Konstruktiv xavfsizlik – bu transport vositalarining ishlash jarayonida atrof-muhitga, harakat qatnashchilariga zarar etkazishni yo‘qotish, shuningdek YTH og‘irlik darajasini pasaytirish qobiliyatiga aytiladi.
Transport vositalarining konstruktiv xavfsizligi quyidagilarga bo‘linadi:
faol;
sust;
avariyadan keyingi;
ekologik xavfsizlik.
Faol xavfsizlik – transport vositasining yo‘l-transport hodisasini oldini olish (uning vujudga kelish ehtimolini kamaytirish) xususiyatlaridir. Faol xavfsizlik haydovchining transport vositasini (YTH boshlang‘ich davriga to‘g‘ri keladi) harakatlanish xarakterini o‘zgartirishga qodir bo‘lgan davrda vujudga keladi.
Sust xavfsizlik – transport vositasining YTH oqibatlari og‘irliklarini kamaytiruvchi xususiyatidir. Sust xavfsizlik haydovchi xavfsizlik tadbirlarini ko‘rishiga qaramasdan avtomobilning harakatlanish xarakterini o‘zgartira olmaydigan va falokatni bartaraf qila olmaydigan (YTH kulminatsion davri) davrda vujudga keladi. Sust xavfsizlik ichki sust va tashqi sust xavfsizliklarga bo‘linadi.
Ichki sust xavfsizlik – transport vositasining ichidagi hay- dovchi va yo‘lovchilarning shikastlanmasliklari bo‘yicha xavfsizliklarini oshirish va hayotlarini saqlab qolish hamda yuklarni saqlashni ta’minlash bo‘yicha konstruktiv xususiyatini belgilaydi. Tashqi sust xavfsizlik – harakatlanishning boshqa qatnashchilari uchun YTH oqibatlari og‘irliklarini kamaytirish qobiliyati-
dir.
Halokatdan keyingi xavfsizlik – transport vositasining YTH to‘xtagandan keyin (YTH so‘nggi yakuniy davri) uning oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish xususiyati (ya’ni avtomobilning yonib ketishi, harakatlanishning boshqa qatnashchilarini urib yuborishi va h.k.).
Ekologik xavfsizlik – transport vositasining normal foydalanish jarayonida atrofmuhitga va harakatlanishning qatnashchilariga salbiy ta’siri darajasini kamaytiruvchi xususiyatlari. Ekologik xavfsizlik yuqoridagi transport vositalarining xavfsizligi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Transport vositalarining xavfsizlik tarkibida yuzaga keladi- gan 3 ta turdagi xavfsizlikdan farqli ravishda, transport vositasining kundalik ishi davomida namoyon bo‘ladi. Harakatlanish xavfsizligini ta’minlash uchun avtomobil yo‘llariga foydalanish uchun chiqarilayotgan barcha transport vositalari ularning kattaliklari va massasini chegaralovchi talablarga javob berishi shart. Transport vositalarining geometrik parametrlari harakatlanish xavfsizligiga katta ta’sir ko‘rsatishini hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi hududida Vazirlar Mahkamasining 1995 yil
11 yanvardagi 11-sonli qaroriga binoan quyidagi eng katta yo‘l qo‘yiladigan kattaliklar qabul qilingan: gabarit kengligi 2,5 m, gabarit uzunligi, shundan: yakkaavtomobil 12 m, tirkama yoki yarimtirkamalityagach 20 m, avtopoezd va g‘ildiraklitraktorpoezd 24 m, gabarit balandlik 4 m, avtomobil yoki avtopoezdning o‘qiga tushadigan og‘irlikning eng ko‘p miqdori 10 t avtotransport vositasining maksimal og‘irligi 40 t.
O‘zbekiston Respublikasida foydalanishdagi qurilish me’yoriy qoidalariga asosan barcha yo‘llarda harakatlanadigan avtomobillar ikkita – A va B guruhga ajratilgan.
A guruhidagi avtomobillardan faqat mujassamlashgan kapital qoplamali yo‘llarda foydalanish mumkin. Unda o‘qqa tushadigan og‘irlikning eng ko‘p miqdori 100 Kn, ikkita juftlashgan ko‘prikka ega avtomobillarda esa 180 Kn ni tashkil etadi.
B guruhdagi transport vositalari har qanday turdagi yo‘llarda ishlay oladi. O‘qqa tushadigan og‘irlik ularda 60 Kn ga teng biroq, ikkita juftlashgan ko‘prikka 110 Kn dan oshmasligi lozim.