3-7 I. Bob. Psixologizm muammosi va uning o’rganilishi


Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi



Yüklə 410,59 Kb.
səhifə4/11
tarix22.12.2023
ölçüsü410,59 Kb.
#190623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi. Adabiyot ilmida psixologizm muammosi munozarali masalalardan. Ana shu muammoni Tog’ay Murod asarlari bilan uyg’un holda tadqiq etish ishning yangiligini belgilaydi.
Bitiruv malakaviy ishning tarkibi. Ish kirish, 2bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I.BOB. Psixologizm muammosi va uning o’rganilishi
O’zbek adabiyotshunosligi va adabiy tanqidida “psixologizm” va “psixologik tahlil” terminlari farqlanmay ishlatiladi. Bundan tashqari, yuqoridagi terminlarning o’zbekcha variantlari ham ko’p bo’lib, ularning hammasi ham bir xil ma’noda qo’llaniladi. Masalan, “Adabiyot nazariyasida” “psixologizm” “ichki dunyo tasviri”, “psixologik analiz”, “psixoanaliz”; M.Abdurahmonovaning broshyurasida – “ruhiy dunyo tasviri”, “ruhiy tahlil”, “psixologik tasvir”; N.shodiyevning “ruhiyat rassomi” risolasida – “psixologik tahlil”, “ichki hayot tasviri” kabi.
Xolbuki, birinchidan, insonning ichki dunyosigina uning psixologiyasi deb qarash, ikkinchidan “psixologizm” bilan “psixologik tahlilni” bir ma’noda qo’llash noo’rindir. Psixologizm “psixologik tahlil” tushunchasiga nisbatan keng bo’lib, u o’zida bevosita avtorning psixologiyasini ham qamrab oladi. Bu haqda Gide Mopasan shunday yozgan edi: “Hissiyot organlari yordamida anglangan hayot haqidagi tushunchalarimiz, dunyoni tushunishimiz, bizning sezgilarimiz – bularning hammasini ma’lum bir qisminigina o’sha personajga, biz yashirin va sirli mohiyatlarini ochmoqchi bo’lgan qahramonlarga yuklaymiz. Shunday qilib, faqat o’zimizni hammavaqt shoh, jallod, o’g’ri, monax ayol, qiz yoki bozor savdogari qiyofasida ko’rsatamiz, chunki biz o’z oldimizga shunday masalani qo’yamiz: “ agar men shoh, jallod, o’g’ri, monax ayol, qiz yoki bozor savdogari bo’lganimda, men nima qilardim, men nimani o’ylardim, men qanday harakat qilardim”.
Demak, psixologizm adabiyotning o’ziga xos qonuniy hodisasi bo’lib, yozuvchining xohishiga bog’liq bo’lmagan holda namoyon bo’ladi.
“psixologik tahlil” esa inson psixikasi jarayonlarini, uning fikr va hissiyotidagi turli – tuman “ohang”lar rivojini aks ettiruvchi, qahramon ruhiy dunyosinianalitik printsipda ochuvchi estetik kategoriyadir. Bunda yozuvchining “e’tibori, – N.G. Chernishevskiy yozganidek, – hammadan ko’proq qanday qilib bir xil tuyg’u va fikr tufayli boshqa tuyg’u va fikrning rivoj olishiga qaratilgan; biron holat yoki taassurot natijasida bevosita paydo bo’lgan tuyg’uning xotira va xayolda paydo bo’ladigan har xil fikr ta’siriga berilib, boshqa tuyg’ular holiga kirishini, yana dastlabki holiga qaaytishini, butun shu holatlar dunyosida sayr etib, o’zgarib yana va yana daydib yurishni juda qiziqib mushohada qiladi; dastlabki tuyg’u natijasida paydo bo’lgan fikrning boshqa bir fikrga olib borishini, yana undan ham nari o’tib sayr qilib yurishini; shirin xayollarni haqiqiy hislarga qo’shib yuborishini, kelajak to’g’risidagi orzularni hozirgi zamon refleksiyasi bilan qo’shib yuborishini juda maroq bilan mushohada qiladi”. Shuning uchun ham “psixologik tahlil” hamma yozuvchilardayoki ularning hamma asarlarida uchramasligi mumkin. Shunday bo’lgach, yozuvchining bu sohadagi izlanishlari bo’lgandagina ushbu termini ishlatgan ma’quldir.
Hozirgacha mavjud adabiy – tanqidiy tadqiqotlarda psixologizm muammosi janrlarga bog’liq ravishda yetarli o’rganilmagan. Jumladan, yosh olim N.Shodiyevning “Ruhiyat rassomi risolasida “L.Tolstoy kashf etgan qalb dialektikasi” formasining adabiyotshunosligimizda umuman o’rganilmagan asosiy poetic vositalari – ichki monolog, nutqiy xarakteristika, psixologik portret… va ularning xususiyatlarini “Sarob” romani va “Sinchalak” povesti misolida o’rganilishi va ikkala janrning umuman farqlanmasligi yaqqol ko’zga tashlanadi.
