1.4-rasm Servis modellari SaaS sxemasi bo’yicha xar xil turdagi bulut ilovalari xizmat ko’rsatadi. Business Apps, Office Web Apps, Management Apps, Communications, Security va boshqalar. SaaS AQSh da keng tarqalgan xisoblanadi. eng ko’p tarqalgan bulutli ilovalarga quydagilar kiradi: CRM (mijozlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni boshqarish tizimi) , HRM (kadrlar va hodimlar bilan ishlash tizimi), ERP (resurslar va tashkillashtirish tizimi, misol uchun 1C), offis ilovalari, kommunikatsiya manbai va boshqalar. Dunyo miqiyosida Salesforce.com kompaniyasi CRM bulutli ilovalarni tarqatishda yetakchi hisoblanadi. Kommunikatsiya vositalaridan biri elektron ro’yhat (misol uchun , Gmail), avdio va video chatlar (misol uchun, Microsoft Lync Online), bulut servisi (Mobile Device Manegement – mobil qurilmani boshqarish). Bulutli servisda MDM mobil qurilmasi orqali korparativ tizimlar bilan ishlash uchun mo’ljallangan.
MDM bulutli tizimi boshqaruvida ishlaydigan xar – hil turdagi mobil qurilmalarga ilovalar yani agentlar o’rnatiladi. Bu ilovalar o’z o’rnida markazlashgan mobil qurilmalarni sozlashda bulut xizmatidagi SaaS korparativ tarmog’iga kirish imkoniyatini beradi. Bulut kommunikatsion vositalari boshqa SaaS bulutli xizmati orqali integratsiya qilinadi, misol uchun, CRM+MDM, Office Web Apps+Lync Online, Google Docs, Gmail, Hangouts va boshqalar. Saas ning asosiy istemolchilari kichik va o’rta biznes tashkilotlari xisoblanadi. Ko’pgina
SaaS – ilovalar xodimlarni xamkorlikda faoliyat yurutishi va qo’llab quvatlashi uchun tadbiq etilib, ularni umum masalalarni birgalikda yechimini topishga undaydi. SaaS – ilova arxetekturasi yagona nusxali ilovalarni serverda ishga tushiriladi, koplab istemolchlarga multijara (Multi - tenant) sifatida xizmat qiladi…”[3] Xar bir bajarilayotgan ish jarayonida istemolchiga o’z virtual nusxa ilovasi taqdim etiladi.