Ularni, boshqa turdagi hisoblashlardan farqlash (Internet resurslaridan).
1.Talab bo’yicha o’z o’ziga xizmat ko’rsatish. Foydalanuvchi server vaqtini, malumotlar saqlash ombori xajmini, zarur bo’lganda avtomatik tarizda, xizmat ko’rsatayotgan provayder bilan o’zaro bog’liq bo’lmagan xolda, xisoblash kuchini mustaqil tarizda aniqlash va o’zgartirish mumkin.
2.Tarmoqdan keng holda foydalana olish. Hisoblash kuchi imkoniyatlari tarmoqda standart mexanizimlar orqali katta masofada foydalana olish mumkin. Xar - hil turdagi (yupqa - qalin) mijoz platformasidan (terminal qurilmalar) keng qamrovda foydalanish imkonini beradi.
Resurslarni birlashtirish. Konfiguratsiyalangan provayder xisoblash resurslarini yagona xovuzga birlashtirish orqali ko’p sonli foydalanuvchilar resurslardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Resurslarni tezkor elastikligi. Foydalanuvchilarning talabiga qarab bulut xizmatlari kengayishi, tez taqdim etilishi, qisqartirilishi mumkin.
O’lchangan servis. (aslida foydalanilgan bugalteriya istemol servisi va to’lov xizmatlarini imkoniyatlari.) …”[2] Bulutli tizimlar servis turiga qarab abstraksiyaning bazi bir darajalarida o’lchashni amalga oshirish orqali resurslardan foydalanishni optimallashtiradi va ular ustidan avtomatik nazorat qiladi.
1.2- rasm. Asosiy xarakteristik modellar
1.2.2. Tarqatish modellari
Private cloud (xususiy bulut) – bu infratuzilma bulutli xisoblashni tadbiq etishda yagona tashkilot doirasida foydalaniladi.
Community cloud(jamoaviy bulut) – bu infratuzilmada bulutli xisoblashdan faqatgina tashkilotning aloxida bir jamoasi , (bo’lim) foydalanishi mumkin.
Public cloud (ommaviy bulut) - bu infratuzilma bulutli xisoblash xizmatlaridan keng omma foydalanish imkoniyatiga ega.
Hybrid cloud (gibrid bulut) – bu infratuzilma tarqatish modellarini barchasini o’z ichiga oladi (xususiy, jamoaviy, ommaviy).