Holbuki, psixologizm va psixologik tahlil turli janrlarda turli me’yorda qo’llaniladi, roman esa “ o’zida koinotni sig’dira oladigan ” ijtimoiy voqea – hodisalar va inson qlbi dialektikasini cheksiz ko’lamda, murakkablikda tasvirlay oladigan janrdir.
“Psixik narsa, ong va shu kabilar materiyaning oliy maxsulidir, inson miyasi deb ataladigan juda murakkab materiya parchasining funksiyasidir”. Demak, voqelikning miyada aks ettirilishi psixikadir. Psixika (“psixika” degan termin grekcha “psyuxe” so’zidan olingan bo’lib, ruh degan ma’noni bildiradi)ning moddiy asosi har doim biron aniq odamga tegishli bo’lgani tufayli, ana shu odamning shaxsiy ruhiy hayoti (ongi, ehtiyoji, hayoli, orzusi, hissiyoti, kayfiyati, ehtirosi, irodasi, ideallari, ishtiyoqi, qiziqishi, odati, harakteri…) adabiyotda o’zining tasvirini topishi tabiiydir.
Hayotda bo’lganidek, adabiyotda ham odam o’zining individual psixologik xususiyati bilan boshqalardan ajralib turadi. Bu xarakter (“tag’ma, hislat, belgi, alomat” ma’nolarini beradi) tushunchasi bilan bog’liqdir.
“Psixologiyada harakter deganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan faoliyat usullarida namoyon bo’ladigan tipik sharoitlarda ko’rinadigan va bu sharoitlarga shaxsning munosabati bilan belgilanadigan individual psixik xususiyatlar yig’indisi tushuniladi” va shaxsning yo’nalishi – ehtiyojlari, motivlari, qiziqishlari, ishtiyoqi, ideallari xarakterning mazmunini tashkil etadi.
Adabiyotda esa “badiiy xarakter – bu individual belgilarni ham o’z ichiga olgan holda ma’lum bir ijtimoiy sharoitda paydo bo’lgan, ijtimoiy ma’no kasb qilgan iroda yo’nalishi va bu iroda yo’nalishining asardagi badiiy ifodasidan iboratdir. Faqat ijtiomiy sharoit asosida yuzaga chiqqan shaxs irodasi xarakterning asarda badiiy va g’oyaviy negizini ta’min etadi…”.
Adabiyotda xarakter yaratish problemasiga badiiy mahoratning o’zak masalasi deb qarashimizning yana bir boisi shundaki, harakter badiiy ijodnig hamma komponentlarini (til, portret, syujet, kompozitsiya, dialog, monolog, detal va boshqalar) o’zida jamg’aradi, to’g’risi, o’ziga “ishlash”ga majbur qiladi. Xarakterning bu xususiyatini – badiiy asar to’qimasi bilan uyg’un hisoblanadi.
Demak, “xarakter – juda keng tushuncha (chunki u prinsip nuqtai nazaridan o’zida psixikani ham jamg’aradi) va shu bilan birga psixikaga nisbatan tashqi hodisadir. Harakterdagi asosiy narsa – insonning praktik faoliyati va bu faoliyatga turli – tuman ichki rag’batlar natijasining aniq va ko’rinishli ta’siridir. Ayni aytda harakter faqatgina ichki dunyo tasviri bilangina aniqlashmaydi, balki uni o’rab olgan va harakatga undovchi tashqi muhit, sotsial – tarixiy sharoit bilan ham belgilanadi. Psixika inson faoliyatining ichki stimullari, uning yashirin chuqurliklari bilan ish olib boradi”.
Yana shu narsa aniqki, shaxsning ichki dunyosi uning faoliyati bilan aynan bir narsa emas va uning faoliyati bilan tugullanmaydi. Shaxsning yaxlit tushunishda uning faoliyati (xatti – harakati)gina emas (garchi shaxs o’zini nisbatan faoliyatda ravshan ko’rsatsa-da), shu bilan birga psixika tahlilida aniqlanadigan, amalga oshmagan xatti – harakatlar va bajarilmagan ishlar doirasi (sferasi) ham muhimdir.
Yana shuni ta’kidlash lozimki, xarakter va uning ichki plani va programmasini belgilovchi psixikasi bir butunlikni, yaxlit jonli bir organizmni tashkil etadi. Psixik xodisalar faoliyatining doimiy boshqaruvchisidir. Chunki “faqat ongdagina voqelikning dinamik modellari yaratiladi, ana shu modellar yordamida odam tevarak – atrofni qurshab olgan muhit bilan bir munosabatga kirishadi” rang – barang his – tuyg’ular, kechinmalar olami esa zaruriy ravishda inson ongining tarkibidir.
Xullas, xarakterni uning psixikasisiz tasavvur qilish mumkin emas, chunki qahramon ruhiyatining tahlili – harakterning yaxlitligi va to’laqonligini ta’minlaydi uni reallashtiradi, ta’sirchanligini oshiradi. Shu sabab, xarakter va uning psixikasi o’rtasidagi munosabatni “mazmun” va “forma” o’rtasidagi murakkab dialektik aloqaga o’xshatmoq to’g’ridir.

Yüklə 410,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin