3-bob. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi xodimlarining malaka tavsiflari 23-§. Tuman (shahar ) maktabgacha ta’lim bo’limi mudiri lavozimning malaka tavsiflari



Yüklə 255,81 Kb.
səhifə2/14
tarix02.06.2023
ölçüsü255,81 Kb.
#122514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
MTB lavozim yo\'riqnoma lotin

Tanishdim Z.A.Umarova

Maktabgacha ta’lim bo’limining


2020 yil 21 dekabrdagi
86 -son buyrug’iga
Ilova
24-§. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi mudiri o’rinbosari
lavozimining malaka tavsiflari


Tartib raqami

925

Kasblarning milliy standart
klassifikatori bo’yicha kodi

1210

Xodimlar toifasi

Boshqaruv



  1. Lavozim vazifalari:

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, Xukumat qaror va farmoyishlarini, Maktabgacha ta’limi vazirligi, bo’ysinuviga qarab Qoraqolpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar, tuman hokimlari (keyingi o’rinlarda “Maxalliy hokimiyat organlari” deb yuritiladi), Qoraqolpog’iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalarining qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlarda bo’limga berilgan tegishli topshiriqlar ijrosini to’liq bajarilishini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
bo’limning faoliyatini rejalashtirishda yillik va istiqbol ish rejalari loyixasini ishlab chitsish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yillik ish rejalarini ko’rib chitsish, ularda belgilangan tadbirlarning sifatli ijro etilishini ta’minlash;
bo’lim Kengashi va ishlab chitsarish yig’ilishlarida ishtirok etish hamda ularga bo’lim va maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etilishi yuzasidan taxliliy ma’lumotlarni puxta tayyorlash va muxokamaga kiritish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini attestatsiya va akkreditatsiyadan o’tkazish jarayonini muvifiqlashtirish;
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy metodlar, ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
tuman (shahar)da maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish manfaatlari yo’lida Maxalliy hokimiyat organlari, huquqni muxofaza qiluvchi va jamoat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, jamg’armalar hamda xududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha sektorlar bilan o’rnatilgan tartibda hamkorliklarni amalga oshirish;
bolaning individual extiyojlarini xisobga olgan holda “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o’quv-uslubiy qo’llanmalarini amaliyotga tatbiq etish, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy metodlar, ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining metodik ta’minotini mustaxkamlash bo’yicha o’quv-didaktik materiallar, o’yin, o’yinchoqlar, sport jixozlari va musiqa asboblari bilan jixozlashga bo’lgan extiyojni aniqlash, zarur jixozlar bilan ta’minlash yuzasidan bo’lim mudiriga taklif kiritish;
tashkilotlarda faoliyat ko’rsatayotgan pedagog xodimlarning metodik kengash, metodik uyushma ishlarini tashkillashtirish, turli tanlovlar, ko’rgazmalar, musobaqalar o’tkazish bo’yicha kerakli hujjatlarni ishlab chiqilishini nazorat qilish;
xududdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga metodik raxbarlik, ta’lim-tarbiyaviy ish jarayoniga zamonaviy metodlar, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarni tatbiq etish chora-tadbirlarini amalga oshirilishini ta’minlash;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o’quv-metodik adabiyotlar va materiallar bilan ta’minlash, tashkilotlarda aniqlangan ilg’or ish tajribalar, shu bilan birga xalqaro ish tajribalar asosida yaratilgan muqobil (variativ) dasturlarni ekspertizadan o’tkazish va ommalashtirish bo’yicha boshqarmaga tavsiya etish;
xududda amalga oshiriladigan tajriba-sinov ishlariga raxbarlik qilish, metodik yordam ko’rsatishni ta’minlanishini nazorat qilish;
bo’lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha ishchi guruxlar tuzish, ularga raxbarlik qilish, tajribali mutaxassislarni jalb qilish, maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini o’rganish va metodik amaliy yordam ko’rsatish;
tuman (shahar), viloyat va Respublika miqyosida o’tqazilishi rejalashtirilgan turli o’quv, amaliy, videoseminarlar, davra suxbati, ko’rik-tanlov va tadbirlarni rejalashtirish va ularni o’tqazilishini ta’minlash;.
maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’limga qamrovini oshirish, ayniqsa 6 yoshli bolalarni to’liq; qamrab olish orqali boshlang’ich ta’limga sifatli tayyorlashga doyr ishlarni tashkil etish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarda umumiy asosiy kompetensiyalar va rivojlanish soxalari kompetensiyalarini shakllantirishda zarur metodik ko’rsatmalar berish;
maktabgacha ta’lim tizimida ilg’or ish tajribali tizimni rivojlantirishga o’z hissasini qo’shayotgan xodimlarni Davlat va tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash masalalari bo’yicha bo’lim mudiriga takliflar berish;
tizimdagi xodimlarning o’z funksional vazifalarini tashkiliy-uslubiy jixatdan bajarilishini taxlil qilish hamda ular faoliyatida aniqlangan bo’shliqlarni to’ldirish choralarini ko’rish;
bo’lim mudiri o’rinbosari vakolati doirasida bo’lim xodimlari o’rtasidagi vazifalar taqsimotiga zaruriyatga qarab tegishli o’zgartirishlar kiritishi, ish taqsimoti asosida xodimlarining huquq va majburiyatlarini belgilashi bo’yicha bo’lim mudiriga taklif kiritish;
maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan isloxotlarni keng jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari orqali targ’ibot- tashviqot qilib, yoritib borish;
maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg’or pedagogika va axborot texnologiyalarni joriy etish;
ota-onalar, pedagoglar o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish;
ilg’or tajribalarni o’rganish, umumlashtirish va ularni ommalashtirishga raxbarlik qilish;
bo’lim faoliyatiga tegishli barcha axborotlarni yig’ish, taxlil qilish, xisobotlar tayyorlash va ijro intizomini doimiy nazorat qilish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya-gigiena talablariga, mehnatni muxofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini nazoratga olish.

  1. Bilishi lozim:

Maktabgacha ta’lim tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun- moxiyatini, amaliyotga tatbiq etish yo’llarini;
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi, psixologichen va maktabgacha yoshdagi bolalar fiziologiyasini;
boshqarma bilan faoliyat uzviyligini ta’minlashni;
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi va variativ (muxobil) dasturlari, uxuv-uslubiy qo’llanmalarini amaliyotga tatbiq; etish va uzluksiz takomillashtirib borish yo’llarini;
bo’lim faoliyatini samarali rejalashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirib borishni;
bo’lim xodimlariga yuklatilgan vazifalarning o’z vaqtida, sifatli bajarilishini nazorat qilishni, ularni ma’naviy va moddiy rag’batlantirish, kadrlarni tanlash va joy- joyiga qo’yish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini;
jamoa shartnomasi va ichki mehnat tartibi qoidalarida belgilangan talablarga qat’iy rioya etish hamda jamoada sog’lom raqobatli ma’naviy-muxitni shakllantirish;
sanitariya-gigiena talablariga, mehnat qonunchiligi asoslariga, mehnatni muxofazaqilish, bolalar xayotini muxofazaqilish va sog’lig’ini mustaxkamlash, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni.

  1. Malaka talablari:

kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot (maktabgacha ta’lim yo’nalishidagi kasbiy qayta tayyorlov kurenii o’tagan bo’lsa maqullanadi).
xorijiy tillardan birining boshlang’ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
besh yildan kam bo’lmagan pedagogik staj, ta’lim yoki boshqa soxaning boshqaruv organlarida ishlagan, raxbarlik qobiliyatiga ega bo’lgan ikki yildan kam bo’lmagan ish staji.
Ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo’lganda pedagogik ish staji talab etilmaydi.

Tanishdim



Maktabgacha ta’lim bo’limining
2020 yil 21 dekabrdagi
86 -son buyrug’iga
Ilova

  1. 25-§. Tuman(shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini hamda o’qitishning muqobil shakllarini tashkil etish sho’ba mudiri lavozimining malaka tavsiflari

Tartib raqami

859

Kasblarning milliy standart
klassifikatori bo’yicha kodi

1239

Xodimlar toifasi

Boshqaruv



  1. Lavozim vazifalari:

O’zbekistan Respublikasi qonunlari, O’zbekistan Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, Xukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan Vazirlik, Maxalliy hokimiyat organlarining qarorlari, buyruqlari, Bo’lim mudiri topshiriqlari ijrosini to’liq bajarilishini ta’minlash;
sho’ba faoliyatini rejalashtirish, yillik va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqilishiga raxbarlik qilish, ularni boshqarmaning umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtirish, ularda belgilangan tadbirlarning sifatli ijro etilishini ta’minlash;
sho’ba vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha boshqarmaning buyruq, xat va hujjatlari loyixalarini tayyorlash va raxbariyatga imzoga kiritish;
davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etilishi yuzasidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlash;
boshqa sho’balar bilan faoliyat uzviyligini ta’minlash, sho’ba faoliyatiga doyr ma’lumotlar hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga oid axborotlarni yig’ish, taxlil qilish, xisobotlar tayyorlash va raxbariyatga kiritish;
maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’limga qamrovini oshirish, ayniqsa 6 yoshli bolalarni to’liq qamrab olish orqali boshlang’ich ta’limga sifatli tayyorlash choralarini ko’rilishini ta’minlash;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruxlar faoliyatini tashkil etish, boshlang’ich ta’limga tayyorlash bo’yicha metodik yordam ko’rsatish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo’shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil etishda metodik maslaxatlar berish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish va chiqarish xisobini olib borilishini nazorat qilish;
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o’quv-uslubiy qo’llanmalarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan yaratilgan shart- sharoitlarni nazorat qilish;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limlariga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning metodik kengash, metodik uyushma ishlarini tashkillashtirish, turli tanlovlar, ko’rgazmalar, musobaqalar o’tkazish bo’yicha Nizom va kerakli hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglarini ta’lim-tarbiya jarayonida ilg’or pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish bo’yicha metodik tavsiya, qo’llanmalar bilan ta’minlanishida yordam berish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ta’lim-tarbiya berishda kompetensiyaviy yondashuvni tashkil etish, ularni har tomonlama intellektual, ma’naviy- estetik va jismoniy rivojlantirish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish hamda maktabgacha ta’lim soxasiga oid normativ-hujjatlarga rioya etilishini ta’minlash;
barcha turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati bo’yicha tuman kengashiga hujjatlar tayyorlash va muxokamaga kiritish, qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta’minlash;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavqeyini ko’tarishda jamoatchilik tashkilotlari bilan hamkorlik ishlarini yo’lga qo’yish;
ommaviy axborot vositalarida tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi va tashkilotlari faoliyatini, tizimda amalga oshirilayotgan isloxotlarni targ’ib qilib borish;
o’z yo’nalishi bo’yicha tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini reytingini aniqlash jarayonida ishtirok etish, ularni taxlil qilish hamda tegishli xulosalar tayyorlash va ularga metodik yordam ko’rsatish;
o’z yo’nalishi bo’yicha maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirishga oid ta’lim- tarbiya jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish va ta’lim jarayoniga tatbiq etish borasida seminar, ko’rik-tanlov va boshqa tadbirlarni tashkil etish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyixalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
maktabgacha ta’lim mutaxassislarining kasbiy maxoratini oshirish chora-tadbirlarini belgilash va uni amalga oshirish yuzasidan metodik maslaxat va ko’rsatmalar berish;
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan uzviy aloqada bo’lish, metodik yordam ko’rsatish hamda ular tomonidan ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablarining bajarilishini nazorat qilish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid ilg’or tajribalarni aniqlash, o’rganish hamda ommalashtirish;
o’ziga berilgan vakolatlar doirasida sho’baga kelib tushgan xat, ariza va shikoyatlar hamda murojaatlarni belgilangan tartibda ko’rib chiqish, murojaatlarda ko’tarilgan masalalarni xal etish choralarini ko’rish;
o’rnatilgan tartibda sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiena talablariga, mehnatni muxofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni ta’minlash.

  1. Bilishi lozim:

Maktabgacha ta’lim tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun- mohiyatini, amaliyotga tatbiq; etish yo’llarini;
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi, psixologiyasi va maktabgacha yoshdagi bolalar fiziologiyasini;
boshqarma bilan faoliyat uzviyligini ta’minlashni;
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o’quv-uslubiy qo’llanmalarini amaliyotga tatbiq etish va uzluksiz takomillashtirib borish yo’llarini;
sho’ba faoliyatini samarali rejalashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatlarini muvofiqlashtirib borishni;
bo’lim xodimlariga yuklatilgan vazifalarning o’z vaqtida, sifatli bajarilishini nazorat qilishni, ularni ma’naviy va moddiy rag’batlantirish, kadrlarni tanlash va joy- joyiga qo’yish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini;
jamoa shartnomasi va ichki mehnat tartibi qoidalarida belgilangan talablarga qat’iy rioya etish hamda jamoada sog’lom raqobatli ma’naviy-muxitni shakllantirish;
sanitariya-gigiena talablariga, mehnat qonunchiligi asoslariga, mehnatni muxofaza qilish, bolalar xayotini muxofaza qilish va sog’lig’ini mustaxkamlash, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni.

  1. Malaka talablari:

maktabgacha ta’lim yoki psixologiya yo’nalishlari bo’yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot;
xorijiy tillardan birining boshlang’ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
uch yildan kam bo’lmagan pedagogik ish staji.

Tanishdim R.Begimqulov


Maktabgacha ta’lim bo’limining


2020 yil 21 dekabrdagi
86 -son buyrug’iga
Ilova

26-§. Tuman(shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini hamda o’qitishning muqobil shakllarini tashkil etish sho’ba metodisti lavozimining malaka tavsiflari

Tartib raqami

1718

Kasblarning milliy standart
klassifikatori bo’yicha kodi

2341

Xodimlar toifasi

Mutaxassis



  1. Lavozim vazifalari:

O’zbekistan Respublikasi qonunlari, O’zbekistan Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, Xukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan Vazirlik, Maxall i y hokimiyat organlarining qarorlari, buyruqlari, Bulyam mudiri va sho’ba mudiri tomonidan berilgan topshiriqlari ijrosini to’liq bajarilishini ta’minlash;
Sho’ba faoliyatini rejalashtirishda ko’maklashish, yillik va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqilishida takliflar berish, ularda belgilangan tadbirlarning sifatli bajarilishini ta’minlash;
Sho’ba vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha bo’limning buyruq, xat va hujjatlari loyixalarini tayyorlash va sho’ba mudirigataqdimetib borish;
Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etilishi yuzasidan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga metodik va amaliy yordam ko’rsatish;
Boshqa sho’balar bilan faoliyat uzviyligini ta’minlash, sho’ba faoliyatiga doyr ma’lumotlar hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga oid axborotlarni yig’ish, taxlil qilish, xisobotlar tayyorlash va raxbariyatga kiritish;
Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’limga qamrovini oshirish, ayniqsa 6 yoshli bolalarni to’liq qamrab olish orqali boshlang’ich ta’limga sifatli tayyorlash choralarini ko’rilishini ta’minlash;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruxlar faoliyatini tashkil etish, boshlang’ich ta’limga tayyorlash bo’yicha metodik yordam ko’rsatish;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish va chikarilishini xisobini olib borilishini nazorat qilish;
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o’quv-uslubiy qo’llanmalarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan yaratilgan shart- sharoitlarni nazorat qilish;
ilg’or tajribali pedagoglarga metodik tavsiya va qo’llanmalarni yaratishda metodik yordam ko’rsatish;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ta’lim-tarbiya berishda kompetensiyaviy yondashuvni tashkil etish, ularni har tomonlama intellektual, ma’naviy- estetik va jismoniy rivojlantirish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish hamdamaktabgacha ta’lim sohasiga oid normativ-hujjatlarga rioya etilishini ta’minlash;
barcha turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati bo’yicha tuman kengashiga hujjatlar tayyorlash va muhokamaga kiritish, qabul qilingan kdrorlarning bajarilishini ta’minlash;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavqeyini ko’tarishda jamoatchilik tashkilotlari bilan hamkorlik ishlarini yo’lga qo’yish;
uz yo’nalishi bo’yicha maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirishga oid ta’lim- tarbiya jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish va ta’lim jarayoniga tatbiq etish borasida seminar, ko’rik-tanlov va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun shart-sharoitlar yaratilishi hamdamoddiy-texnik bazasini mustax,kamlash bo’yicha bo’lim mudiriga takliflar kiritish;
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan uzviy aloqada bo’lish, metodik yordam ko’rsatish hamdaular tomonidan ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablarining bajarilishini nazorat qilish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid ilg’or tajribalarni anitslash, o’rganish hamdaommalashtirish;
o’ziga berilgan vakolatlar doirasida sho’baga kelib tushgan xat, ariza va shikoyatlar hamdamurojaatlarni belgilangan tartibda ko’rib chiqish, murojaatlarda ko’tarilgan masalalarni hal etish choralarini ko’rish;
o’rnatilgan tartibda sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiena talablariga, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni ta’minlash.

  1. Bilishi lozim:

Maktabgacha ta’lim tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun- mohiyatini, amaliyotga tatbiq etish yo’llarini;
maktabgacha ta’lim pedagogikasi, psixologichen va maktabgacha yoshdagi bolalar fiziologiyasini;
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” hamda“Ilk qadam” davlat o’quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o’quv-uslubiy qo’llanmalarini amaliyotga tatbiq etish va uzluksiz takomillashtirib borish yo’llarini;
sho’ba faoliyatini samarali rejalashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatlarini muvofiqlashtirib borishni;
maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish manfaatlari yo’lida maxalliy hokimiyat organlari, jamoat tashkilotlari, ijodiy uyushmalari bilan o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish usullarini;
jamoa shartnomasi va ichki mehnat tartibi qoidalarida belgilangan talablarga qat’iy rioya etish hamdajamoada sog’lom raqobatli ma’naviy-muhitni shakllantirish;
sanitariya-gigiena talablariga, mehnat qonunchiligi asoslariga, mehnatni muhofaza qilish, bolalar xdyotini muhofaza qilish va sog’lig’ini mustax,kamlash, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni.

  1. Malaka talablari:

Maktabgacha ta’lim yoki psixologiya yo’nalishlari bo’yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot;
xorijiy tillardan birining boshlang’ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
uch yildan kam bo’lmagan pedagogik ish staji.

Tanishdim: Sh.Ibragimov



Maktabgacha ta’lim bo’limining
2020 yil 21 dekabrdagi
86 -son buyrug’iga
Ilova
27-§. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi Davlat-xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish sho’ba mudiri lavozimining malaka tavsiflari

