3-7 I. Bob. Psixologizm muammosi va uning o’rganilishi


II.2. “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida xarakter va sheriyat uyg’unligi



Yüklə 410,59 Kb.
səhifə8/11
tarix22.12.2023
ölçüsü410,59 Kb.
#190623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
II.2. “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida xarakter va sheriyat uyg’unligi
XX-asr о‘zbek adabiyotida Tog‘ay Murod о‘zining ,, Yulduzlar mangu yonadi” , ,, Momo-yer qо‘shig‘i” qissalari, ,,Otamdan qolgan dalalar ” , ,,Bu dunyoda о‘lib bо‘lmaydi” kabi sara asarlari bilan о‘zbek adabiyotini, shubhasiz, boyitdi.
Bu asarlar adabiyotimizda о‘z tili ,о‘z yо‘li, о‘z uslubini yaratgan katta istedodli yozuvchi bor ekanligidan dalolat berib turadi.
Tog‘ay Murodning gо‘zal, serjilo qissalaridan biri “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi ilk marta “Sharq yulduzi” jurnalida chop etilgan. 1980 yilda bu qissa G‘ofur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida “Avtorning birinchi kitobi” seriyasi ostida chop etiladi. Keyinchalik qissa qayta ishlanib, “Qо‘shiq” kitobiga (1987) “Davra ” nomi bilan kiritiladi ( G‘ofur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti). “Davra ” yozuvchi tomonidan yana qayta ishlanadi – endi “Yulduzlar mangu yonadi” nomi bilan “Ot kishnagan oqshom” qissalari tо‘plamida chop qilinadi . (,,Sharq ” nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati, 1994).
Adibimiz о‘z asariga yetti о‘lchab , bir kesib , shunday nom topib qо‘yganki, xuddi, uzukka kо‘z qо‘ygandek, qissasiga mos keladi. Bu qissa adibga shuhrat keltirgan, adib bо‘lib tanilishiga zamin bо‘lgan asardir. Asar qо‘lma-qо‘l bо‘lib о‘qildi. Bu qissani adib о‘z tanasidan chiqib ketib, о‘zini ham, atrofidagi jamiki narsalarni, odamlarni, bohoru kuzlarni,qishu saratonlarni, osmonni tо‘ldirgan turnalarni unitib, bir darvish qiyofasiga kirib, dalli devona bо‘lib yozdi.
Buyuk adibimiz Said Ahmad undan, shu qissani qanday yozganingni eslay olasanmi, deb sо‘raganlarida, u jindak о‘ylanib, о‘ngimda emas, tushumda yozgan ekanman, deb javob bergandi.
Odil Yoqubov uni birinchi marta G‘ofir G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida bosh muharrir movini bо‘lib ishlagan paytlarida kо‘rgan.
Tog‘ay Murodning birinchi qissasi shu nashriyotda chop etilgandi. U bir qarashda juda jadal, haddan ziyod g‘ururi g‘olib yigitga о‘xshardi. Uncha –muncha yozuvchining, uncha-muncha tanqidchining ham nazariga ilmas edi. Bu xislat keyinchalik, katta romanlar yozganida emas , yoshlik payti, “Yulduzlar mangu yonadi” nomli birinchi qissasi nashr qilinganidayoq ma’lum bо‘lib qoldi. Lekin, haqiqatan ham,bu qissa chiqqanida adabiyotimizga, shubhasiz , katta bir iste’dod kirib kelganidan dalolat beradi. Polvonmi, chavondozmi, mirganmi о‘tda yonib, yulduzday porlab davraga kirsa, surur, g‘urur, shiddat va ishonch bilan yig‘ilganlarni shavq-zavqqa tо‘ldirsa, bor mahoratini shunga solib g‘alaba qozonsa: “-Ha lo-o-ol .Halo-o-ol”-degan hayqiriq osmonu falakka о‘rlaydi.
Ijodkor ham shavq-zavq kishisi. Halo-o-ol ijodi, yoniq asari, jonli hayotiy qahramonlari bilan kitobxonni rom etishini orzu qiladi. Tog‘ay Murod yuragida chо‘g‘i bor yozuvchilardan edi. U kо‘p yozmadi , ammo qoyilmaqom asarlar yaratdi. Xudo yorlaqagan qahramonlarni nodir adabiy aholi safiga qо‘shdi. Abadiy aholi yashaydigan ramziy saltanatning xududi bepayon , fuqarolari nufuzi son-sanoqsiz. Lekin bu saltanatda qalbidagi ilk muhabbati harorati hanuz sо‘nmagan, imon-insofli tanti Bо‘ri polvon, boshi kal bо‘lsa-da , kо‘ngli pok nozik Ziyodulla, Jamoliddin ketmonu chapani. Aqrab, oyining oydin nuriga cho’lg‘angan. Qoplon bobo- yu oymomo aya kо‘zga yarq etib tashlanib turadi.
Faqat kuni tuni mehnat qilish huquqidagina mahrum etilmagan, yuragi armon, azob, xо‘rlik-xorlikga tо‘la Dehqonqul holiga , na sirti va na botinida о‘zligidan kam-nishon qolmagan Botir firqa ahvoliga kim achinmaydi, deysiz ?.
Adib asarlari kitobxonni о‘ylatadi, yig‘latadi, kuydiradi . Muhimi, kitobxon mana shunday zavqli azobdan, og‘riqli huzurdan bezmaydi. Hozir о‘zbek kitobxonlarining keksa, о‘rta yoshli vakillari orasida adib asarlariga ipsiz bog‘lanmaganlari yо‘q hisobi .
,,Men Tog‘ay Murodning ilk qissasini о‘qiganimdayoq , bu ijod sehriga mahliyo bо‘lganman, deydi buyuk adibimiz Abdug‘ofir Rasulov.,,1 Bir necha adabiyotshunoslarga Tog‘ay Murodning bu qissasi tо‘g‘risida taqriz yozishni taklif etdim ,, , -deydi Mahmud Sa’diy. Bilasizmi, hech qaysi tanqidchi asar xususida jо‘yali bir gap ayta olmadi. Chunki bu qissa boshqacha yondashishni taqazo etardi.
Tog‘ay Murodning ilk qissasi adabiy jamoatchilikni-da esankiratib qо‘ydi. Kо‘plar asar tahliliga qо‘l urolmaganlar. Bu hodisaning о‘zi, ana shu fakt adabiyotda yangilik, mutloqo yangi asar paydo bо‘lganidan dalolat beradi. Yaqinda bir maqolada qiziq fikrni uchratib qoldim,, Adabiyotda yangilik yaratish uchun avvalo tafakkurda , tushunchada yangilik bо‘lmog‘i lozim”. Shundan kelib chiqib , Tog‘ay Murod asarlarida ham yangicha qarashlar borligini ta’kidlash mumkin . Adib о‘zining ilk qissasidayoq yuragidagi orzulari , armonlari xalqning orzu-armonlari bо‘lib ketganligini namoyon qilgan.
Ushbu qissasida shunday gap bor “... dunyodagi kо‘pgina xalqlar о‘zlarining hech bо‘lmaganda bitta sportini jahon miqyosiga kо‘targan. Bizdan esa jahonga kо‘tarilgan bittayam sport turi yо‘q”.
Bu о‘rinda gap milliy kurashimizning xalqaro olimpiada musobaqalarida kiritilishidagina emas. Gap hamma xalqning jumladan, о‘zbek xalqining xam jahonga о‘z о‘rniga, mavqeiga ega bо‘lishi haqida.
Bu asarida yozilgan taqdim sо‘zi annotatsiyada asarga “kurash haqidagi kitob qabilida ta’rif berilgan,,. Yо‘q , bu asar faqatgina kurash haqida emas , insonning ori haqidagi kitob.Insonning g‘ururi, insonning nimalarga qodirligi haqida yozilgan mardona kitobdir. Asarda ifodalangan ana shu tuyg‘ularni bari badiiy tasvirlanib, yagona mavzu atrofida mujassamlashtiriladi. Qarang-da, ajoyib holatni. bosh qahramon Bо‘ri palvonning о‘g‘li Tilovberdi bellashuvda qatnashib bо‘lsa-da, ota о‘g‘liga yon bosmaydi. Bо‘ri palvon mardlik qiladi. Dunyo azal-azaldan ezgulik va yovuzlik kurashidan iborat.
Ana shu azaliy kurash g‘oyasi jahonning taniqli adiblari singari Tog‘ay Murod asarlarining ham zamirini tashkil etadi. Agar yozuvchining о‘zi shaxs bо‘lmasa , u yaratgan asarlar ham biror qiymatga ega bо‘lmaydi. Tog‘ay Murod asarlari uning shaxsini kо‘rsatib turadi. Adib orzulari mamlakatimiz о‘z mustaqilligiga ega bо‘lgandan keyin rо‘yobga chiqmoqda .
Mana, milliy kurashimiz jahon sporti darajasiga kо‘tarildi . Badiiy adabiyotning ijtimoiy hayotga kо‘rsatgan tasiriga yaqqol misol bu .
Bu qissasining bir о‘rnidagi evrilish boisiga aql javob topolmaydi.Bо‘ri polvonday vazmin, pahlavon kishining Tamaraxonning oldiga kelib, tarona qilganda, о‘zini bilmay, aqli xushini yо‘qotib, belbog‘ini yechib gо‘zallik va qо‘shiq poyiga to’shaydi. Haqiqatan ham kuy, qо‘shiq kuylanayotgan holat favqulodda holat, chо‘qqidagi xarsangni kuchli dovul jarga qulatishi hech gap emasday, odam ruhiyatini ag‘dar-to’ntar qilishiga qо‘li yetadi. Yetuk asar odamni lol etadigan lahzalarni kashf etadigan sinoatlaridan bittasi bu.
Tog‘ay Mirod bu asarida Sayfiddin Hodiyevni ham tilga oladi. Bu narsa unga katta ta’sir qilgan, bundan ruhlangan. Axir chekka bir qishloqdan chiqqan tо‘ylarda kurashib katta bо‘lgan bir oddiy polvonni Tog‘ay Muroddek katta yozuvchi о‘z asarida aytib о‘tishi katta baxt emasmi.
... Kim biladi, Tog‘ay aka bо‘lmaganda men bu qadar katta polvon bо‘lmas -midim ? Chunki men kurashning oltin qoidalarni Tog‘ay Muroddan о‘rgandim! U kishi aytgan ,, Polvon о‘zini uch balodan: birinchisi-ayolbozlik, ikkinchisi-ichkilikbozlik, uchinchisi-nafs balosidan asrasin ,-degan hikmatiga men ham amal qildim,-deydi Sayfiddin Hodiyev”.
Tog‘ay Murod kurashchi bilan kurashchi tilida,chavondoz bilan chavandoz tilida, dehqon bilan dehqon tilida sо‘zlasha olgan. Ularni qalbiga kirib bora olgan. Shuning uchun adib ularning xarakterini, ichki olamini besh qо‘lday bilgan. Chunki, adib asarlarini bо‘lajak qahramonlarini oldindan kо‘zatib yurgan bо‘lajak polvon davraga qanday kirib kelyapti, qanday harakatlar qilyapti, ularning ruhiyatida qanday о‘zgarishlar bor hammasini his qilib turgan yozuvchi.
Yozuvchi qancha qissa, qancha roman yozmasin,о‘z qahramonlarini xalq kо‘zi о‘ngida oddiy odamlardan tanlagan. Qissadan kishilar hayoti bilan real odamlar turmushini uzib qо‘ymagan. Tog‘ay Murodning iste’dodi ham shunda-da!
Tan olish kerakki, hamma narsani miridan-sirigacha qiziq, lо‘nda, asosiysi, о‘ziga xos tilda tasvirlash oson ish emas.Buning uchun,boya aytganimdek, juda katta e’tibor, sinchkovlik kerak. Tog‘ay Murod kitoblarini har gal о‘qir ekanman, shunga amin bо‘laman, boshqa yozuvchilarda yо‘q narsalarni uchrataman.
Kurash ajdodlarimiz-xalqimiz qoniga singib ketgan. Xalqimizning qoni toza, ildizi baquvvat. Bu narsa avloddan-avlodga irsiyat orqali о‘tib kelyapti. Bizning kurashchilarimiz polvonlik maktabida о‘qimasa ham, maxsus joylarda tayyorgarlik kо‘rmasa ham ularning о‘zi shunday tayyor kurashchi-ku!
Polvonlik bizga ota meros, pushtdan-pushtga, qondan-qonga о‘tib kelyapti. Polvonlik ishi kо‘zga kо‘rinmas, til bilan tushuntirib bо‘lmas shunday sirlari borki, buni faqat tomirida polvonlik qoni borlargina biladi. Bu sirlar hech bir kitobda yо‘q!
Endi о‘ylab kо‘raylik. Bundan qariyib о‘ttiz yil muqaddam gо‘yo butun о‘zbek xalqi nomidan aytilgan ezgu niyat , orzu-umid bugun amalga oshmadimi ? О‘zbek miliy kurashi jahon sport turi darajasiga kо‘tarildi. Bu qissadagi personaj о‘z orzusiga erishdi.
Ushbu qissasining qimmati tasvirda betaraf, adolatli qolgan holda mag‘zidan, tub-tubdan adolatga, haqiqatga xizmat qilishidir.
Qissasining bosh hikmati - kim dо‘stga xiyonat qilsa insonlarni aldasa, uni aldovi oxir-oqibat о‘zini qismatiga kо‘chadi, haqiqatga aylanadi, sen nimani sо‘zda о‘zingga ravo kо‘rsang haq senga buni qismat qilib beradi, deb hayqiradi.
Bо‘ri qiyomatli dо‘sti deb bilgan tengdoshiga yuragini ochadi: “Nasim oshna, bir gap aytsam, birovga aytmaysanmi ? Oshna, Momoqiz yaxshi, eshityapsanmi, yaxshi...”
Sо‘zni e’zozlashini – ko’cha - kо‘yda eshitadiganimiz “yaxshi kо‘raman ” , demayapti. ... “Momoqiz yaxshi ” , demoqda. Bu juda ham kam tilga chiqadigan, tilda ham о‘ziga munosib sо‘z topishi juda qiyin kо‘ngil nidosi. Demak , ichimizda ifodasi tilda , sо‘zda yо‘q juda kо‘p aziz tuyg‘u va xayollar yashaydi.
Nasim oshna. (Ha, sevgi izhori shunaqa ham dahshatli hodisani, pahlovonlarning-da oyog‘i qalt-qalt titraydi, yuragi xonasidan chiqib ketay deydi, yuragi tо‘xtab qolay deydi). Sen bilmaysan, necha martalab aytaman dedim, bо‘lmadi. Kо‘ziga kо‘zim tushib qolsa..,, garang bо‘p qolaman. Haliyam aytaman, deb borib, nima deyiishni bilmay qaytib keldim. Nasim oshna, sen mening qiyomatli oshnam san-ku, sen ayt ”
Nasim esa omonatga xiyonat qildi, kazzob bо‘ldi.
“-Bо‘ri , men gaplaringni oqizmay-tomizmay aytdim. Bо‘ri oshnamga sensiz kunduz ham qorong‘u, dedim.
-Uh, bormisan, oshna! U nima dedi ?
-Jо‘ra, u beti qursin, deb qо‘l siltadi.
Senga kо‘ngli yо‘q ekan, jо‘ra ishonmayapsanmi?
Mana, qiblaga qarab aytaman: agar yolg‘on aytsam kо‘r bо‘layin” .
Bu yolg‘oni ham ish bermasdan... Bо‘ri jahl ustida о‘zi borib, dilidagini aytib qо‘yadiganini kо‘rgach:
“Bо‘ri , men seni aldab edim” , deydi. Lekin yolg‘onga ishonib, darz ketgan yurak keyingi rost iqrorni ham tinglamaydigan bо‘ladi. Nomard, xiyonatkorlar esa tinchimaydilar, suvni loyqalatib, otni qamchilaganlari qamchilagan.
“-Momoqiz, Bо‘ri senga bir gap aytaman, deb yuribdi.
-Bialman, aytolmayapti.
-Momoqiz, u menga kо‘nglini yordi, tayin ayt, dedi.
-О‘zimga aytishga uyalgan gapni senga aslo aytmas.
-Aytishga bet chidamaydigan gap-da, Momoqiz.
Aytayinmi, nima dedi ? Momoqiz bilan о‘ynagim kelyapti. Qo’yniga kiraman, dedi.
-Yo pirim, chini bilan shunday dedimi ?
-Aldasam, kо‘r bо‘layin.
-Unda, Bо‘rining betiga qaramaganim bо‘lsin.
Betini murdoshо‘y kо‘rsin”
Yillar о‘tib, sо‘z taqdir bо‘ldi. Sо‘z chinakam qismatga evrildi. Sо‘z otilgan о‘q yanglig‘ Nasimning kо‘zini teshib о‘tdi. Qalbining о‘rtasiga о‘rnashdi. Iymonsiz о‘z sо‘zi bilan о‘z burdiga, tabiatiga, yorug‘ insoniy ruhiyatiga qasd qildi.
Shuning uchun sevgan kishilar baxtsiz. Kо‘nglini boy bergan. Kо‘nglidagini aytolmay, najotsiz, bо‘g‘ilgan tо‘radi: “Birovga aytma, jonivor, hay anovi qirda bir qiz bor, shu qiz mening kо‘nglim edi.... Qiyomatli oshnam kо‘nglimga chang soldi. Uh, kо‘rgulik.
...Qiyomatli oshnangdan shu ish kelganidan keyin о‘zgalardan nima umidu nima xayr...
Odamzotning boshqa mavjudotlardan bitta juda betimsol afzalligi bor .U Olloh taolo tomonidan kо‘ngilli qilib yaratilgan.
Tog‘ay Murod asarlarining joni kо‘nglida.U sо‘nggi imkoniyatda turib, ana shu kо‘nglining holatini tadqiq etadi.
Rasululloh ( s.a.v) bir hadisi shariflarida shunday marhamat qiladilar: “Inson tanasida bir narsa borki u kasalga chalinsa, butun a’zolar kasal, u sog‘ bо‘lsa jamiki a’zolar sog‘ bо‘ladi .U qalbdir”.
Odam kо‘ngilga, kо‘ngil odamga evrilgani uchun ham sog‘inib, mana bu yurak iqroriga dil tashlayverasiz: “Oshna, Momoqiz hamon u kо‘z oldimdan ketmaydi. Odamda pokdaman tuyg‘ular kо‘p bо‘ladi, sо‘nmas tuyg‘ular kо‘p bо‘ladi. Ammo birinchi kо‘ngil. Nasim oshna, men birinchi kо‘ngildan iffatlisini kо‘rmadim, birinchi kо‘ngildan sо‘nmasini kо‘rmadim”.
Yurakning tо‘ridagina vojib, faqat yurakka aytadigan bu armonli munojotni yurakdangina his qilamiz. U juda ham pokiza, u juda ham yuksak . Hayotning bosh sо‘zi Qodiriyning Otabegida shu xislat borligi bois, u qachonlardan buyon ardoqlanadi. Unday bо‘lgimiz keladi. Xuddi shu darajadagi insoniy sevgi “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida Bо‘ri polvon timsolida dunyoni kо‘rgan. Faqat bu ishq dostoni Otabeknikiga qaraganda fojiali va armonli, xotirasi tirik, ruhi qatl etilgan ishq undan Yodgor qolmagan.
Badiiy asarda tipik sharoit deganda, ijtimoiy ma’no kasb qilgan insonning o’z atrofidagi muhit, vaziyat, ahvol, shart-sharoit – voqelik bilan hammavaqt yuzaga keluvchi aloqasi tushuniladi. Ana shu aloqa uni o’stiradi, toblaydi, unday yo bunday harakat qilishga, u yoki bu kechinmalarni boshdan kechirishga, muayyan voqea – hodisalarga aralashishga majbur qiladi.
Adabiyotda sharoit o’ziga xos mustaqillikka ega, u odamlarni ongiga bog’liq emas, abyektiv qonuniyatlarga ko’ra rivojlanuvchi aniq tarixiy vaziyatning in’ikosidir. U xarakterlarni aniqlaydi, qahramonning hatti – harakatlariga, hissiyot va kechinmalariga, so’zlariga o’z muhrini bosadi. Shuning uchun ham ijodiy jarayonning mohiyatini tashkil qiluvchi badiiy mahoratning eng muhim, yetakchi masalalaridan biri jonli xarakter bilan hayotiy sharoitning o’zaro dialektik aloqasi problemasidir. Bu muammoni hal etishda “shoirning san’atkorligi shunday bo’lmog’i kerakki, tabiat bergan xarakter zamona zayli bilan o’zi duch kelgan sharoitda to’la gavdalanib ko’rinsin va shoir shu vazifani nihoyasiga yetkazsin”. Ya’ni, xarakter va sharoit hamma vaqt dialektik aloqada rivojlanadi. San’atkorlar ana shu dialektikaga izchil amal qilganlaridagina xarakterning yorqin tipik xususiyatlarini ham, hayotning, davrning mohiyatini ham haqqoniy ifodalay oladilar. Darvoqe, badiiy asarning g’oyaviy va badiiy sifati ana shu muammoning aniq hal qilinishiga, asardagi xarakter bilan sharoitning (demak, qahramon ichki dunyosi bilan tashqi dunyosining ) bog’lanish darajasiga va poetik tahlilning chuqurligiga bog’liq.
Bu prinsip qahramon psixikasining tasviri qanday bo’lishi kerakligini ham asoslaydi. Ma’lumki, tashqi muhit xarakter ichki dunyosida qo’zg’alishlar, zilzilalar, kechinmalar uyg’otgani kabi, ichki dunyoning “murakkab sirlari” xarakter hatti – harakatlarini asoslashga, boshqarishga, tashqi muhit rivojiga turtki beradi. Bu jarayon hammavaqt o’zaro aloqadorlikdadir. Shu sabab, qahramon ichki dunyosining chuqur tadqiqi, ana shu xarakterni yuzaga keltirgan sharoitning ham chuqur tadqiqotiga olib keladi. Demak, psixologik tahlil san’ati – “bu tashqi dunyo bilan inson shaxsining boy, murakkab va dinamik aloqasini ochish mahoratidir”.
Dunyoni revolyutsion o’zgartirishning mohiyati ham – hayotning rivojlanish qonunlarini chuqur bilish va shu asosda ijtimoiy sharoitni o’zgartirish, inson ehtiyojini, orzu – istaklarini qondira oladigan kerakli sharoitni yaratish demakdir. Shu sababli sotsialistik realizm yozuvchilari oldidagi asosiy vazifa faqatgina tipik xarakter va tipik sharoitni tanlab, umumlashtirishga emas, balki yana qonuniy va hayotiy jarayonni – xarakterning sharoitni o’zgarishi va rivojlantirishi tendensiyasini va ana shu jarayonda xarakterning ongi va qalbida yuz bergan o’zgarishlarni, yangiliklarni ham haqqoniy aks ettirishdir.
Demak, o’zbek adabiyoti uchun tanqidiy realizmga nisbatan yangilik xarakter va sharoitni yangicha tushunish va talqin qilinishidadir.
Badiiy psixologizm va psixologik tahlil asar qahramonlari mohiyatini tushunish va tushuntirishning kaliti; har bir yozuvchining o’zligini, ma’naviy boyligini ko’rsatuvchi ko’zgudir. Boshqacha aytganda, har bir yaratilgan qahramon yozuvchining “farzandi”dir. Bu “farzandi”da albatta, yozuvchi aqlu zakovatining, qalb ehtiroslarining, yurak mehrining muhri bo’lishi tabiiydir. Biroq bu “farzand” yozuvchining aynan o’zi emas, balki o’ziga xos bo’lgan hayotning, turmushining munosabatlarning egasidir.
Demak, badiiy psixologizm problemasini yetrali tasavvur qilish va tushunish uchun qahramonning yuzaga kelishi va tug’ilishi jarayonini uning o’z yaratuvchisi hamda hammavaqt go’zal, betakror hayot bilan aloqalari kabi masalalarni – yozuvchi ijodi sirlarini bilishi taqozo etadi. Chunki bunda yozuvchi mehnatining yozuvchi qalbining mohiyati jamg’arilgandir.
Badiiy ijod jarayonini ko’pincha ayolning boshqorong’i bo’lishi, homila ko’rishi va tug’ishiga o’xshatishadi. Buning asosi bor. Obraz ham amalga keladi, oy kuni, vaqti soati yetiladi va oxiri tug’iladi. Shuning uchun ham Mirmuhsin “Yozuvchi uchun hamma asari ham farzandidek aziz… shaxsan men uchun “Degrez o’g’li”… hayotimning yaxlit bir bo’lagi”,- deb yozadi. S.Ahmad “Mening jiddiy hikoya yozishim xuddi ayol kishining ko’zi yorishidek azobli bo’ladi” deb ta’kidlaydi.
Aytmoqchimizki, obraz san’atkorning ongi va qalbida tug’ilgan bo’lsa ham, adabiy asar sahifasiga qadam qo’yar ekan, u mustaqillik kasb etadi, “o’zgacha” yashash huquqini qo’lga kiritadi. U yozuvchi hayoli, tasavvuri, tajribasi, xotirasi, talantining mevasi va ayni paytda yozuvchiga o’xshamaydigan, uning hayot yo’lini takrorlamaydigan, obyektiv dunyoning, obyektiv qalbning jonli egasidir. Ana shu dialektik qarama – qarshilik va uning to’g’ri, asosli hal qilinishidan – haqiqiy va maftunkor san’at tug’iladi.
Yozuvchi hayot haqiqatiga o’xshash narsa (badiiy haqiqat)ni yaratish uchun, hayotiy fakt va hodisalarni o’zining ruhiy laboratoriyasida “qaynatishi”, ishlashi, sintezlashtirishi, ya’ni tasavvuri, hayoli tajribasi, qalbi, dunyoqarashi, tabiati bilan boyitgan va muayyan mavzuga, g’oyaga xizmat qiluvchi eng zarur detallarni, xarakterli va kerakli fakt va hodisalarni tanlagan holda, tugallik kasb etgan hayotni yaratishi lozim. Ana shundagina “san’atkor – uydirmalari ijodkori – odamlarni xudo, tabiat yoki tarix yaratganidan ko’ra a’loroq, misilsiz darajada go’zal qilib yarata oladi”.
Demak, Abdulla Qahhor aytganidek, badiiy haqiqat “hayot haqiqatini ko’ngil prizmasidan o’tkazish, uni his qilish, unga o’ylab yurgan gaplaringni singdirish, tilak va ideallaringni qo’shib ifodalash bilan yuzaga keladi. Realizm adabiyot rivojining yetuk bosqichi bo’lib, u bo’lishi mumkin bo’lgan hayotni, real hayotdagi odamlarning obrazlarini jonlantiradi; asl hayotga nisbatan tasodiflar, ikir – chikirlardan xoli bo’lgan, to’liqroq, ta’sirliroq, ishonchliroq qilib qayta yaratilgan olamning tasvirini beradi.
Qahramon – bu quyulma. Uni yaratish uchun yuzlab odamlarni uchratish kerak. Biroq bu uchrashuvlar kamlik qiladi – quyulmani yaratish uchun avtor o’zidan biron narsa qo’shishi kerak.
Yozuvchining ko’zini rengen nuri bilan tenglashtirsa bo’ladi: u juda ichkariga kirib boradi, odamning borliq hayotini ko’rishga yordam beradi. Biroq u naqadar “yoritib” ko’rsatsa ham qahramonlar ruhiy olamining bir chekkasi ochilmay qolaveradi. Avtor o’z tajribasiga suyanib, ko’p narsalarni taxmin qiladi va qalbining bir chetida asragan o’z xislarini qahramonlariga taqashi muqarrar. Demak, har qanday badiiy asarda yozuvchining tarjimai holi, tajribasi, shaxsiy kechinmalari unsurlari bo’ladi.
Yozuvchi tasvirlamoqchi har bir hodisani, qahramonlari taqdirida sodir bo’lgan hamma hollarni o’z boshidan kechira olmaydi-ku. “Mana shu joyda yozuvchini bir narsa qutqaradi – deb yozadi Asqad Muxtor, - hayotni yozuvchi ko’zi bilan ko’rib, uni badiiy – falsafiy tahlil qila bilish qobilyati.
Yozuvchi P.Qodirov “San’atkor yozuvchi shaxsan o’zi ko’rmagan voqealarni, boshidan o’tkazmagan kechinma va hissiyotlarni ichdan astoydil his qilguncha o’rganadi” deb yozadi.
Bo’lishi mumkin bo’lgan hayot va qahramonlar yozuvchi tafakkuri va qalbida tug’ilgan va uni rejasiga bo’ysundirilgan bo’lsa ham, lekin obyektiv tasvir avtorga “o’zboshimchalik” qilishga, ya’ni avtor istagiga, xohishiga manand qahramonning gapirishiga, harakat qilishiga imkoniyat bermaydi. Bu imkoniyatni san’at rad etadi. Chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, qahramon yozuvchi qo’lidagi qo’g’irchoq emaski, uni hohlagancha o’ynatsa, xohlagan vaziyatda yig’latsa; balki u o’ziga mustaqil odam, o’zigagina xos fikrlovchi, so’zlovchi, quvonch va iztirob chekuvchi shxs, “o’ziga biqiq bir olam”dir. U muayyan tipik tarixiy – ijtimoiy muhitda yashar va kurasharkan, xuddi ana shu hayotning talab, ehtiyojlariga mos tarzda turmushi tabiiy bo’lsin; aytmoqchimizki, tasvirlanayotgan hayot oqimi qanchalik tabiiy va samimiy bo’lsa, unda harakatlanuvchi qahramonning “o’zi qanday bo’lsa, shunday yashashi” shart.
Darhaqiqat, yozuvchi o’z g’oyasini asar to’qimasiga, undagi qahramonlarning o’y – hayollari, orzu – intilishlari, quvonch av dardlari, baxt va fojialariga singdirib yuboradi. Ana shu qahramonlarning hayoti, taqdiri va ularni tug’dirgan, o’stirgan xalq hayotining haqqoniy tasviri orqaligina o’z g’oyaviy pozitsiyasini, asar g’oyasini kitobxonga “yuqtiradi”, uning hislatlarini uyg’otadi, fikrlarini qo’zg’atadi. Realistik san’atkorning talablaridan muhimi ham shu: yozuvchi hayotning haqqoniy manzarasini yaratar ekan, qahramonga bo’lgan munosabatini oshkora aytmasligi, unga nisbatan xolis va beparvo bo’lishi, uni o’zidan ajratishi va unga uzoqroqdan razm solishi lozim.


Yüklə 410,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin