3-7 I. Bob. Psixologizm muammosi va uning o’rganilishi



Yüklə 410,59 Kb.
səhifə9/11
tarix22.12.2023
ölçüsü410,59 Kb.
#190623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Xulosa
Inson adabiyotning tasvir predmeti ekan, insonning ruhiyatisiz uni yaxlit, bir butun holatda to’liq tasavvur qilish mumkin emas. Demak, har qanday badiiy asarda, u qachon va qaysi janr, metodda yaratilgan bo’lmasin, inson psixologiyasi u yoki bu tarzda aks etishi tabiiydir.
Tog‘ay Murod asarlarining о‘zbek tanqidchiligida о‘rganilishini tadqiq etib quyidagicha xulosalarga kelindi:
Birinchidan, mazkur ishimizda psixologizm va psixologik tahlilning ichki qonuniyatlari, nazariyasi, uning paydo bo’lishi va tarixiy taraqqiyoti, adabiy estetik qimmatini imkon boricha tahlil etishga urindik. Psixologizmning ijod jarayoni (muallif – obraz – kitobxon) bilan aloqasi, janrlar, xarakterlar, ijtimoiy sharoit bilan munosabatlari ham o’rganilgan. Tog’ay Murod asarlarida psixologizm va psixologik tahlil prinsiplari, forma va vositalarining yuzaga kelishi va uning hozirgi zamon romanchiligidagi ahvoli muxtasar tekshirildi.
Ikkinchidan, Tog‘ay Murod asarlari juda kо‘pchilik e’tiborini о‘ziga rom etgan badiiy jihatdan mukammal asarlar hisoblanadi.
Uchinchidan, Tog‘ay Murod asarlarining о‘zbek adabiyotida о‘ziga xos beqiyos о‘rin tutushida O.Sharofiddinov, U.Normatov, Q.Yо‘ldoshev, D.Quronov, I.Yoqubov kabi munaqqidlarning yozuvchi ijodi xususida fikr yuritgan yozuvchi va shoirlarning mulohazalari ham ma’lum darajada о‘rin tutishligini aniqladik.
To’rtinchidan, Tog‘ay Murod qissalari va hikoyalari haqida bildirilgan muloxazalaridan shu narsalar ayonlashadi. Yozuvchi qissalari va hikoyalarida hayotiy , atrofimizda mavjud , lekin bizga notanish bо‘lgan falsafiy g‘oyani ilgari suradi.Uning qahramonlari ,,Chin gaplar kо‘ngilda bо‘ladi, tilga chiqsa, yolg‘on bо‘ladi- qoladi” tipidagi insonlardir . Ular aynan ana shu falsafiy ruh bilan sug‘orilgan, ular aynan shu ruhiyatda qissada, hikoyada gavdalantiriladi. Darhaqiqat uning qissalaridagi, hikoyalaridagi qahramonlari milliy qadriyatlarimizni, urf-odatlarimizni qadrlaydigan sof о‘zbeklardir.

Yüklə 410,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin