Savod oʻrgatish jarayonida oʻquvchilarga tovush va harflarni qay darajada singdirish oʻqituvchining mahoratiga bogʻliq. Hozirgi davr talabiga asosan har bir pedagog oʻz mashgʻulotlarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil yetishi taqozo yetiladi. Shuning uchun har bir boshlangʻich sinf oʻqituvchisi oʻz mashgʻulotlarida oʻquvchilarga chuqur bilim berishi uchun innovasion metodlardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Quyida biz savod oʻrgatish davrida mustaqil ta’limning «Improvizasiya» metodini turli koʻrinishlaridan namunalar keltirmoqchimiz.
Bu metod «Klaster» metodining aksi boʻlib, turli oʻxshash fikrlarni bir fikrga jamlashdan iborat. Masalan, doskaga «anjir» soʻzini yozib, qaysi harf bilan boshlanishi soʻraladi. Yana «anor», «archa», «arra», «ana» soʻzlari ham yoziladi va qaysi harf bilan boshlanishi oʻquvchilardan soʻraladi. Oʻquvchilar barcha soʻzlarni «A» harfi bilan boshlanishini aytadi. Oʻqituvchi yozilgan soʻzlarning barchasini oʻrtadagi «A» harfi bilan tutashtiradi yoki «A» atrofiga jamlaydi: Yoki yana bir namuna А Anjir Anor Ari Archa Arra Ana R Raqs Rom Ruchka Rubob Randa Rasm Boʻgʻinlarni ham oʻrtaga jamlab, soʻz hosil qilish mumkin. Bu ham «Iprovizasiya» metodi hisoblanadi.
Masalan: Yuksak darajadagi aqliy va ijodiy harakatni talab qiladigan “Aqliy hujum” metodini o`tkazishdan oldin metodni o`tkazuvchi qatnashchilar uchun etarli darajadagi qulay tashqi muhitni yaratish lozim bo`ladi: ularni qulay joyga o`tkazadi, xonani shamollatadi, sokin musiqadan foydalanadi, g`oyalarning generatorlariga ofe yoki salqin ichimliklar ulashadi va hokazo. Qatnashchilarning aqliy va emocional holatini ko`tarish uchun “Aqliy hujum” rahbari etarli darajada erkin va demokratik holda auditoriya bilan muomila qiladigan bo`lmog`i lozim. Aqliy toliqishni oladigan psixologik mashqlarni o`tkazish mumkin. Masalan, maxsus bo`limlar talab qilinmaydigan masala yoki vaziyatlarni echish mumkin. Shundan keyin “Aqliy hujum” metodini o`tkazishning bevosita shartlariga o`tish mumkin bo`ladi. ekranda: - maqsadlar: reja va qoidalar aks ettiriladi. ra mar ar qir dur bar sup Bu tadbirlarga amalga oshirishga 10 daqiqagacha vaqt talab qilinadi.
“Aqliy hujum” metodining shiorini tanlash. Iloji boricha “Aqliy hujum”ning shioridan foydalangan ma`qul. Chunki aynan shu shior mutaxassislar komandasini g`oyalarning tezlik bilan tug`ilishiga jalb qiladi. Metodni o`tkazuvchi ekranda bir qancha shiorlarning variantlarini tavsiya qiladi. Masalan, 1. Biz masalani echamiz va muammolar qolmaydi 2. Muammo o`ta murakkab, biz uni hal qilamiz! 3. Har qanday muammo yagona to`g`ri echimga ega. Agar biz uni topolmasak dahshat bo`ladi! 4. Har qilinmagan muammo asabni taranglashtiradi, kayfiyatni tushiradi, vijdonni qiynaydi. Vahima bizga yarashmaydi! 5. Muammolarni hal qilish ko`nikmasini shakllantiramiz!
Klaster” metodi. “Klaster” (g`uncha,bog`lam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo`lib, u o`quvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq o`ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g`oyalar o`rtasidagi aloqalar to`g`risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. “Klaster” metodi aniq ob`ektga yo`naltirilmagan fikrlash shakli sinaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog`liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o`quvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o`zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo`lishini ta`minlashga xizmat qiladi. Stil va Stil g`oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan “Klaster” metodi puxta o`ylangan strategiya bo`lib, undan o`quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg`ulotlar jarayonida foydalanishi mumkin. Metod guruh asosida tashkil etilayotgan mashg`ulotlarda o`quvchilar tomonidan bildirilayotgan g`oyalarning majmui tarzida namoyon bo`ladi. Bu esa ilgari surilgan g`oyalarni umumlashtirish va ular o`rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi. “Klaster” metodidan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab etiladi. “Klaster” metodining qoidalari “Qarorlar shajarasi” (“Qarorlar qabul qilish”) metodi “Qarorlar shajarasi” metodi muayyan fan asoslari borasidagi bir qadar murakkab mavzularni o`zlashtirish, ma`lum masalalarda har tomonlama, puxta tahlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, bir muammo xususida bildirilayotgan bir necha xulosalar orasidan eng maqbul hamda to`g`risini topishga yo`naltirilgan texnik yondashuvlar. Ushbu metod, shuningdek, avvalgi vaziyatlarda “Klaster” metodi Nimani o`ylagan bo`lsangiz, shuni qog`ozga yozing. Fikringizning sifati to`g`risida o`ylab o`tirmay, ularni shunchaki yozib boring. Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e`tibor bermang. Belgilangan vaqt nihoyasiga etmagunicha, yozishdan to`xtamang. Agar ma`lum muddat biror bir g`oyani o`ylay olmasangiz, u holda qog`ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g`oya tug`ilguniga qadar davom ettiring. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko`proq yangi g`oyalarni ilgari surish hamda mazkur g`oyalar o`rtasidagi o`zaro aloqadorlik bog`liqlikni ko`rsatishga harakat qiling. G`oyalar yig`indisining sifati va ular o`rtasidagi aloqalarni ko`rsatishni cheklamang. qabul qilingan qaror (xulosa)lar mohiyatini yana bir bor tahlil etish va uni mukammal tushunishga xizmat qiladi.
Guruh o`quvchilari ishtirokida qo`laniladigan “Qarorlar shajarasi” bir necha o`n nafar o`quvchilarning bilimlarini darajasini aniqlash, ularning fikrlarini jamlash va baholash imkonini beradi. Ta`lim jarayonida mazkur metodning qo`llanilishi muayyan muammo yuzasidan oqilona qaror qabul qilish (xulosaga kelish)da o`quvchilar tomonidan bildirilayotgan har bir variant, ularning maqbul hamda nomaqbul jihatlarini mufassal tahlil etish imkoniyatini yaratadi. Mashg`ulot jarayonida o`quvchilar quyidagi chizma asosida tuzilgan jadvalni to`ldiradilar (yoki ushbu tartibdagi faoliyatni olib borishda yozuv taxtasidan foydalanadilar): “Qaror shajarasi” metodi quyidagi shartlar asosida qo`laniladi: 1. O`qituvchi mashg`ulot boshlanishidan oldin munozara, tahlil uchun mavzuga oid biror muammoni belgilaydi. Guruhlar tomonidan qabul qilingan xulosalar (qaror)larni yozish uchun plakatlarni tayyorlaydi. 2. O`qituvchi o`quvchilarni 4 yoki 6 nafar kishilardan iborat guruhlarga ajratadi. Muammoning hal etilish, u borada eng maqbul qarorning qabul qilinishi uchun muayyan vaqt belgilanadi. 3. Qaror qabul qilish jarayonida guruhlarning har bir a`zosi tomonidan bildirilayotgan variantlarning maqbullik hamda nomaqbullik darajalari MUAMMO 1-g`oya 2-g`oya 3-g`oya QAROR batafsil muhokama qilinadi. Har bir variantning afzallik va noafzallik jihatlari yozib boriladi. Bildirilgan variantlar asosida muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiluvchi usul xususida guruh asosida muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiluvchi usul xususida guruh a`zolari bir to`xtamga kelib oladilar. 4. Munozara uchun ajratilgan vaqt nihoyasiga etgach, har bir guruh a`zolari o`z guruhi qarori borasida axborot beradilar. Zarur hollarda o`qituvchi rahbarligida barcha o`quvchilar bildirilgan xulosa (qaror)larni bir-biri bilan qiyoslaydilar. Muammo yuzasidan bildirilgan qarorlar borasida savollar tug`ilgudek bo`lsa, ularga javoblar qaytarilib boriladi, noaniqliklarga aniqlik kiritiladi.
Agarda barcha guruhlar tomonidan muammo yuzasidan bir xil qarorga kelingan bo`lsa, o`qituvchi buning sababini izohlaydi. Savod oʻrgatish davrida «Klaster» metodidan foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. Misollar keltiramiz: Yoki boshqacha namunasi: Da nak ra dil la E kin tak lak shik «Klaster» metodini savod oʻrgatish davrida faqatgina harf, tovush, boʻgʻinlar va soʻzlar uchun yemas, tovush va harflarni oʻrgatishda rasmlardan ham tuzsa boʻladi. Masalan: Xullas, savod oʻrgatish davrida innovasion metodlardan foydalanish oʻquvchilarning savodxon boʻlishlarida, DTS talablarida qoʻyilg an bilim va koʻnikmalarni oson va qiziqarli yegallashlarida muhim roʻl oʻynaydi.
Savod oʻrgatish juda muhim mas`uliyatli va ayni vaqtda oʻquvchining yesida bir umr saqlanib qoladigan sharafli davr hisoblanadi.Keyingi sinflarda beriladigan bilimlar oʻquvchi tomonidan muvaffaqiyatli oʻzlashtirilib olinishi ham bevosita yozma va ogʻzaki nutqiy koʻnikmalarning qay darajada rivojlanganligiga bogʻliq. Shuning uchun ham yoshlarni oʻqitish va ularni hayotga tayorlashda savod oʻrgatish mashgʻulotlariga alohida e`tibor beriladi. Har bir tovush –harfning talaffuz qilinishi va yozilishini mukammal oʻzlashtirib olishlari uchun hilma- hil mashgʻulotlarni dars jarayoniga singdirish oʻquvchida mustaqil fikrlash va ijodiy ishlash koʻnikmasini shakllantirishga bogʻliq.
Savod oʻrgatish davrida qoʻllaniladigan grammatik oʻyinlar oʻquvchi imkoniyatlarini toʻla ishga solish, har bir tovush va harfning yeng nozik tomonlariga alohida diqqat bilan qarashga undaydi. Bu davrda qoʻllaniladigan grammatik oʻyinlar ham hilma-hil boʻlib , oʻquvchiga bilim berish, uni toliqishdan saqlash , oʻzi bajargan ishdan zavqlanish imkoniyatini yaratadi . 1-sinf bolalariga bilim berish oʻyin asosiga qurilsa samarali natijalarga yerishish mumkin . Bu yoshdagi bolalarni toliqtirmaslik , oʻqish va yozuv darslarini qiziqarli tashkil yetish , sidirgʻali oʻqish, husnixat malakalarini shakllatirish va mustahkamlash uchun yozuv mashgʻulotlarini toʻgʻri tashkil qilsh ,oʻyin shaklida uyushtirish zarur .
Oʻquvchilar bilan grammatik oʻyinlar uyushtirilar yekan , ularga barcha oʻquvchilarni toʻgʻri va chiroyli yozuvda xato va kamchiliklarga yo`l qoʻyadigan oʻquvchilarni koʻproq jalb qilish kerak . Savod oʻrgatish davrida qoʻllaniladigan grammatik oʻyin turini tanlashda sinf oʻquvchilarning hususiyatlari, qiziqish va imkoniyatlarini hisobga olish lozim. Respublikamiz maktablarida mehnat qilayotgan ilgʻor boshlangʻich sinf oʻqituvchilari birinchi sinf oʻquvchilarini savodga oʻrgatish jarayonida foydalanish uchun koʻplab didaktik oʻyinlarni ijod qildilar. Ulardan dars jarayonida foydalanib yaxshi natijalarga yerishmoqdalar.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilari fonetikadan bir qator bilimlarni yegallaydilar. Unli, undosh tovushlarni talaffuz qilish va taqqoslash asosida farqlaydilar. Undosh tovushlarning jarangli va jarangsiz talaffuz yetilishi, jufti bor va jufti yo`q jarangli va jarangsiz undosh tovushlar haqida amaliy bilim oladilar. Bu borada boshlangʻich sinflarda qoʻllaniladigan tekshirish metodi tovushlarning jarangli yoki jarangsiz ekanligini anglab olish imkonini beradi. Bu oʻz navbatida toʻgʻri yozishda qoʻl keladi. Shuningdek bu sinflarda boʻgʻin va uning turlari, urgʻuli va urgʻusiz boʻgʻinlar, tovushlarning bir-biriga ta`siri haqida amaliy bilim oladi. Bularning barchasini oʻzlashtirib olish bir qator murakkabliklar tugʻdiradi. Shu tufayli boshlangʻich sinflarda fonetikaga oid didaktik oʻyinlardan foydalanish qoʻl keladi.
Soʻz tuzish “ oʻyini . Oʻyin savod oʻrgatish davrida oʻtkaziladi . Bu oʻyinlarni bajarish oʻquvchilarga tovushning soʻz hosil qilishidagi ahamiyatini toʻlaroq tushunib olish imkonini beradi. Oʻquvchilar ushbu oʻyinda ishtirok yetar yekan, soʻzlarning turlituman usullar bilan hosil boʻlishi katta qiziqish uygʻotadi. Oʻzlari hosil qilgan yangi soʻzlardan bevosita zavq olishga muvaffaq boʻladi. Soʻz tuzish oʻyini savod oʻrgatishning tarkib –tahrir (analitik –sintetik) tovush metodi asosida bajariladi. Ushbu metodning ikkinchi qismi tuzish ,qurish ,birlashtirish singari ma`nolarni bildiradi. Soʻz tuzish oʻyini ham aynan soʻzga hilma-hil tovushlarni, boʻgʻinlarni qoʻshish orqali hosil boʻladi. Bu oʻyinni bajarishda soʻzga turli hil usullar bilan tovush qoʻshib yangi soʻz hosil qiladi.

Yüklə 74,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin