3 amaliy dars. Shaharlarda avtotransport vositalaridan foydalanish ko‘rsatkichlari



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə2/12
tarix02.10.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#151583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
3- amaliy dars

Trt vaqti tugashida tormoz tizimi to‘la ulangan bo‘ladi (S nuqta) va avtomobil tezligi kamaya boshlaydi. Bunda sekinlashuv avvaliga oshadi (SD qismi, Tpt – tormoz kuchini oshira borish vaqti). Keyin taxminan doimiy bo‘lib Just ga teng bo‘ladi (Just vaqti, ED qism). Tpt davrining davomiyligi transport vositasi massasi va yo‘l qoplamasi holati hamda turiga bog‘liq bo‘ladi.
Avtomobil massasi va yo‘l bilan shina orasidagi tishlanish koeffitsienti qancha ko‘p bo‘lsa, Tpt vaqti shuncha ko‘p bo‘ladi. Bu vaqt qiymati 0,1-0,6 sek atrofida bo‘ladi. Avtomobil esa Spt – masofaga siljiydi va uning tezligi bir muncha kamayadi.
Doimiy sekinlashuv bilan harakatlanganda (Tust vaqti DE qism) avtomobil tezligi har bir soniyada bir xil miqdorda kamaya boradi. Tormozlanish oxirida u nolga tushadi (E nuqta) va avtomobil Sust masofasini bosib o‘tib to‘xtaydi. Haydovchi tormoz tepkisidan oyog‘ini oladi va tormozlanishdan bo‘shatish bo‘ladi (Tot

  • tormozlanishdan bo‘shatish vaqti EF qismi).

Agar barcha g‘ildiraklarda tormoz kuchi eng katta qiymatga erishsa (yo‘l bilan shina orasidagi tishlanish kuchi) bir xilda sekinlashuv quyidagicha aniqlanadi:
Just = Y q.
Ammo tormozlashda inersiya kuchi ta’sirida oldingi ko‘prik yuklanadi, orqa ko‘prik aksincha yuksizlanadi. Shuning uchun oldingi g‘ildirak reaksiyasi Rz1 ko‘payadi va orqa g‘ildirakniki Rz2 kamayadi. Shunga ko‘ra, tishlashish kuchi ham tegishli miqdorda kamayadi.
Ko‘pchilik avtomobillarda tishlashish kuchidan to‘la va bir vaqtda foydalanish juda kam kuzatiladi, amaldagi sekinlashuv mumkin bo‘lganidan kam bo‘ladi. Sekinlashuv kamayishini hisobga olish uchun. Just aniqlash formulasida tormozlash effektivligini hisobga oluvchi tuzatish koeffitsienti kiritiladi. Bu koeffisient ke engil avtomobillar uchun 1,1-1,5, yuk avtomobillari va avtobuslar uchun 1,3-1,5 ga teng. Sirpanchiq yo‘llarda barcha g‘ildiraklarda tormoz kuchi amalda bir vaqtda tishlashish kuchi miqdoriga etadi. Shuning uchun x< 0,4 bo‘lganda avtomobil turidan qat’i nazar ke = 1 qabul qilinadi.
Tormoz yo‘li to‘xtash yo‘lidan kam, chunki haydovchi reaksiyasi vaqtida avtomobil ancha masofa yuradi. To‘xtash va tormoz yo‘li tezlik oshganda va tishlashish koeffitsienti kamayganda oshadi. Dastlabki tezlik soatiga 40 km bo‘lganda, quruq gorizontal tekis yo‘lda tormoz yo‘lining eng kam yo‘l qo‘yiladigan miqdori me’yorlangan. U yo‘llarda harakatlanish qoidalarida keltirilgan.
Tormoz tizimining samaradorligi ko‘p jihatdan uning va shinaning texnik holatiga bog‘liq bo‘ladi. Tormoz tizimiga moy yoki suv tushganda tormoz ustquymalari va baraban (disk) orasidagi ishqalanish koeffitsienti kamayadi. Bu tormoz momentini kamaytiradi. Shina naqshlari eyilganda tishlashish koeffitsienti kamayadi. Bu tormoz kuchining kamayishiga olib keladi. Avtomobilni ishlatishda chap va o‘ng g‘ildiraklardagi tormoz kuchlari har xil bo‘lishi tez-tez uchrab turadi. Bu uning vertikal o‘q atrofida aylanishiga sabab bo‘ladi. Baraban va ustquymalarning yoki shina ning har xil aylanishi, avtomobil tormoz tizimining bir tomoniga moy, suv tushishi bunga sabab bo‘lishi mumkin.
Turg‘unlik deganda avtomobilning surilish, sirpanish, ag‘darilishiga qarshi xususiyatlari tushuniladi. Avtomobilning bo‘ylama turg‘unlik va ko‘ndalang turg‘unliklari bo‘ladi. Bo‘ylama turg‘unlikning yo‘qolishi avtomobillarda juda kam uchraydi. U juda keskin nishabliklarda sodir etilishi mumkin. Shuning uchun avtomobil turg‘unligi haqida gap ketganda, odatda, uning ko‘ndalang turg‘un- ligi ko‘zda tutiladi.
Avtomobilning turg‘unligi quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar bilan baholanadi:

    • aylana bo‘ylab harakatlanganda avtomobil surilishiga (ag‘darilishiga) sabab bo‘ladigan eng katta tezlik;

    • g‘ildirakning ko‘ndalang surilishiga sabab bo‘ladigan eng katta qiyalik burchak;

    • avtomobilning ag‘darila boshlanishiga mos keladigan eng katta qiyalik burchak.

Avtomobil turg‘unligi quyidagi avtomobilning konstruktiv o‘lchamlariga bog‘liq:

    • avtomobilning og‘irlik markazi balandligiga;

    • avtomobilning bir o‘qdagi ikki g‘ildiraklar orasidagi masofaga;

    • avtomobilning oldingi va orqa o‘qlari orasidagi masofaga;

    • shinalar o‘lchami va uning konstruksiyasi holatiga (shina naqshiga).

Bundan tashqari, yo‘lning egrilik radiusi, uning yuzasi holati va avtomobilning harakatlanish tezligiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Sirpanchiq yo‘llarda avtomobilning ag‘darilishidan ko‘ra uning surilishi yoki sirpanishi ko‘proq sodir bo‘ladi. Tishlashishi sifati yaxshi bo‘lgan yo‘llarda ag‘darilish harakatlari ko‘proq sodir bo‘lishi mumkin. Og‘irlik markazi yuqori bo‘lmaganligi uchun engil avtomobillarga ko‘ra yuk avtomobillarning turg‘unligi kamroq bo‘ladi. Yuk avtomobillari yuklangan sari ularning og‘irlik markazi balandga ko‘tarilaverib, turg‘unligi yomonlashaveradi. Yuk avtomobil turg‘unligining yo‘qolishiga mahkamlangan yuk ko‘proq sabab bo‘ladi.
Burilishlarda mahkamlangan yuk yukxonada siljib, devorga urilib, avtomobilning ag‘darilishiga olib kelishi mumkin. Avtomobil sisternalari yoki o‘zi ag‘daruvchi avtomobil suyuq (masalan, suyuq qorishma) yuklarni tashiganda ham shunday bo‘lishi mumkin. Egrilik bo‘ylab harakatlanganda suyuqlik tashuvchi avtomobillarning yuki bir devordan ikkinchisiga siljib, chayqalib turadi va u avtomobil turg‘unligining yo‘qolishiga olib keladi.
Avtomobillarda turg‘unlikning yo‘qolishi amalda tormozlaganda ko‘p uchraydi. Bunda yo‘l bilan shinaning kontakt joyida katta tormoz kuchi ta’sir etib, g‘ildirak ko‘ndalang kuchni qabul qilish qobiliyatini yo‘qotadi. G‘ildiraklar to‘la blokirovka qilinganda avtomobil osongina oshib boruvchi surilish holatiga kira- di. Bu holatdan boshqariladigan oldingi g‘ildiraklar blokirovka qilinmagandagina chiqarish mumkin. Oldingi g‘ildiraklar blokirovka qilinganda avtomobilning oshib boruvchi surilishi vujudga kelmaydi, lekin u boshqarilmaydigan bo‘ladi, chunki blokirovka qilingan g‘ildiraklarni burish harakatlanish yo‘nalishini o‘zgar- tirmaydi.
Avtomobilning yon tomonga surilishi hamma hollarda yo‘l bilan g‘ildirak orasidagi tishlashish kuchining yonlanma kuch ta’siridan yo‘qolishi sababli vujudga keladi. Bunday yonlanma kuchning vujudga kelishiga avtomobilning to‘g‘ri chiziqli harakatidan og‘ishi natijasida vujudga keladigan inersiya kuchi yoki yo‘l notekisliklariga g‘ildirakning urilishi sabab bo‘lishi mumkin.
Amalda avtomobilning har ikkala o‘qning ko‘ndalang yo‘nali- shiga qarab surilishi juda kam uchraydi. Odatda, avtomobilning orqa o‘qi surilishga ko‘proq moyil bo‘ladi, chunki orqa o‘qqa tortish yoki tormozlash kuchining ta’siri doimo bo‘lib turadi. Tormozlash paytida orqa g‘ildiraklarning tishlashish kuchi, og‘irlikning qayta taqsimlanishi hisobiga kamayadi. Bu, o‘z navbatida, avtomobil turg‘unligining kamayishiga sabab bo‘ladi.
Avtomobilning harakatlanish xavfsizligi uning butun ish muddati davomida saqlanishi kerak. Avtomobilni ishlatish jarayonida o‘zgaradigan ko‘p sonli faktorlardan uning turg‘unligi ta’sir qiladiganining asosiysi shina va tormoz tizimining texnik holatidir. Shina naqshlari eyilgan sari yo‘l bilan tishlashish yomonlasha boradi va tezlikni oshirish yoki tormozlashda yonga surilish ehtimoli oshadi. Shina naqshlari to‘la yo‘qolgan g‘ildirakning tishlashish koeffitsienti yangisiga qaraganda qariyb ikki barobar kam bo‘ladi. SHuning uchun shinalari eyilgan avtomobilni ishlatish yo‘l harakati qoidalarida taqiqlangan.
Sirpanchiq yo‘llarda surilishning oldini olish uchun ishlanish mexanizmini ajratmasdan avtomobilni tormozlash yaxshi samara beradi, chunki bunda aylanayotgan etakchi g‘ildiraklarning dvigatel maxovigi bilan bog‘langanligi ularning blokirovka bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatadi.
SHibbalangan qorli va sirpanchiq yo‘llarda turumlangan shinalardan foydalanish avtomobil turg‘unligini ancha oshiradi. Bunday usulning qo‘llanilishi tormoz yo‘lining 2-2,5 baravarga kamayishiga olib keladi. Turumlangan shinalar avtomobilning barcha g‘ildiraklariga yoki etaklovchi o‘qiga o‘rnatilishi kerak. Oldingi o‘qqa o‘rnatilganda har bir tormozlashda orqa o‘qning yonga surilishi osha boradi. YUk avtomobili tirkama yoki yarim tirkama bilan yurganda, turumlangan shinalar birinchi navbatda tirkamaga o‘rnatilishi kerak.
Hozirgi zamon pnevmatik shinalariga sirpanishning oldini olish uchun turum o‘rnatiladi. U korpus va o‘zakdan iborat. Korpus po‘lat va qo‘rg‘oshin qotishmasidan tayyorlanadi, korroziyaga chidamli bo‘lishi uchun oksidlanadi. Ayrim hollarda plastmassadan yasalishi mumkin. O‘zak qattiq qotishmadan aylanishga chidamli qilib yasaladi. Turumning diametri engil avtomobillar shinalarida 8-9 mm yuk avtomobillarining yuk ko‘tarish qobiliyatiga qarab 15 mm, gacha bo‘lishi mumkin. Uzunligi protektor qalinligiga qarab 10-30 mm yo‘l bilan kontaktda bo‘lgan shina qismda 8-12 dona turum bo‘lishi kerak. Turumning chiqib turgan qismi engil avtomobillarda 1-1,5 mm, yuk avtomobillarda 3-5 mm bo‘lsa yaxshi foyda beradi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin