3-bob. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi xodimlarining malaka tavsiflari 23-§. Tuman (shahar ) maktabgacha ta’lim bo’limi mudiri lavozimning malaka tavsiflari


-§. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo’yicha mutaxassis lavozimining malaka tavsiflari



Yüklə 255,81 Kb.
səhifə6/14
tarix02.06.2023
ölçüsü255,81 Kb.
#122514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
MTB lavozim yo\'riqnoma lotin

34-§. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi Jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo’yicha mutaxassis lavozimining malaka tavsiflari


Tartib raqami

2457

Kasblarning milliy standart
klassifikatori bo’yicha kodi

2114

Xodimlar toifasi

Mutaxassis



  1. Lavozim vazifalari:

O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, Xukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida bo’lim mudiri tomonidan o’ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to’liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;
bo’lim Xay’at, ishlab chiqarish yig’ilishlarida ishtirok etish, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tahliliy ma’lumotlar loyixasini tayyorlash va muxokamaga kiritish;
maktabgacha ta’lim tizimida ijro intizomini mustax,kamlash yuzasidan istiqbol va joriy ish rejalarini ishlab chiqish, uni bo’limning umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtirish hamdabajarilishini ta’minlash;
Vazirlar Max,kamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustax,kamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 12-son qarori, 2009 yil 28 avgustdagi “Vazirliklar, davlat kumitalari, idoralar, xo’jalik birlashmalari, ularning tarkibiy,x,ududiy bo’linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamdaijro intizomining ax,voli monitoringini olib borish to’g’risida”gi 11-10-sonli Tartibiga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkilotlari tizimida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish, ijro intizomini monitoringini olib borish va ularning ijrosini ta’minlash;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining O’RQ-345 Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to’g’risidagi Nizom” talablariga muvofiq holda ishni tashkil etish;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limida hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan ijro intizomi hamda jismoniy va yuridik shaxslar og’zaki va yozma murojaatlarining hal etilishini (har kunlik), xaftalik, oylik tahlillarini olib borish;
hujjatlar va topshiriqlarning avtomatlashtirilgan nazoratga qo’yilishi, ularning bajarilishini kuzatib borish, ogohlantiruvchi nazoratni, ijro intizomini yakunlashini ta’minlovchi elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi yagona tizimining ma’lumotlar bazasini yuritish;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish va ijro intizomini mustaxkamlash holatini o’rganish, ularning natijalarini taxlil va nazorat qilish masalalarida metodik va amaliy yordam berish;
yuqori tashkilotlar, boshqaruv organlari, idoralardan boshqarmaga kelib tushgan xat-hujjatlarni qabul qilish, o’rnatilgan tartibda ro’yxatdan o’tkazish va nazorat varakasini yuritish ijroni ta’minlash maqsadida bo’lim xodimlari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga etkazish va hujjat ijrosi ta’minlangunga qadar nazoratini olib borish;
bo’limga kelib tushgan xat, ariza, murojaatlar bo’yicha chorak, yarim yillik va yillik taxliliy ma’lumotlarni tayyorlash va raxbariyatgataqdimetish, bo’lim yig’ilishlarida muxokamaga kiritish;
boshqarma, yuqori va hamkor tashkilotlar tomonidan kelgan hujjatlar, fuqarolarning xat, ariza va shikoyatlarini qabul qilib, bo’lim mudiri ko’rsatmasiga ko’ra nazoratdan chiqarishni tashkil etish;
bo’limlar hujjatlari uchun muljallangan blankalar ro’yxatini qatiy nazoratini yuritish;
bo’lim mudiri tomonidan tasdiqlangan jadval asosida fuqarolar qabulini tashkil etish hamda ogzaki murojaatlari bo’yicha tegishli axborotlarni tayyorlash;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi va maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatida vujudga keladigan doimiy muddatda saklanadigan hujjatlarni tanlab olinishi, xisobga olinishi, saqlanishi, ishlanish sifatini va ushbu hujjatlarni o’z vaqtidaxududiy davlat arxiviga topshirilishini ta’minlash;
bo’lim koshida “Fuqarolar qabulxonasi” faoliyatini tashkil etish va hujjatlarni rasmiylashtirish;
kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muxofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.

  1. Bilishi lozim:

maktabgacha ta’limi tizimiga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni mazmun- moxiyatini va ularni amaliyotga tatbiq etishni;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonunini;
Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustaxkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 12- son qarorini;
maktabgacha ta’lim pedagogikasi, psixologiyasi va bolalar fiziologiyasi hamda kichik yoshdagi bolalar ovqatlanishini;
mavjud axborot manbalaridan foydalana olishi (internet, televizor, radio, telefon, elektron pochta va x);
sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muxofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalarini.
ijro intizomi bo’yicha metodik ishlarni tashkil etish va samaradorligini oshirish usullarini;

  1. Malaka talablari:

kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot;
xorijiy tillardan birining boshlang’ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan to’liq foydalanishni bilishi;
kamida ikki yillik ish staji.



Yüklə 255,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin