Kasblarning milliy standart
klassifikatori bo’yicha kodi
2114
Xodimlar toifasi
Mutaxassis
1. Lavozim vazifalari: O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, Xukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida bo’lim mudiri tomonidan o’ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to’liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;
bo’lim Xay’ati, ishlab chiqarish yig’ilishlarida ishtirok etish, bo’limga tegishli masalalar, tizimda mehnat qonunchiligi asosida amalga oshirilayotgan ishlar, xodimlar tomonidan huquqiy axborotdan foydalanish hamda kadrlar saloxiyatini oshirish, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha ma’lumotlar tayyorlash va muxokamaga kiritish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kadrlar bilan ishlash ax,voli xakida bo’lim kengashi, ishlab chiqarish yig’ilishlarida qabul qilingan qarorlar yuzasidan buyruqlar, me’yoriy hujjatlar, taxliliy ma’lumotlar, bildirishnomalar tayyorlash;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida huquqiy axborotdan foydalanish va mehnatni muxofaza qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlardan samarali foydalanish, tizimdagi xodimlarni mehnat qonunchiligi asosida faoliyat ko’rsatishi, ularning kasbiy saloxiyatini oshirish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, attestatsiyadan o’tkazish yuzasidan istiqbol va joriy ish rejalarini ishlab chiqish, uni bo’limning umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtirish, o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining kadrlarga bo’lgan extiyojini aniqlash borasidagi ishlarni ta’minlash va statistika boshqarmasiga OPS-1 xisobotini “Axolini bandlikka kumaklashuvchi markazi”ga xisobot topshirish;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi vakolati doirasida xato va kamchiliklarga yo’l qo’ygan xodimlarga intizomiy jazo choralarini qo’llash to’g’risida buyruqlar tayyorlash va bo’lim mudiriga kiritish;
boshqaruv lavozimlari ro’yxatiga olingan raxbar kadrlarni tanlash, o’rganish, istiqbolli va amaldagi kadrlar zaxirasini shakllantirish masalalarini amalga oshirish;
raxbar kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yishga oid ishlarni muvofiqlashtirish, boshqarma va boshqarmaning xisob-xisobot nazorat nomenklaturasida bo’lgan lavozimlarga nomzodlarni kiritish bo’yicha bo’lim mudiriga takliflar kiritish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini oliy ma’lumotli pedagoglar bilan ta’minlash maqsadida o’rta maxsus ma’lumotli pedagoglarni maxsus sirtki va sirtki bo’limlarda uqish uchun oliy ta’lim muassasalariga yunaltirish ishlarini amalga oshirish, ularning ro’yxatini shakllantirish va boshqarmagataqdimetish;
maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog xodimlarining soni va tarkibi bo’yicha xisobotlarni yig’ish, umumlashtirish va boshqarma hamda statistika tashkilotlarigataqdimetish;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat ko’rsatayotgan xodimlar malakasini oshirish istiqbol rejalarini belgilash, yillik reja asosida malaka oshirishga yuborilishini nazorat qilish;
maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat ko’rsatayotgan nomutaxassis kadrlarni aniqlash ularni qayta tayyorlash kurslaridan o’tqazilishini ta’minlash;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limidagi hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi pedagogik kadrlar kunimsizligi bo’yicha ma’lumotlarni yig’ish, o’rganish va bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar belgilash;
yosh mutaxassislarni hisobga olish, ularni kelajakda ish bilan ta’minlash maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yo’naltirish yuzasidan ro’yxatlarini shakllantirish va ishga qabul qilinishini nazorat qilish, ular bilan ishlash;
tizimdagi ilg’or ish tajribaga ega bo’lgan faol xodimlarni moddiy rag’batlantirish yuzasidan bo’lim mudiriga takliflar kiritish;
O’zbekiston Respublikasining Davlat mukofotlari va vazirlikning tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash hujjatlarini tayyorlash hamdao’rnatilgan tartibda boshqarmagataqdimetilishini ta’minlash;
mukofot va rag’batlantirishlar hisobini olib borish va ularni belgilangan tartibda topshirilishini ta’minlash;
joylarda mehnat qonunchiligi bo’yicha maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari bilan maslaxat, o’quv-seminar Mashg’ulotlarini o’tkazish;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi nomenklaturasiga kiruvchi hujjatlar yig’ma jildlarining yuritilishini nazorat qilish;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi va maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbar xodimlarining shaxsiy tarkibi bo’yicha buyruqlarni tayyorlash va ularning belgilangan tartibda sakllanishini ta’minlash;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi xodimlari va maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbar hamda pedagog xodimlarini attestatsiyadan o’tqazilishida zarur hujjatlarni tayyorlash va boshqarmaga taqdim etish;
bo’limga kelgan xat va hujjatlar, fuqarolardan kelgan ariza, shikoyat, murojaat va takliflar ustida ishlash, fuqarolarni qabul qilish hamda ular tomonidan ko’tarilgan masalalarni o’rnatilgan tartibda hal etish choralarini ko’rish;
kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
Bilishi lozim:
O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi bo’yicha me’yoriy huquqiy hujjatlarni;
mehnat qonunchiligi va kadrlar masalalari bo’yicha yangiliklarni va uni xayotga tatbiq etish yo’llarini;
kadrlar bilan ishlash bo’yicha metodik ishlarni tashkil etish va kadrlar qo’nimsizligini oldini olish usullarini;
mavjud axborot manbalaridan foydalana olishi (internet, televizor, radio, telefon, elektron pochta va x);
sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalarini.
Malaka talablari:
kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot;
xorijiy tillardan birining boshlang’ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan to’liq foydalanishni bilishi;
kamida ikki yillik ish staji.
Tanishdim: S.Yuldasheva
Maktabgacha ta’lim bo’limining
2020 yil 21 dekabrdagi
86 -son buyrug’iga
Ilova