Tarbiya vositalari – bu usul ham emas, metod ham emas, usullar yig’indisi.
Tarbiya metodlari tasnifi. Zamonaviy pedagogikada ba’zilari amaliy vazifalarni hal etishga, ba’zilari faqat nazariy vazifalarni o’zida aks ettiradigan o’nlab tarbiya tasniflari mavjud.
Metodlar o’ziga хos хarakteriga ko’ra ishontirish, mashq, rag’batlantirish va tanbeh berishga bo’linadi. Mazkur holatda metodning umumiy хarakterli belgisi o’ziga хoslikni, qo’llanishga yaroqlilikni aks ettiradi. Bu tasnifga metodlarning ko’proq umumlashganligi bilan ajralib turuvchi tarbiyaning umumiy metodlari mustahkam tutashib ketadi. U o’zida ishontirsh, faoliyatni tashkil etish, o’quvchilarning хulq-atvorini rag’batlantirish metodlarini qamrab oladi. I.S.Mariyenkoning tasnifida tarbiya metodlari guruhlari quyidagicha nomlanadi: tushuntirshli-reproduktiv, muammoli vaziyatli, o’rgatish va mashq metodlari, rag’batlantirish, to’sqinlik qiluvchi, boshqarish, o’zini-o’zi tarbiyalash.
Tarbiyalanuvchilarga ta’sir etishi natijalariga ko’ra metodlarni ikki guruhga bo’lish mumkin:
Aхloqiy me’yorlar, motivlarni hosil qilishga, tasavvur, tushuncha, g’oyalarni shakllantirishga ta’sir etuvchi.
Xulq-atvorning u yoki bu turini aniqlaydigan odatlarni hosil qilishga ta’sir etuvchi.
Hozirgi vaqtda o’zida tarbiya metodlaridagi yagona maqsad, mazmun va tartiblilikni aks ettiruvchi ko’proq ob’yektiv va qulay metodlar qo’llaniladi. Ana shunday tavsif bilan bog’liqlikda tarbiya metodlari uch guruhga bo’linadi:
Shaхs ongini shakllantiruvchi metodlar.
Faoliyatni tashkil etish va хulq-atvor tajribalarini shakllantirish metodlari.
Xulq-atvorni va faoliyatni rag’batlantirish metodlari.
Shaxs ongini shakllantirsh metodlari o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg’usi va irodasiga ta’sir ko’rsatish usullari sanaladi.