3 amaliy dars. Shaharlarda avtotransport vositalaridan foydalanish ko‘rsatkichlari



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə9/12
tarix02.10.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#151583
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
3- amaliy dars

Ru =Ga / q * j.
Izoh: Bunda: q – erkin tushish tezlanishi; J – avtomobil tezlanishi.
Avtomobilning umumiy ish vaqtiga nisbatan uning tekis harakatlanish vaqti juda kam. Masalan, shahar sharoitida harakatlanganda avtomobil 15-25% vaqt tekis harakatlanadi. 35-40% vaqt tezlikni oshirishga va 30-40% vaqt avtomobilni g‘ildiratib harakatlantirish yoki tormozlanishga sarflanadi.
Avtomobilni o‘rnidan qo‘zg‘atish va tezlikni oshirishda tezlanish musbat, tormozlanganda yoki sekinlanganda manfiy bo‘ladi. Shuningdek, avtomobil burilishda harakatlanganida ham inersiya kuchi vujudga keladi. Bunda u ko‘ndalang yo‘nalishda burilish markazidan yo‘nalgan bo‘ladi va tezlik oshganda yoki burilish radiusi kamayganda oshib, ko‘ndalang inersiya kuchi vujudga keladi. Bunda esa u ko‘ndalang yo‘nalishda burilish markazidan yo‘nalgan bo‘ladi va tezlik oshganda yoki burilish radiusi kamayganda oshadi, ko‘ndalang inersiya kuchi avtomobil harakatlanish tezligiga uncha ta’sir etmaydi.
Avtomobil harakatlanish jarayonida inersiya kuchi tezlanish o‘zgarishiga qarab o‘zgaradi. Avtomobil tezligini oshirishda inersiya kuchini engish uchun tortish kuchining bir qismi sarflanadi. Lekin tezlikni oshirishdan keyin avtomobil g‘ildirash bilan harakat qilsa yoki tormozlanganda inersiya kuchi avtomobil harakat yo‘nalishi bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi, ya’ni u harakatlantiruvchi kuchga aylanadi. Ayrim murakkab yo‘l qismlaridan o‘tishda buni e’tiborga olib, oldindan avtomobil tezligini oshirish bilan o‘tish mumkin. Avtomobil ish jarayonida harakatlanish sharoiti uzluksiz o‘zgarib turadi. Masalan, yo‘l qoplamasi turi va holati, nishablik miqdori va yo‘nalishi, shamol kuchi va yo‘nalishi avtomobil tezligining o‘zgarishiga olib keladi. Hatto eng qulay sharoitda avtomobil tezligini va tortish kuchini uzoq muddatga o‘zgartirmasdan saqlab turish kamdan-kam uchraydi.
Harakatlanish tezligiga qarshilik kuchlari bilan birga juda ko‘p boshqa faktorlar ham ta’sir qiladi. Bularga quyidagilar kiradi:

Murakkab yo‘l sharoitida barcha qarshilik ko‘rsatuvchi kuchlar yig‘indisi tortish kuchidan oshishi mumkin. Bunda avtomobilni harakati sekinlashish bilan bo‘ladi. Agar haydovchi kerakli choralarni ko‘rmasa (gaz pedalni bosishni kuchaytirishi) avtomobil to‘xtashi mumkin.
Avtomobilni harakatlantirish uchun uning g‘ildiraklari yo‘l bilan tishlashishi kerak. Tishlashish kuchi avtomobil massasi, yo‘l va shina holatiga bog‘liq bo‘ladi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin