3 amaliy dars. Shaharlarda avtotransport vositalaridan foydalanish ko‘rsatkichlari



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə10/12
tarix02.10.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#151583
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
3- amaliy dars

Rtish=G a *.
Izoh: Bunda, Rtish – tishlashish kuchi; – tishlashish koeffitsienti;
Ga – avtomobilning og‘irlik kuchi.
Tishlashish koeffitsienti yo‘l va shina holatini belgilaydi. Yo‘lning g‘adir-budurligi oshganda tishlashish koeffitsienti oshadi. Ishlatilgan shinaga nisbatan yangisining yo‘l bilan tishlashish koeffitsienti katta bo‘ladi.
Tishlashish koeffitsientining kattaligiga quyidagi faktorlar orqali belgilanadi:

    • shinadagi bosim;

    • harakatlanish tezligi;

    • yo‘l qoplamasining ho‘lligi;

    • shina va yo‘l harorati.

Avtomobilni tormozlashda xavfsizlik va mumkin bo‘lgan eng katta tortish kuchi yo‘l bilan g‘ildirakning tishlashishiga bog‘liq bo‘ladi.
Agar tortish kuchi tishlashish kuchidan kam bo‘lsa, etaklovchi g‘ildiraklar o‘rniga aylanmasdan dumalaydi. Agar etaklovchi g‘ildiraklardagi tortish kuchi tishlashish kuchidan katta bo‘lib ketsa, avtomobilning etaklovchi g‘ildiraklari o‘z joyida aylanib harakatlanishi mumkin.
Tishlashish koeffitsienti yo‘l qoplamasining tipi va holatiga bog‘liq bo‘ladi. Qattiq qoplamali yo‘llarda tishlashish koeffisienti qiymati shina va yo‘lning mikronoteksliklari orasidagi ishqalanishga asoslangan bo‘ladi. Qattiq qoplama namlanganda tishlashish koeffitsienti sezilarli kamayadi. Bu tuproq mayda zarrachalari va suv aralashmasidan hosil bo‘lgan plyonkadan bo‘ladi. Plyonka ishqalash yuzalarini ajratib, shina va qoplamaning o‘zaro hamkorligini susaytiradi, natijada tishlashish koeffitsienti kamayadi. Yo‘lda shinaning sirpanishida ularning kontakt zonasida elementar gidrodinamik pona hosil bo‘lishi mumkin, u protektorning qoplamadan ko‘tarilishiga olib keladi. Bunday joyda shina va yo‘lning kontaktini suyuqlik ishqalanishi almashtirib, tishlashish koeffitsienti eng kam ko‘rsatkichda bo‘ladi. Deformasiyalanadigan yo‘llarda tishlashish koeffitsienti tuproq xususiyatiga bog‘liq. Etaklovchi g‘ildirak protektori chiziqlari tuproqqa botib, yo‘l bilan g‘ildirakning yaxshi tishlashishini ta’minlaydi.
Tishlashish koeffitsienti qiymatiga, shuningdek, shina protektorining naqshlari ham ta’sir qiladi. Engil avtomobillar shinalari mayin naqshli bo‘ladi. U qattiq qoplamali yo‘llarda yaxshi tishlashishni ta’minlaydi.
Yuk avtomobillari va yuqori o‘tuvchanlikka ega bo‘lgan avtomobillar shinalarining protektor naqshlari yirik va baland bo‘ladi. Bunday yirik va baland naqshlar tuproqli yo‘llarda tuproqqa kirib, yo‘l bilan tishlashishni yaxshilaydi.
Tishlashish koeffitsienti qiymati shinaning yo‘lga nisbatan sirpanish tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Dumalamasdan sirpanish (g‘ildirak blokirovka bo‘lib qolishi) paytida tishlashish koeffisienti taxminan 15%ga kamayadi. Shuning uchun g‘ildirak aylanib turganda blokirovka arafasida tormozlash blokirovka bilan tormozlangandan ancha unumli bo‘ladi. Shuning uchun hozirgi paytda zamonaviy avtomobillarning tormoz tizimida albatta ABS (antiblokirovachnoe sistema)lar, ya’ni g‘ildiraklarni sirpanishdan oldini oluvchi qurilmalar o‘rnatiladi.
Shinaning yo‘l bilan tishlashishi harakatlanish xavfsizligi nuqtai nazaridan juda katta ahamiyatga ega. U sirpanishsiz harakatlanganda tormozlash mumkinligi va uning shiddatini belgilaydi.
Sirpanchiq yo‘llarda tishlashish koeffitsientining etarli bo‘lmagani yo‘l-transport hodisalarining asosiy sababi hisoblanadi.
Yonlanma (ko‘ndalang) tishlashish koeffitsienti xuddi shunday faktorlarga bog‘liq bo‘ladi (odatda uni 0,7 deb qabul qiladilar).
Tishlashish koeffitsienti etarli bo‘lmagani o‘rtacha 16%, noqulay yil fasllarida 70%gacha yo‘l-transport hodisalarining sababchisi bo‘ladi.
Yo‘l qoplamalarining sirpanchiq bilan kurashi xalqaro komis siya tomonidan harakatlanish xavfsizligini ta’minlaydigan tishlashish koeffitsienti 0,4dan kam bo‘lmasligi belgilangan.
Mototsikllarning harakati ham, tortish kuchi va harakatlanishga qarshilik ko‘rsatuvchi kuch va inersiya kuchi ta’siri ostida bo‘ladi. Ular orasidagi munosabat xuddi shu harakatlanish muvozanati tenglamasi bilan ifodalanadi. Masalan, avtomobilga ko‘ndalang kuch ta’sir etganda, u stabilizatsiya momenti vujudga kelishi uchun o‘z turg‘unligini saqlab qoladi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin