3 amaliy dars. Shaharlarda avtotransport vositalaridan foydalanish ko‘rsatkichlari



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə6/12
tarix02.10.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#151583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
3- amaliy dars

Qizil rang avariyali ishoralarni berishda qo‘llashga tavsiya etiladi (ya’ni tormoz tizimi suyuqligining kamayishi, moylash tizimidagi moy bosimini kamayib ketishi kabi hollarda).
Yashil rang avtomobil harakatda bo‘lgan vaqtda qurilmalarni nazorat qilishda (burilish ko‘rsatkichlari, gabarit chiroqlar, isitgich) qo‘llash tavsiya etiladi. YAshil rang uzoqni yorituvchi chiroqlar ulanganini nazorat qilish uchun ham qo‘llaniladi.
Sariq rangni harakatlanish mumkin bo‘lmagan hollardan xabardor qilish (to‘xtab turish tormozi) yoki tizim va agregatning avariya holatida bo‘lganidan xabar berish (akkumulyator batareyasining zaryadlanishi) uchun qo‘llash tavsiya etiladi.
Avtomobil konstruktiv ko‘rsatkichlarining mukammallashtirib borilishi uni boshqarish jarayonini osonlashtirish bilan birga, harakatlanish xavfsizligi va tejamkorligini nazorat qilish uchun haydovchiga informatsion yukni oshiradi. Davom etayotgan boshqarishning avtomatlashtirish jarayoni qanchalik keng imkoniyatlarni ochib bermasin u haydovchining turli formadagi informasiyasini oshiradi.
Tovushli informativlik – bu transport vositasining haydovchining tovushli informatsiya bilan ta’min qilishi. Tovushli ishora bilan ko‘rish informatsiyasi ularni alohida qabul qilgandan ko‘ra yaxshi natija beradi. Tovushli ishoraning ustunligi shundaki, uni haydovchi ko‘rish informatsiyasidan ajralmagan holda, ya’ni boshini boshqa tomonga burmasdan qabul qilinishi mumkin tovushli informatsiyani shakllantirishga, shovqinning qabul qilish imkoniyatini pasaytirishni hisobga olish zarur. Shovqin darajasidan tovush darajasi o‘rtacha 20 db va absolyut chegaradan 40-60 db yuqori bo‘lishi kerak.
Taktik informativlik – bosim, tebranish kabi holatlar ta’sirida teri yuzasida sezishning shakllanish xususiyati. Transport vositasini boshqarishda bunday xususiyatlar boshqarish organlari orqali beriladi. Boshqarish organlari informatsiyani doimiy ravishda (rul chambaragi) yoki vaqti-vaqti bilan (tormoz texnikasi, burilish ko‘rsatkichini ulash dastasi) beradi.
Boshqarish organlarining vazifasidan qat’i nazar, ularning kabinada joylashuvi quyidagi prinsiplarga asosan amalga oshirilishi kerak:

    • harakatni tejash, ya’ni harakatlar soni va masofasi imkon boricha kamroq bo‘lishi lozim;

    • harakatning oddiyligi;

    • harakatning tugashi keyingi harakatni boshlashga qulay bo‘lishi;

    • oyoq-qo‘llar orasida yuklarning optimal taqsimlanishi;

    • boshqarish organlarining joylashuvi oyoq va qo‘llar harakatlanishi zonasida bo‘lishi;

    • ikkinchi darajali boshqarish organlarining o‘rnatilishi;

    • yo‘l qo‘yiladigan uzoqlikda bo‘lishi;

    • harakat stereotipligini ta’minlanishi (bosganda ulanishi, yuborganda ajralishi);

    • tasodifan ulanishning imkoni bo‘lmasligi. Avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishi bilan avtomobillarning sifati, shu jumladan ularning yo‘lda o‘zini tutish xusu- siyatlari o‘zgaradi. Oldingi g‘ildiraklari etaklovchi avtomobillarning yo‘lda o‘zini tutish orqa g‘ildiraklari etaklovchi avtomobillardan tubdan farq qiladi (ayniqsa sirpanchiq yo‘llarda). Shuning uchun haydovchilardan avtomobil boshqarishning o‘zgacha usullarini qo‘llashni taqozo etadi. Bu oldingi g‘ildiraklarga tortish kuchining mavjudligi va avtomobil umumiy og‘irligining sezilarli qismi to‘g‘ri kelishi bilan bog‘liq. Bunday xususiyatlar avtomobilning etarli bo‘lmagan boshqaruvchanlik xususiyatining ancha oshishiga sabab bo‘ladi. Burovchi moment va vertikal yuk bilan yuklangan shina yonlanma kuch ta’sirida toyishiga yomon qarshilik ko‘rsatadi. To‘g‘ri yo‘lda harakatlanganda, hatto yo‘l sirpanchiq bo‘lganda ham avtomobil yon tomonga surilmasdan harakatlanadi. Bunga etaklovchi g‘ildiraklarda qo‘yilgan burovchi moment va avtomobilning oldingi qismini dvigatel bilan yaxshi yuklanganligi uchun shunday natijaga erishiladi.

To‘g‘ri yo‘lga burilishga kirishdan oldin tezlikni ancha kamaytirish lozim. Burilishga kirgandan keyin tezlik kamaytirilsa, avtomobilning yon tomonga surilishi tezda oshib ketadi va uni rul chambaragini burish bilan to‘g‘rilab bo‘lmasligi mumkin. Gap shun- daki, tezlikni kamaytirish uchun drossel to‘sgichini yopish amalda dvigatel orqali tormozlash demakdir. Bundan tashqari, avtomobil massasining qayta taqsimlanishi natijasida orqa g‘ildirak- larning yuki kamayishi hisobidan ularning yon tomonga surilishi keskin oshib, avtomobilni vertikal o‘q atrofida aylantirishi mumkin. Shuning uchun haydovchi burilishga kirishdan oldin tezlikni kamaytirishi kerakligini unutmaslik kerak. Mabodo burilishi paytida yon tomonga surilish vujudga kelganda tezlikni kamaytirmasdan surilish tomonga rul chambaragini burib, surilishining oldini olish mumkin.
Ikkinchi usulda avtomobil tezligini avvalgisidan bir oz oshirsa, oldingi g‘ildiraklar orqa g‘ildiraklarni «tortib» surilishdan olib chiqadi. Bunda rul chambaragini burishga ehtiyoj qolmaydi. Mabodo surilish juda katta bo‘lsa tezlikni oshirish bilan birga surilish tomonga rul burchagini burish kerak. Buri- lishda tezlikni oshirishga juda ehtiyot bo‘lish kerak, agar oldinga etaklovchi g‘ildiraklarga qo‘yilgan tortish kuchi g‘ildirakning yo‘l bilan tishlatish kuchidan oshsa, oldingi g‘ildirakning markazdan qochma kuch ta’sirida yonga surilishi boshlanadi. Bunda avtomobil haydovchi bergan burilish yo‘nalishidan kattaroq traektoriyada harakat qiladi. Haydovchining bunda rul chambaragini burib, yo‘nalishni to‘g‘rilashga urinishi natija bermaydi. Chunki g‘ildiraklar yo‘l bilan tishlashmaganligi tufayli avtomobil yo‘nalishiga ta’sir eta olmaydi. G‘ildiraklar bilan yo‘l orasida tishlashish kuchini tiklash uchun drossel yopgichni biroz yopish kifoya.
Yuqorida bayon etilganlarga asosan, oldingi g‘ildiraklari etaklovchi avtomobil haydovchisiga quyidagilarni tavsiya etish mumkin:

    • birinchidan, to‘g‘ri yo‘lda harakatlanganda avtomobil tezligini taxminiy emas, spidometr ko‘rsatishi bo‘yicha nazorat qilish kerak;

    • ikkinchidan, burilishga yaqinlashgan sari tezlikni shu darajada kamaytirish kerakki, toki zarurat bo‘lganda uni oshirish, g‘ildirak bilan yo‘l orasidagi tishlashish kuchidan tortish kuchini oshirmaslik lozim;

    • uchinchidan, yonlanma surilish vujudga kelganda drossel yopmasdan harakat yo‘nalishini rul chambaragi yoki tortish kuchini oshirish bilan surilishni bartaraf etish kerak;

    • to‘rtinchidan, oldingi g‘ildirak yonga surilganda drossel zas- lonkasini keskin bosmasdan yoki rul chambaragi bilan keskin hara katlar qilmasdan ko‘rib o‘tgan usullardan birini qo‘llash kerak.

Avtomobillarni burilishlarda harakatlanganda qatnov qismi- da 5-7 mm balandlikda suv bo‘lsa, avtomobil harakatlanish traek- toriyasidan chiqib boshqarilmaydigan bo‘lishi mumkin. Harakatlanish tezligi oshganda suvning g‘ildirak ostidan siqib chiqarishga qarshiligi oshadi. Suv etaklovchi g‘ildirak oldiga to‘lqin shaklida to‘planib, uni yo‘l qoplamasi sathidan ko‘tarishga intiladi. Kritik tezlikda harakatlanganda suvni siqib chiqarish qarshiligi shinaning vertikal yuklanishiga teng bo‘ladi va u yo‘l qoplamasida uzilib, suv chang‘isi kabi suzadi, orqa g‘ildirak esa suvni to‘la siqib chiqaradi va yo‘l qoplamasidan harakatlanadi.
Bu holatda avtomobil boshqarilmaydigan bo‘ladi. Ishchi tormoz tizimining effektivligi 2 baravarga kamayib, tormoz yo‘li esa 1,5 baravarga oshadi. Shuning uchun gidrosirpanish deb qattiq silliq yo‘l qoplamasida oldingi etaklovchi g‘ildirakning yupqa suv qatlamida sirpanishiga aytiladi.
Avtomobilning buriluvchanligi tezlik kamayganda tiklanadi. Hozirgi zamon engil avtomobillarida bu holat tezlik soatiga 65 km dan 85 km bo‘lgangacha kuzatiladi. Yuk avtomobillarida avtobuslarda gidrosirpanish vujudga kelmaydi. Gidrosirpanish shuning uchun ham xavfliki, u cheklangan tezlikdan past tezlikda harakatlanganda va avtomobil harakatlanish yo‘nalishi o‘zgartirganda vujudga keladi. Gidrosirpanish yo‘l qoplamasi g‘adir-budur bo‘lganda vujudga kelmaydi.
Avtomobillarning foydalanish ko‘rsatkichlaridan yana biri ularning shovqinlik darajasidir. Avtomobil, traktor, mototsikllardan chiqadigan shovqin asabni taranglaydi, haydovchining ish unumdorligini pasaytiradi, dam olishga to‘siqlik qiladi, ko‘rish faoliyatini yomonlashtiradi, e’tiborni susaytirib, har xil kasalliklarni paydo qiladi. Bu holatlarning harakatlanish xavfliligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi bor.
Avtotransport vositalarida shovqinning asosiy manbai dvigatel va u ishlab chiqaradigan gazlar hisoblanadi. Ammo umumiy shovqinni hosil qilishida g‘ildirakning ishi, dvigatel, mexanizm va tizimlari, transmissiyasi, yuk avtomobilidagi yuk va boshqalar qatnashadi.
Talablarga ko‘ra, avtomobil shovqini 7,5 m masofada 88 db (ditseball)dan oshmasligi kerak. Davlat standarti yo‘l qo‘yadigan shovqin darajasi transport vositasi elementlarini loyihalashda o‘z echimini topadi. Ammo undan foydalanish jarayonida texnik holatning o‘zgarishi natijasida shovqin miqdori me’yoridan oshib ketishi mumkin. Bunday paytlarda texnik xizmat ko‘rsatish va remont qilish zarur.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin