I.1. Tog‘ay Murodning nasrdagi o’ziga xos uslubi Sanat va adabiyot shunday mо‘jizaki, uning eng yaxshi namunalarini ham hammaga birdek qilib kо‘rsatib bо‘lmaydi. Ba’zan shunday bо‘ladiki, falsafiy teran, yuksak badiiy did bilan yozilgan asarlardan kо‘ra, hayot ikr – chikirlarini ifodalagan asarlarining xaridorlari va uni guldiroz qarsaklar bilan qarshi oluvchilar kо‘proq bо‘ladi. Bunday ahvol qadimda ham, hozir ham shunday. Har bir kasb, har bir sohaning о‘z bilimdoni, о‘z mutaxassisi bо‘ladi. Adabiyotning ham saragini – sarak , puchagini – puchak qilib, uning qadr - qimmatini , haqiqiy bahosini aytib turadigan bilimdonlar borki, bular tanqidchilardir. Ze’ro tanqidchi Izzat Sulton yozganidek, “…Sharhlovchi emas – talqin etuvchi, baholovchi va hukm qiluvchi hamdir; yozuvchi hayot haqida yozadi, tanqidchi esa hayot va adabiyot haqida yozadi va shu bilan birga bu sohalarni chuqurroq anglashda yozuvchiga kо‘maklashadi, shu orqali yozuvchi va adabiyot saviyasini oshirib boradi, xalqning ijtimoiy ongi о‘sishiga xizmat qiladi. Tog‘ay Murodning о‘zbek nasri rivojiga qо‘shgan hissasi xususan romanchilikdagi о‘ziga xos tasvir va mahorati kо‘pgina tanqidchilar tomonidan о‘rganilgan. Mazkur ishlar natijasida Tog‘ay Murod asarlari , qahramonlari о‘quvchilar qalbidan kengroq о‘rin oldi. Anglash mumkin bо‘lgan jihatlar munaqqidchilar tahlili orqali oydinlashdi va о‘z yechimini topdi. Yozuvci romanlariga munaqqidlarning munosabatini о‘rganar ekanmiz, fikr – qarashlarni о‘rganar ekanmiz, fikr – qarashlarda о‘xshash va farqli tomonlar, о‘ziga xos talqin va yondashuvlarni kuzatamiz.
О‘zbek adabiy tanqidchiligida Tog‘ay Murodning romanlari zamonaviy romanchiligimizning eng jiddiy yutuqlari sifatida e’tirof etiladi. Yozuvchining ayniqsa, “Otamdan qolgan dalalar” asari juda kо‘pchilik munaqqidlar e’tirofiga sazovor bо‘lgan. Muallifning о‘z sо‘zlariga tayangan holda tanqidchilikda bu asar “О‘zbek xalqiga qо‘yilgan haykal sifatida” baholangan va u uzoq yashaydigan hali kо‘pchilikni о‘ylantiradigan, ta’sirlantiradigan romanlaridan ekanligi, ta’kidlangan. Yozuvchi bu asar uchun О‘zbekiston Respublikasi Abdulla Qodiriy nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Aynan shu roman e’lon qilingach, adibga О‘zbekiston xalq yozuvchisi unvoni berilgan.
Darhaqiqat, “Otamdan qolgan dalalar” romani kitobxonni о‘ziga rom eta oladigan, fikrga, о‘yga toldiradigan mushohada va munozara qilishga undaydigan asar. Roman 1986 – 1991 yillar oralig‘ida yozilgan va 1994 yil “Sharq” nashriyot matbaa konsernining Bosh tahririyati tomonidan 75000 nusxada chop etilgan. U о‘nta bob , 273 ta turli hajmdagi fasllardan tarkib topgan. Shuningdek , asarda “Men” deb nomlangan yozuvchi (Tog‘ay Murod) hayoti va ijodiy faoliyati haqidagi qaydlar ham keltirilgan.
Kitob nashridan sо‘ng asar yuzasidan kо‘plab taqrizlar, bahsu – munozaralar, mubohazalar e’lon qilindi. Hatto bu asar asosida taniqli kinorejissyor Shuhrat Abbosov ikki qismli badiiy filmni ham suratga oldi. Bir sо‘z bilan aytganda asarning nashri “shov – shuv” ga sabab bо‘ldi. Kо‘plab kitobxonlar va tanqidchilar e’tiboriga tushdi.
“ Otamdan qolgan dalalar” romani e’lon qilingach, aksariyat kitobxonlar ham ayrim mutaxassislar ham mazkur asarning noan’anaviy ekanligidan sо‘zlashdi. Chunki, filologiya fanlari doktori D.Quronov - “Roman nafaqat dolzarb mavzusi, balki badiiy jihatlari bilanda adabiyotimizda jiddiy voqea bо‘ldi. Asarning о‘ziga xos qurilishi, betakror ifoda yo’sini , tildagi jozib ohang, samimiyat – bularning bari uning muvafaqiyatini ta’minlagan asosiy omillardir” , - deb yozadi.
Adabiyotshunos Qozoqboy Yо‘ldoshev mazkur asarda an’anaviy tasvir yо‘nalishi о‘ziga xos badiiy izlanishlar hamda dunyo adabiyotidagi eng sо‘nggi ifoda usullarini dadil qо‘llash bilan omuxtalashib kelganini e’tirof etdi.
Filologiya fanlari doktori Bahodir Sarimsoqov esa Tog‘ay Murodning о‘zbek romanchiligi taraqqiyotida belgilovchi о‘rin egallashi va adabiyotning о‘zbek badiiy nasridagi bayon poetikasini butunlay yangi о‘zanga burib yuborganini ta’kidlab shunday yozadi: “Epik bayonning bu shakli hozirgi о‘zbek nasrida mutlaqo yangi badiiy hodisa bо‘ldi. Men bu hodisani kvantiy bayon shakli deb nomlagim keladi”. Yoqubov bо‘lsa “Otamdan qolgan dalalar” ni hamma birdek tushuna olmasiligi, an’anaviy shakllarga о‘rgangan, oddiy kitobxon uchun mazkur shakldagi asarlarni о‘qishga maxsus tayyorgarlik lozimligini uqtiradi.
Haqiqatdan ham , “Otamdan qolgan dalalar” о‘ziga xos shakl va uslubga ega asar. Bu asarning boshlanishidayoq kо‘zga tashlanadi. Masalan romanning I bobi “Men Farg‘onachi Jamoliddin ketmon nabirasi bо‘laman”1 degan jumla bilan boshlanadi. Bu jumlaning yakka о‘zi yana birinchi faslni ham tashkil etadi. Asarni qо‘liga olgan kitobxon dastlab jumlaga tushunmaydi. Sо‘ng xayronlik bilan, qiziqish bilan qayta о‘qiydi. “Men Farg‘onachi Jamoliddin ketmon nabirasi bо‘laman”. Biroz tо‘xtab asar mutolaasi davom etadi.
“Bobomiz hovlisi Farg‘onada bо‘ladi.
Dalasi Farg‘ona adog‘ida bо‘ladi
Bobomiz dalasi oldidan bir ariq suv oqadi.
Suv gavhar zilol – gavhar suv bо‘ladi”.
Asar sehri sizni о‘ziga maftun etadi. Gо‘yo quloqlaringiz ostida qandaydir qо‘shiq kuylayotganday. Dilmurod Quronov topib aytganidek, xirgoyi qilinayotganday bо‘ladi. Mana olimning bu xususidagi qaydlariga e’tibor qiling-a. “Otamdan qolgan dalalar,,ni о‘qiganda rahmatli bobomning Sofi Olloyorni о‘qish, emas , xirgoyi qilishga о‘taman. Siz ham urunib kо‘ring-a, tilning nechog‘ jozibali ekanini his qilasiz. Darvoqe, tilingiz hirgoyi qilganida, qalbingiz soli’ (eshituvchi) bо‘lsin: chanqovuz, nay nolalari ortidan elas – elas sas kuchayib boradi…
Yaxshi asar haqidagi muloxazalar ham о‘shanga yarasha bо‘ladi. Tog‘ay Murod romanida sо‘zlarini topib qо‘llagan va ularni о‘rnida sо‘zlatgan. Shu ruh va shu ohang D.Quronovning asar hususidagi о‘ylariga ham kо‘chgan.
Shu bois olimning tahlillarini asar kabi berilib о‘qiysiz. Tog‘ay Murodning “tili” ga tushunmagan о‘rinlaringiz bо‘lsa, olimning tahlillari bilan ularning haqiqatini anglaysiz, qalbingizga jo qilasiz. Umuman, Tog‘ay Murod asarlarini tadqiq etgan olimlar ham kо‘p hollarda yozuvchining о‘z ijodiy uslubi, u qо‘llagan obraz va timsollar vositasida sо‘z yuritganiga guvoh bо‘lasiz. Chunonchi, yirik munaqqid A.Rasulov Tog‘ay Murod asarlari xususidagi maqolasida “Halol ijod” deb nom beradi. Shu nomning о‘ziyoq bizga yozuvchining mavzu doirasi milliy ruhiyatimiz bilan bog‘liqligi, qahramonlari esa mard, or -nomusi bilan, bо‘z bola yuragida о‘ti bor tanti yurt farzandlari ekanini eslatadi. Yoki olimning “Otamdan qolgan dalalar,, dagi “Birinchi jumla- jumbog‘i,, xususidagi mulohazalariga e’tibor qilsak unda yozuvchi uslubining nafasi ufurib turganini sezish qiyin emas”… Ilk jumla birinchi bobdagi “Ketmon” sо‘zi kо‘p narsalarni eslatadi. Abdulla Qodiriy “Obid ketmon” qissasini yozdi. Ketmon – ajoyib ramz. Bolta chopadi, tesha yо‘nadi, о‘roq о‘radi, bolg‘a uradi. Ketmon yerga botadi. U odam bilan yerni bog‘laydi”.1
Aslida yozuvchining yo shoirlarning asarlarini о‘z tili va uslubi bilan yoki unga yaqin tarzda sharhlash adabiyotshunosligimizda an’anaviy hol bо‘lib, ilmiy asarlarning ham badiiylik kasb etishi va о‘qilishi ravon bо‘lishini ta’minlaydi.
Xuddi shu usulda atoqli adabiyotshunos Maqsud Shayxzoda va boshqa munaqqidlarda ham kuzatish mumkun. Aytish mumkinki, Tog‘ay Murod asarlari tahliliga bag‘ishlangan ishlarda ham muallif usulining atama va asarlari о‘ziga xosligi, faqat о‘ziga xoslik orqaligina kо‘rsatish mumkin.
Buni esa munaqqidlarimiz juda yaxshi anglab , о‘z qarashlarini shu asosida bayon etib tо‘g‘ri yо‘l tutishgan.
“Otamdan qolgan dalalar” xususidagi tahlillarni о‘qir ekanmiz avvalo , asarning janri xususidagi bahs – munozaralar nazarga tashlanadi. Asarni ba’zilar zamonaviy romanchilikning eng jiddiy yutuqlaridan biri sifatida e’tirof etsa , ba’zilar roman janri talablariga mos kelmasligini e’tirof etishdi. Malumki, roman - hayotning keng manzarasini tasvir etuvchi, janrning bugungi kuni va kelajagi uchun muhim bо‘lgan muammolarni yoritishga bag‘ishlangan yirik epik asardir.1.
Roman shakllanmog‘i uchun muallifdan dunyo va inson tо‘g‘risida nihoyatda keng va chuqur albatta , yangicha tafakkur talab etiladi.(Roman terminining ma’nosi ham “yangi,, deganidir) Roman salmog‘ini unda aks ettirilgan personajlar soni yoxud voqealar hajmi emas, balki ularning nechog‘lik mukammal tahlil va talqin etilgani belgilaydi. Romaniy tafakkur yetakchilik qilmasa har qanday katta asar voqea hodisalarning aqlga va mantiqqa moslashtirilgan yig‘indisidan boshqa narsa bо‘lmaydi.
“Otamdan qolgan dalalar” ning ifoda uslubi, voqeani tasvirlash emas, ularga munosabat bildirish maqsadida yetakchilik qilgani, buning natijasi o’laroq asarda lirik ibtido salmoqli , badiiy jihatdan belgilovchi о‘rin tutishini e’tiborga olib, D.Quronov “Otamdan qolgan dalalar” janr e’tibori bilan romanmi? Degan aqliy savolni qо‘yadi. – Olim uchun asar dastlab, nasrda bitilgan romantik xarakterdagi “poema” dek ,“doston” dek taassurot tug‘diradi.
Asardagi ifoda yo’sini hamda voqelikni badiiy idrok etish usulining xalq dostonlariga eshligi uning muvaffaqiyatini taminlagan qо‘shimcha omil о‘z mulohazalarini chuqurlashtiradi. Asarning janriy xususiyatlariga teranroq nigoh tashlaydi va shunday xulosaga keladi: “romanning maqsadi dunyo haqidagi, uning joriy holati haqidagi yaxlit badiiy konsepsiyani shakllantirish va ifodalash, romaniy qahramon shuning vositasi dedik. Shunga tayanib, “Otamdan qolgan dalalar” janrining risolaviy talablariga javob berishga shubha ham bildirdik. Boshqa tomoni, axir unda voqelikni qalbidan о‘tkazib, uning ta’sirida tug‘ilgan kechinmalarni , munosabatini ifodalayotgan lirik qahramon - Tog‘ay Murodning о‘zi bor-ku?! Dunyo bilan ziddiyatdagi nasib etgan taqdiridan imkoni kengroq bо‘lganidan muhitga sig‘mayotgan, aniqrog‘i elining bir asrdan ziyod muhit – mustamlaka tuzumiga sig‘may kelganini о‘zida namoyon etib turgan. Tog‘ay Murodning о‘zi risoladagi romaniy qahramon emasmi?!
Shu kabi mulohazalardan sо‘ng D.Quronov “Otamdan qolgan dalalar” roman deyiladimi yo boshqa bundan qat’iy nazar, u yurtimiz tarixining muayyan bosqichida vujudga kelgan badiiy fenomin , yaxshi va betakror
asarligicha qolishini e’tirof etadi. Adabiyotshunos A.Rasulov asarning
janri xususiyati haqida shunday yozadi: “Ayrimlar “Otamdan qolgan dalalar” ning roman ekanligiga ishonmaydilar,,.
Menimcha, Tog‘ay Murodning bu asari haqiqiy roman. Yirik asarda
voqealar tasviri, qahramonlarning harakat maydoni asos hisoblanmaydi.
San’atkorlarning voqea – hodisaga konseptual – falsafiy munosabati hal qiluvchi omildir.
Tog‘ay Murod ixchamgina romanida mustamlakachilikning boshlanish, uning turli, kо‘rinishlari haqida ishonarli taassurot qoldiradi.