Tartib raqami

859

Kasblarning milliy standart
klassifikatori bo’yicha kodi

1239

Xodimlar toifasi

Boshqaruv



  1. Lavozim vazifalari:

O’zbekistan Respublikasi Qonunlari, O’zbekistan Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, Xukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida Bo’lim mudiri tomonidan o’ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to’liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;
sho’baning yillik rejasini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda davlat-xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini monitoring qilib borish;
Bo’limning Kengashi, ishlab chiqarish yig’ilishlarida ishtirok etish, davlat-xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo’yicha ma’lumotlar tayyorlash va muhokamaga kiritish;
O’z yo’nalishi bo’yicha statistik ma’lumotlarni yig’ish, umumlashtirish, bo’lim rahbariyati va boshqarmaga taqdim etib borish;
davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishga doyr me’yoriy-huquqiy hujjatlarni joylarga etkazish va ijrosini nazorat qilib borish;
davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish yuzasidan maxalliy davlat hokimiyat organlari, moliya bo’limi, iqtisodiyot bo’limi bilan hamkorlik qilish;
tuman (shahar) xududida maktabgacha ta’limga bo’lgan ehtiyojni aniqlash va davlat- xususiy sherikchilik hamdaboilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmogini kengaytirish choralarini ko’rish;
maktabgacha ta’limda bolalar qamrovini oshirishni amalga oshirish;
xududdagi davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorlarning ro’yxatini shakllantirish;
davlat-xususiy sherikchilik hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorlar bilan ishlash, hujjatlarni tayyorlashda metodik yordam ko’rsatish;
oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorlarga yakka tartibdagi tadbirkorlik bo’yicha ruxsatnomalar olishda o’rnatilgan tartibda ko’maklashish;
davlat-xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorlarning sherikchilikning qaysi turi bo’yicha tashkilot tashkil etishlari bo’yicha takliflarini o’rganish, ularni davlat sherigi bilan bitim tuzishida ko’maklashish;
xususiy sherik tomonidan davlat-xususiy sherikchiligi to’g’risidagi bitimda nazarda tutiladigan majburiyatlarni bajarilishini nazorat qilish;
davlat-xususiy sherikchilik asosidagi tashkilotlari faoliyatini bitimdagi amal ko’rsatishini nazorat qilish;
davlat-xususiy sherikchilik asosidagi tashkilotlari faoliyatini to’liq nazorat qilish va ta’lim-tarbiya jarayoni va metodik faoliyatni tashkil etishda amaliy metodik yordam ko’rsatish;
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o’quv-uslubiy qo’llanmalarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan yaratilgan shart- sharoitlarni nazorat qilish;
davlat-xususiy sherikchilik hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini maktabgacha ta’lim tizimidagi normativ-huquqiy hujjatlar va Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiena normalari asosida faoliyat yuritishini nazorat qilish;
davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun davlat byudjetidan ajratilgan subsidiyalardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;
o’z yo’nalishi bo’yicha bo’limga kelgan hujjatlarning ijrosini ta’minlash;
davlat-xususiy sherikchilik hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etish istagini bildirib va shu yo’nalish bo’yicha qilingan murojaat va takliflarni o’rganib chiqish, fuqarolarni qabul qilish va murojaatlarni hal etish choralarini ko’rish.

  1. Bilishi lozim:

maktabgacha ta’limiga oid normativ-huquqiy hujjatlarini va ularning mazmun mohiyatini, amaliyotga tatbiq etishni;
davlat-xususiy sherikchilik asosida faoliyatni tashkil etishga doyr barcha me’yoriy hujjatlarni;
maktabgacha ta’lim pedagogikasi, psixologiyasi va maktabgacha yoshdagi bolalar fiziologiyasini;
sho’ba faoliyatini rejalashtirish va muvofiqlashtirib borishni;
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o’quv-uslubiy qo’llanmalarini amaliyotga tatbiq etishni;
o’ziga yuklatilgan vazifalarga kasbiy kompetensiyaviy yondashishni;
ilg’or pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq etish metodlarini, jamoada qulay psixologik muhit yaratishni;
mavjud axborot manbalaridan foydalana olishi (internet, televizor, radio, telefon, elektron pochta va x);
maktabgacha ta’limga oid sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muxofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalarini, bolalar hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish yo’riqnomasini.

  1. Malaka talablari:

O’z yo’nalishi (iqtisodiy, moliyaviy, muhandislik, yurisprudensiya) bo’yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot;
xorijiy tillardan birining boshlang’ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
uch yildan kam bo’lmagan ish staji.

Tanishdim: S.Xolboyev



Maktabgacha ta’lim bo’limining
2020 yil 21 dekabrdagi
86 -son buyrug’iga
Ilova
28-§. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi Davlat-xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish sho’ba metodisti lavozimining malaka tavsiflari

Tartib raqami

1718

Kasblarning milliy standart
klassifikatori bo’yicha kodi

2341

Xodimlar toifasi

Mutaxassis



  1. Lavozim vazifalari:

O’zbekistan Respublikasi Qonunlari, O’zbekistan Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, Xukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan vazirlik qarorlari, buyrutslari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida Bo’lim mudiri hamdasho’ba mudiri tomonidan o’ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to’liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;
bo’limning Kengashi, ishlab chitsarish yig’ilishlarida ishtirok etish, davlat-xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo’yicha ma’lumotlar tayyorlash va sho’ba mudiriga kiritish;
xududdagi davlat-xususiy sherikchilik hamdaoilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorlar bilan tushuntirish ishlarini olib borish;
davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamdaoilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorlar bilan ishlash, hujjatlarni tayyorlashda metodik yordam ko’rsatish;
oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorlarga yakka tartibdagi sux,batlar asosida tushuntirish ishlari olib borish;
tumandagi davlat-xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorlarning sherikchilikning qaysi turi bo’yicha tashkilot tashkil etishlari bo’yicha takliflarini o’rganish, ularni davlat sherigi bilan bitam tuzishida uchun ko’maklashish choralari xakida sho’ba mudiriga yozma ma’lumot berib borish;
davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamdaoilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishga doyr me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tartibga solish borasida tadbirkorlarga amaliy yordam berish;
bo’limning tegishli sho’balari bilan birgalikda faoliyat uzviyligini ta’minlash;
davlat-xususiy sherikchilik hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini bitimdagi amal qilish muddatiga muvofiq faoliyat ko’rsatishini o’rganib borish;
davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini maktabgacha ta’lim tizimidagi normativ-huquqiy hujjatlar va Soglitsni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiena normalari asosida faoliyatini o’rganib chiqish;
davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun davlat byudjetidan ajratilgan subsidiyalardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish va uz yo’nalishi bo’yicha bo’limga kelgan hujjatlarning ijrosini ta’minlash;
davlat-xususiy sherikchilik hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etish istagini bildirib va shu yo’nalish bo’yicha qilingan murojaat va takliflarni o’rganib chiqish, fuqarolarni qabul qilish va murojaatlarni xal etish choralarini ko’rish.

  1. Bilishi lozim:

Maktabgacha ta’limiga oid normativ-huquqiy hujjatlarini va ularning mazmun moxiyatini, amaliyotga tatbiq etishni;
davlat-xususiy sherikchilik asosida faoliyatni tashkil etishga doyr barcha me’yoriy hujjatlarni;
maktabgacha ta’lim pedagogikasi, psixologichen va maktabgacha yoshdagi bolalar fiziologiyasini, bo’lim faoliyatini rejalashtirish va muvofiqlashtirib borishni;
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o’quv-uslubiy qo’llanmalarini amaliyotga tatbiq etishni;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagoglariga amaliy yordam berish shakllari, ta’lim metodlari va vositalari hamda ilg’or pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq etish metodlarini, jamoada qulay psixologik muhit yaratishni, mavjud axborot manbalaridan foydalana olishni (internet, televizor, radio, telefon, elektron pochta va x)lar bilan ishlashni;
maktabgacha ta’limga oid sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muxofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalarini, bolalar xayoti va sog’lig’ini muxofaza qilish yo’riqnomasini;
o’ziga yuklatilgan vazifalarga kasbiy kompetensiyaviy yondashishni.

  1. Malaka talablari:

uz yo’nalishi (iktisodiy, moliyaviy, muxandislik, yurisprudensiya) bo’yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot;
xorijiy tillardan birining boshlang’ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
kamida uch yillik ish staji.

Maktabgacha ta’lim bo’limining


2020 yil 21 dekabrdagi
86 -son buyrug’iga
Ilova



Yüklə 255,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin