K
0
K
n
K
n+g
k’= K/L*E
0
k=K/L
0
k=K/L
0
k=K/L
g
Y
0
Y
n
Y
n+g
y’= Y/L*E
0
y= Y/L
0
y= Y/L
0
y= Y/L
g
Solou modeli iqtisodiyotda muvozonatni va omillarning to’la bandligini saqlovchi
uzoq muddatli iqtisodiy o’sish mexanizmini ifodalashga imkon beradi. Bu model
farovonlikning barqaror o’sishining yagona asosi sifatida texnik taraqqiyotni
ajratadi va iste’molning maksimallashtirishni ta’minlovchi o’sishni ta’minlovchi
maqbul variantni topish imkonini beradi.
Biroq, Solou modeli ham kamchiliklardan holi emas.
Birinchidan, bu model uzoq muddatli davrda erishiladigan
barqaror muvozonatli
holatni tahlil qiladi, iqtisodiy siyosatda esa
ishlab chiqarish va turmush
darajasining qisqa muddatli davrdagi o’zgarishi ham muhim.
Ikkinchidan, model zamonaviy sharoitda sezilarli ahamiyatga ega bo’lgan o’sishni
cheklovchi bir qator resurs, ekologiya va ijtimoiy masalalarni qamrab olmagan.
3. Felpsning jamg’arishni “oltin qoidasi”
1961 yilda amerikalik iqtisodchi E. Felps jamg’arishning “oltin qoidasi”ni keltirib
chiqardi. Umumiy holda bu qoidani quyidagicha ifodalash mumkin:
jamiyatning
eng yuqori iste’molini va iqtisodiyotning chidamli holatini ta’minlovchi kapitalni
jamg’arish darajasi kapitalni jamg’arishning “oltin darajasi” deb ataladi.
Optimal muvozanatli o’sishning birinchi belgisi kapitalning o’sish sur’ati
kapitalning chekli unumdorligiga teng bo’lganda iste’molning o’rtacha me’yori
o’zining maksimal darajasiga erishadi.
Optimal muvozanatli o’sishning ikkinchi belgisi agar muvozanat holatida
kapitalning o’sish sur’ati daromadning o’sish sur’atiga
mos kelsa, chekli
unumdorlik nazariyasidan kelib chiqqan holda daromadning o’sish sur’ati daromad
va kapital o’zgarishlari o’rtasidagi nisbatga teng bo’ladi.
E. Felps jamg’arishning “oltin qoidasi” deb atagan
iqtisodiyotni muvozanatli
o’sishining uchinchi belgisi agar jamg’arish me’yori kapital bo’yicha ishlab
chiqarish hajmi elastikligiga teng bo’lsa, iqtisodiyot iste’mol me’yorini
maksimallashtiruvchi muvozanatli sur’atda o’sishini anglatadi.
“Oltin qoida”ga mos keladigan fond bilan qurollanish
darajasida quyidagi shart
bajarilishi, ya’ni kapitalning chekli mahsuloti chiqib ketish me’yoriga teng bo’lishi
lozim. MPK=d, aholi o’sishi va texnologik taraqqiyot hisobga olinganda esa
MPK=d+n+g.
Agar iqtisodiyot dastlabki holatda “oltin qoida” bo’yicha ko’zda tutilgandan
ko’proq kapital zahirasiga ega bo’lsa, jamg’arish me’yorini pasaytirish bo’yicha
dastur zarur. Bu dastur iste’molni oshirish va investitsiyalarni pasaytirishni
asoslaydi. Bunda iqtisodiyot muvozanat holatidan chiqadi va “oltin qoida”ga mos
nisbatlar bo’lganda, yana muvozanatga erishadi.
Agar iqtisodiyot dastlabki holatda “oltin qoida” bo’yicha ko’zda tutilgandan
kamroq kapital zahirasiga ega bo’lsa, jamg’arish me’yorini oshirish bo’yicha
dastur zarur. Bu dastur dastlab investitsiyalarni o’sishi va iste’molni
pasayishiga
olib keladi. Bunda iqtisodiyot muvozanat holatidan chiqadi va “oltin qoida”ga mos
nisbatlar bo’lganda, yana muvozanatga erishadi.
Iqtisodiyotni optimal muvozanatli o’sishiga kapitaldan daromadni to’liq
investitsiyalangan sharoitdagina erishiladi.