Biologiya darslarda modulli taʼlim texnologiyasining individual
II.BOB. OʻQUVCHILARNING BILISH FAOLIYATLARINI TASHKIL ETISHDA MODULLI TA’LIMNING O‘RNI.
2.1. Modulli taʼlim texnologiyasining individual guruhda ishlash modul dasturidan foydalanish Bu metodda oʻquvchilar 6 - 8 tadan boʻlgan guruhlarga ajratiladi.Dars materiallari ham alohida blok-modullarga ajratiladi. Наг bir blok uchun topshiriqlar tuziladi va har qaysi guruhga bir blokdan tarqatiladi. Наг bir guruh mazkur blok uchun ikkitadan mutaxassis tayyorlaydi. Soʻngra har bir guruh yana ikkiga ajratiladi va mutaxassislar oʻzlari oʻzlashtirgan bilimlarini tartib bilan tushuntirib berishadi. «Агга» metodi asosida oʻqitishni tashkil etishda aniq misollar orqali quyidagicha tushuntirish mumkin. Masalan, sinfda 32 ta oʻquvchi boʻlsa, 4 xil rangli kartochkalar yordamida 8 ta oʻquvchidan iborat bir xil rangli kartochkaga ega boʻlgan 4 ta “mutaxassislar tayyorlash” guruhiga ajratiladi. Bu guruhlar berilgan blokdagi topshiriqlarni bajarib boʻlgach, har biri 4 tadan rangli, lekin bir xil kartochkaga ega boʻlgan 8 ta guruhga ajratiladi. Mazkur guruhdagi mutaxassislar oʻzlari oʻzlashtirgan bilimlarni tartib bilan tushuntirib berishadi. Soʻngra mavzu yuzasidan munozara oʻtkaziladi.“Arra” metodida har bir oʻquvchi boshqa oʻquvchi bergan ma’lumotni diqqat bilan eshitishi, kerakli ma’lumotlarni daftarga yozib borishi lozim. Dars yakunida oʻqituvchi test topshiriqlari yordamida oʻquvchilar bilimini baholaydi. “Arra” metodini boshqa usulda ham tashkil etish mumkin. Buning uchun oʻquvchilar 4-5 kishidan iborat guruhlarga ajratiladi. Barcha guruhlarga bir xildagi topshiriqlar beriladi. Guruhlardagi oʻquvchilar topshiriqlarni boʻlishib olishadi. Har bir oʻquvchi oʻziga tegishli topshiriqni puxta oʻzlashtirishga harakat qiladi. Shundan soʻng guruhlar “Mutaxassislar uchrashuvi” da boʻlganidek qayta taqsimlanadi; mutaxassislar oʻzlariga tegishli oʻquv materiallarini tushuntirib berishadi.Mashgʻulot soʻngida oʻquvchilar bilimi test
topshiriqlari yordamida baholanadi. Quyida «Hasharotlarning ichki tuzilishi» mavzusi boʻyicha oʻquv topshiriqlari berilgan. Mavzu mutaxassislar tayyorlash guruhlari soniga muvofiq 4 ta blokka ajratiladi.
1- bloк: Hazm qilish sistemasi.
1. Bronza qoʻngʻizi oziqni qanday uzib olib, maydalaydi?
2. Oziq hazm qilish sistemasining qaysi qismida maydalanadi va qonga soʻriladi.
3. Ovqat hazm qilish sistemasi qanday qismlardan iborat?
4. Qaysi hasharotning ogʻiz organlari kemiruvchi boʻladi?
5. Qaysi hasharotlar ogʻiz organlari soʻruvchi xartumdan iborat?
2-blok: Nafas olish va ayirish sistemasi.
1. Nafas olish sistemasi qanday tuzilgan?
2. Nafas olish sistemasiga havo qanday oʻtadi?
3. Ayirish sistemasi qanday tuzilgan?
4. Ayirish sistemasi orqali ayirish mahsulotlari qanday chiqarib yuboriladi?
5. Yogʻ tanachalari qanday vazifani bajaradi?
3-blok: Nerv sistemasi va sezgi organlari.
1. Hasharotlarning nerv sistemasi qanday boʻlimlardan iborat?
2. Hasharotlarning bosh miyasi boshqa boʻgʻimoyoqlilardan qanday farq qiladi?
3. Hasharotlar nerv sistemasida qanday nerv tugunlari bor?
4. Qaysi hasharotning bosh miyasi ayniqsa yaxshi rivojlangan?
5. Nerv sistemasi qanday vazifani bajaradi?
4-blok: Sezgi organlari.
1. Hasharotlarning qaysi sezgi organlari yaxshi rivojlangan?
2. Hasharotlar va daryo qisqichbaqasining koʻzlari tuzilishida qanday oʻxshashlik bor?
3. Qaysi hasharotlar hidni yaxshi ajratadi?
4. Hasharotlarning sezgi organlari qayerda joylashgan?
5. Qaysi hasharotlarda ovoz chiqarish organlari boʻla