2020 yil 21 dekabrdagi
86 -son buyrug’iga
Ilova
35-§. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi
Bosh yuriskonsulti lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami
2856
Kasblarning milliy standart
klassifikatori bo’yicha kodi
2421
Xodimlar toifasi
Mutaxassis
1. Lavozim vazifalari: O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, Xukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida Bo’lim mudiri tomonidan o’ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to’liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;
bo’lim Xay’ati, ishlab chiqarish yig’ilishlarida ishtirok etish, bo’limga tegishli masalalar, tizimda normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini ta’minlanishi, ularda belgilangan talablarga qat’iy rioya etilishi, huquqiy axborotdan foydalanish bo’yicha ma’lumotlar tayyorlash va muxokamaga kiritish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida huquqiy axborot va normativ hujjatlardan samarali foydalanish, maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish yuzasidan normativ- huquqiy hujjatlar tayyorlashda bo’limga takliflar kiritish, istiqbol va joriy ish rejalarini ishlab chiqish, uni bo’limning umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtirish, bajarilishini ta’minlash;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limiga tegishli bo’lgan yuridik hujjatlar maktabgacha ta’lim tashkiloti Ustavi, ishchi-xodimlar bilan tuzilgan shartnomalar, ota-onalar va ularni urnini bosuvchi shaxslar bilan tuziladigan shartnomalar, korxona va maktabgacha ta’lim tashkiloti o’rtasida tuziladigan turli shartnomalar, zarurat tug’ilganda notarial guvoxnomasini olish yoki davlat ro’yxatidan o’tkazish loyixasini tekshirish va takliflar kiritish;
maktabgacha ta’lim bo’limi va maktabgacha ta’lim tashkiloti raxbar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida maslaxat, tavsiya, va seminarlar tashkil etish;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’lim xodimlari, maktabgacha ta’lim tashkilotining barcha xodimlari, ota-onalari va ularning farzandlarining huquqlarini qonun doirasida ximoya qilish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turli masalalari bo’yicha sudlarda qonuniy vakil sifatida ximoya qilish;
o’z soxasiga tegishli bo’lgan hujjatlarni yozma yoki elektron ko’rinishda shakllantirish va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xisobot tayyorlash;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limining huquqiy asosini aniqlash, uning nizomini ko’rib chiqish;
imzo uchun bo’lim mudiriga kiritilayotgan barcha hujjatlar loyixasini (buyruqlar, ko’rsatmalar, Nizomlar) ko’rib chiqish;
tuman (shahar) bo’limi xodimlari va maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini ishdan bushatish, boshqa vazifaga o’tkazish va intizomiy jazo berilishining qonuniyligini ko’rib chiqish;
xodimlarga nisbatan rahbar xodimlar tomonidan noto’gri ma’muriy jazo kullanilganda rahbarlarning ushbu har akatlari ustidan davlat huquqiy tashkilotlariga shikoyatlar tayyorlash va junatish;
bo’limga kelgan xatlar, fuqarolardan tushgan murojaatlar bilan ishlash, ularni qabul qilish hamda muammolarni hal etish choralarini ko’rish;
Bilishi lozim:
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, Xukumat qaror va farmoyishlarini, kodekslar, “Bola huquqlarini himoya qilish Konvensiyasi”, davlat dasturlari asosida qabul qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari va barcha boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni;
yuridik hujjatlarni tayyorlash va huquqiy tashxisdan o’tkazish masalasini;
ishchanlik va muloqot etikasini;
maktabgacha ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi, bolalar fiziologiyasi va maktabgacha ta’limning o’ziga xos tuzilishini;
mavjud axborot manbalaridan foydalana olishi (internet, televizor, radio, telefon, elektron pochta va x);
sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalarini.
Malaka talablari:
kamida bakalavr darajasidagi oliy yuridik ma’lumot yoki oliy ma’lumotga ega bo’lgan mazkur yo’nalish bo’yicha qayta tayyorlov kurslarini tugatgan bo’lishi lozim;
xorijiy tillardan birini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan to’liq foydalanishni bilishi;
yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanishi (O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tegishli xulosasi olinganidan sung);
yuridik xizmat boshligi lavozimiga oliy yuridik ma’lumotga va yuridik mutaxassislik bo’yicha kamida ikki yillik ish stajiga ega bo’lgan shaxs tayinlanishi;
mavjud axborot manbalaridan foydalana olishi;
davlat organi va tashkiloti yuridik xizmatlari xodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda har uch yilda kamida bir marta malakasini oshiradi hamda har uch yilda bir marta attestatsiyadan o’tishi lozim.
Tanishdim N.Kuchkarov
Maktabgacha ta’lim bo’limining
2020 yil 21 dekabrdagi
86 -son buyrug’iga
Ilova