3 I. Bob. Modulli ta’limning mohiyati


GLOSSARY Aqliy hujum metodi



Yüklə 194,5 Kb.
səhifə9/10
tarix20.04.2023
ölçüsü194,5 Kb.
#101026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Biologiya darslarda modulli taʼlim texnologiyasining individual

GLOSSARY
Aqliy hujum metodi – qo’yilgan muammo, masala, savolga nisbatan barcha o’quvchi – talabalarning o’z fikrini bildirishini ta’minlash asosida ularni darsga faol qatnashish, o’z nuqtai nazaridan yondashishga yo’naltirish, bildirilgan fikrlarni saralashga o’rgatuvchi metod.
Bilaman, bilmoqchiman, bildim, metodi – kitob, ilmiy maqolalarni o’qishga, bilmaganlarini o’rganishga harakat qilishga yo’naltiradigan metod.
Blits – o’yin metodi – mantiqiy mustaqil fikrlashga, harakatlar ketma – ketligini to’g’ri tashkil etishga va baholahsga o’rgatuvchi metod.
Darsni savollar asosida olib borish metodi – o’quv rejasi bo’yicha savol – javoblar yordamida talabalarni o’quv jarayoniga jalb etish, ularda fikr – mulohaza yuritish, o’qish, o’rganish, o’z fikrini izohlashga ishtiyoq uyg’otadigan metod.
Delfa metodi – o’quvchi – talabalarni ijodiy fikr yuritish, bildirilgan fikrlarni taqqoslab, baho berish ko’nikmalarini shakllantirishga o’rgatadigan metod.
Insert metodi – o’quvchi – talablarni o’qiyotgan kitoblari, maqola va turli axborotlarni tushunib yetishlari uchun o’qish jarayonida materialning ( darslik, o’quv qo’llanma, ilmiy maqola, jadval, sxema kabilar) har bir satr boshi ( yoki qismi) ning mazmunini baholash orqali, chiqargan xulosasiga muvofiq ravishda varaqning chetki tomoniga qalam bilan belgi qo’yib borish orqali o’z munosabatini bildirishga o’rgatuvchi metod.
Interaktiv dars o’tish metodlari – dars jarayonida o’quvchi, talabalar hamda o’qituvchi orasida yuqori darajada hamkorlik o’rnatiladigan dars o’tish metodlari.
Kasbiy – pedagogik muloqot – pedagog va tarbiyalanuvchining o’zaro uzluksiz, doimiy hamkorlik ijtimoiy – psixologik aloqasi tizimi bo’lib, uning mazmuni axborotlar ayirboshlash, tarbiyaviy ta’sir o’tkazish, kommunikativ vositalar yordamida o’zaro munosabatlarni tashkil etish hisoblanadi.
Keys stadi metodi – “case study method” – o’quvchi – talabalarni qaror qabul qilishga o’rgatishda muammoli vaziyat hosil qilib, uni yechishni o’rganish metodi.

Yüklə 194,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin