33-§. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo’yicha mutaxassisi lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami
2467
Kasblarning milliy standart
klassifikatori bo’yicha kodi
2139
Xodimlar toifasi
Mutaxassis
1. Lavozim vazifalari: O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, Xukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida Bo’lim mudiri tomonidan o’ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to’liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;
bo’lim Xay’ati, ishlab chiqarish yig’ilishlarida ishtirok etish, o’z yo’nalishi bo’yicha tegishli masalalar bo’yicha ma’lumotlar tayyorlash va muxokamaga kiritish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan istiqbol va joriy ish rejalarini ishlab chiqish, uni bo’limning umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtirish hamda bajarilishini ta’minlash;
maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilishning elektron tizimini yo’lga qo’yilishi bo’yicha xududiy Davlat xizmatlari Markazi bilan hamkorlikni amalga oshirish;
maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg’or pedagogika va axborot texnologiyalarini joriy etilishi, maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimining (EMIS) keng joriy etilishini ta’minlash;
maktabgacha ta’lim tashkiloti, uning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va ta’lim- tarbiya jarayoni to’g’risidagi axborotlarni o’z vaqtida muntazam ravishda Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimi (EMIS)ra kiritilishini nazorat qilish;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi xodimlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimi (EMIS) dan samarali foydalanish bo’yicha metodik yordam ko’rsatish;
maktabgacha ta’lim tizimiga oid ma’lumotlarning elektron bazasini yarata olish, asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil qilish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini zamonaviy kompyuter texnikasi, tarmoq va telekommunikatsiya kurilmalari va zamonaviy dasturiy ta’minotini ta’minlash chora- tadbirlarini belgilashga ko’maklashish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonida axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish bo’yicha uzluksiz metodik xizmat ko’rsatish, axborot kommunikatsion texnologiyalarini samarali foydalanish shakllari va usullarini joriy etish hamdainternet tarmogidan foydalanishni tashkil etish va muvofiqlashtirish;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’lim xodimlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlardagi kadrlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo’yicha malakasini oshirishni muvofiqlashtirish;
tizimdagi xodimlar bilan hamkorlikda belgilangan tartibda tegishli axborot texnologiyalari bo’yicha elektron resurslar yaratish, o’rnatilgan tartibda ko’paytirish va tarqatishni tashkil etish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari elektron (virtual) kutubxonasini tashkil etish ishlariga ko’maklashish;
maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga doyr videokonferensiyalar, videoseminar, o’quv-amaliy seminarlar o’tqazilishini tashkil etish;
xududiy Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari bo’limlari hamdaboshqa tashkilot va idoralarning tegishli bo’linmalari bilan axborot- kommunikatsiya texnologiyalari soxasida o’zaro hamkorlik munosabatlarni amalga oshirish;
bo’lim xodimlarining huquqiy axborotdan keng kulamda foydalanishini ta’minlash;
huquqiy axborotni va undan foydalanish tizimini yo’lga qo’yish maqsadida maktabgacha ta’lim tizimiga oid muammoli masalalar bo’yicha buklet, flayer va plakatlar shaklida tarkatmalar tayyorlash va boshqarma raxbariyatigataqdimetish;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida zamonaviy axborot texnologiyalari, dasturiy maxsulotlar va ma’lumotlarni sayta ishlovchi vositalardan, alotsa va ma’lumotlar uzatish vositalaridan foydalanish hamdaaxborot xavfsizligini ta’minlash, ularni rivojlantirish masalalari yuzasidan takliflar tayyorlash va raxbariyatga taqdim etish;
maktabgacha ta’lim tizimida kompyuter texnologiyalari va internet-resurslaridan foydalanishning ilg’or ko’nikmalariga o’rgatish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirish;
o’z yo’nalishiga oid masalalar bo’yicha ma’lumotlar, xisobotlar tayyorlash va bo’lim raxbariyatiga kiritish;
vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha fuqarolardan kelib tushgan xat, ariza va shikoyatlarni ko’rib chiqish, fuqarolarni qabul qilish, ogzaki va yozma murojaatlarni o’rnatilgan tartibda hal etish choralarini ko’rish,
o’z yo’nalishiga doyr bo’limga kelib tushgan xat va hujjatlarni o’z vaqtida ijrosini ta’minlash;
bo’limning boshqa xodimlari bilan hamkorlikda maktabgacha ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish holati to’g’risida ma’lumotnomalar tayyorlash va raxbariyatga taqdim etish;.
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish yo’nalishida tashkil etiladigan turli tadbirlarda ishtirok etadi.
2. Bilishi lozim: maktabgacha ta’limi tizimiga oid amaldagi normativ-xutsutsiy hujjatlarni mazmun- mohiyatini va ularni amaliyotga tadbiq etishni;
o’ziga yuklatilgan vazifalarga kasbiy kompetensiyaviy yondashishni;
mavjud axborot manbalaridan foydalana olishi (internet, televizor, radio, telefon, elektron pochta va x);
maktabgacha pedagogika, maktabgacha bolalar psixologiyasi va maktabgacha yoshdagi bolalar fiziologiyasi va ularni xayotga tadbiq etish yo’llarini;
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o’quv-uslubiy qo’llanmalarini amaliyotga tadbiq etish va uzluksiz takomillashtirib borish yo’llarini;
maktabgacha ta’lim tizimidagi xodimlarga axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishda amaliy yordam berish shakllari, ta’lim metodlari va vositalarini;
ilg’or pedagogik texnologiyalar va ularni tadbiq etish metodlarini, jamoada qulay psixologik muxit yaratishni;
maktabgacha ta’limga oid sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muxofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalarini, bolalar xayoti va sog’lig’ini muxofaza qilish yo’riqnomasini.
3. Malaka talablari: yo’nalishi bo’yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot;
xorijiy tillardan birining boshlang’ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni mukammal bilishi.
Tanishdim: I.Massarov
Maktabgacha ta’lim bo’limining
2020 yil 21 dekabrdagi
86 -son buyrug’iga
Ilova