3-bob. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi xodimlarining malaka tavsiflari 23-§. Tuman (shahar ) maktabgacha ta’lim bo’limi mudiri lavozimning malaka tavsiflari


§. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi Ta’lim-tarbiya sifatini



Yüklə 255,81 Kb.
səhifə3/14
tarix02.06.2023
ölçüsü255,81 Kb.
#122514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
MTB lavozim yo\'riqnoma lotin

29-§. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi Ta’lim-tarbiya sifatini
ta’minlash va metodik xizmatni tashkil etish sho’ba mudiri lavozimining
malaka tavsiflari


Tartib raqami

859

Kasblarning milliy standart
klassifikatori bo’yicha kodi

1239

Xodimlar toifasi

Boshqaruv

  1. Lavozim vazifalari:

O’zbekistan Respublikasi Qonunlari, O’zbekistan Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, Xukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida Bo’lim mudiri tomonidan o’ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to’liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;
sho’baga umumiy rahbarlik qilish va sho’ba ishlarini rejalashtirish hamda uning bajarilishini amalga oshirish;
bo’lim kengashi, ishlab chiqarish yig’ilishlarida ishtirok etish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya sifatini ta’minlash va uzluksiz metodik xizmatni yo’lga qo’yish yuzasidan ma’lumotlar tayyorlash va muhokamaga kiritish, qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash;
bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularni maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish hamda maktabgacha ta’lim soxasiga oid normativ-hujjatlarga rioya etilishi ustidan monitoring olib borilishini nazorat qilish;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun metodik qo’llanmalar, metodik tavsiyalar, Mashg’ulot ishlanmalari, plakatlar yaratish ishlarini tashkil etish va ularni xududiy muvofiqlashtiruvchi kengashlar taqdim qilish;
tashkilotlarni attestatsiya va akkreditatsiyadan sifatli o’tkazish bo’yicha ishlarni tashkil etish, ichki va tashki baxolash jarayonlarini sifatli tashkil etish hamda “ONAKS” elektron platformasiga o’z muddatida joylashtirib borish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan ta’lim-tarbiya jarayonini o’rganish hamda o’rganish natijalari asosida ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar tayyorlash, metodik yordam ko’rsatish;
ta’lim-tarbiya jarayoni sifatli deb topilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari bazasida tayanch ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilish, ularning negizida ilg’or tajribalar almashish, yangi pedagogik, axborot-kommunikatsion va boshqa texnologiyalarni joriy etish masalalari bo’yicha uchrashuvlar, seminarlar, konferensiyalar o’tkazish, ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishni ta’minlash;
tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim -tarbiya jarayoniga metodik xizmat ko’rsatish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha ta’limga qo’yilgan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablariga mos shart-sharoitlar yaratilishini o’rganish;
maktabgacha ta’limda amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatimiz va jahonda sohani rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini pedagoglar, ota-onalar hamda tarbiyalanuvchilar ongiga etkazishni nazarda tutadigan seminarlar tashkil etish;
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o’quv-uslubiy qo’llanmalarini amaliyotga tatbiq etilishini nazorat qilish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarda umumiy asosiy kompetensiyalar va rivojlanish soxalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratish;
bolalarning rivojlanish haritalarini yuritilishini nazorat qilish, xulosalar yuzasidan tegishli metodik maslaxatlar berish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini yagona talablar bo’yicha bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda o’yin va o’yinchoqlar, sport jihozlari, didaktik materiallar bilan jihozlash yuzasidan ehtiyojni o’rganish va bo’lim mudiriga kiritish;
maktabgacha ta’lim tizimidagi pedagog va rahbar xodimlar o’rtasida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari, xorijiy mamlakatlarning ilg’or tajribasidan foydalanadigan va amaliyotga tatbiq; etadigan ilg’or ish tajribalarni aniqlash, o’rganish va ommalashtirishga doyr hujjatlarni umumlashtirish;
maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayoniga yangi pedagogik va psixologik usullar bilan o’qitishning ilg’or shakl va usullarini o’yinlar orqali joriy etilishi yuzasidan amaliy metodik yordam ko’rsatish;
ta’lim berish tilidan kelib chiqib, pedagoglarning o’quv-metodik qo’llanmalarga bo’lgan ehtiyojlarini aniqlash yuzasidan ma’lumotlar bankini yaratish, so’rovnomalar o’tkazish va tahlil qilish;
maktabgacha ta’lim tizimiga doyr bolalar badiiy adabiyotlari, metodik adabiyotlar bilan ta’minlash bo’yicha takliflar tayyorlab, bo’lim mudiriga o’rnatilgan tartibda buyurtmalar kiritish;
bo’limning tegishli sho’balari bilan o’zaro hamkorlik ishlarini amalga oshirish;
o’z yo’nalishi bo’yicha tahliliy ma’lumotlar va hisobotlarni tayyorlash;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilinishini nazorat qilish.

  1. Bilishi lozim:

maktabgacha ta’limi tizimiga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni mazmun- mohiyatini va ularni amaliyotga tatbiq etishni;
maktabgacha pedagogika, maktabgacha bolalar psixologiyasi va maktabgacha yoshdagi bolalar fiziologiyasi va ularni hayotga tatbiq etish yo’llarini;
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o’quv-uslubiy qo’llanmalarini amaliyotga tatbiq etish va uzluksiz takomillashtirib borish yo’llarini;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari tomonidan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etilishini tahlil qilish va amaliy yordam berish shakllarini, ta’lim metodlarini va vositalarini;
ilg’or pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq etish metodlarini, jamoada qulay psixologik muhit yaratishni;
maktabgacha ta’limga oid sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalarini, bolalar hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish yo’riqnomasini.

  1. Malaka talablari:

maktabgacha ta’lim yoki psixologiya yo’nalishlari bo’yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot;
xorijiy tillardan birining boshlang’ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
uch yildan kam bo’lmagan pedagogik ish staji.



Yüklə 255,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin