Aqliy tarbiyani yo‘lga qo‘yish chog‘ida o‘quvchilarni ilm-fan, texnika va texnologiya sohasida erishilayotgan yutuqlar, yangilik, kashfiyotlardan xabardor etish, ularga ijtimoiy, tabiiy fanlar bo‘yicha bilimlarni berish orqali tafakkur va dunyoqarashni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
Bilimlar tizimini ongli ravishda o‘zlashtirish mantiqiy fikrlash, xotira, diqqat, idrok etish, aqliy qobiliyat, moyillik va iqtidorni rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Aqliy tarbiyani tashkil etishda quyidagi vazifalar hal qilinadi (17-rasm):
Jismoniy tarbiya ham ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi sanaladi.
Jismoniy tarbiya o‘quvchilarda jismoniy-irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy, jismoniy jihatdan mehnat va Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo‘naltirilgan jarayon
Bu yo‘nalishdagi tarbiyani tashkil etishda o‘quvchilarni o‘z sog‘liqlarini saqlash va mustahkamlash, organizmni chiniqtirish, jismoniy jihatdan to‘g‘ri rivojlanishi hamda uning ishchanlik qobiliyatini oshirish borasida g‘amxo‘rlik qilish tuyg‘usini yuzaga keltirish, ularni maxsus bilimlar bilan qurollantirish, ularda yangi harakat turlari borasida ko‘nikma, malakalarni hosil qilish, yoshi, jinsiga muvofiq keladigan (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, sabot, mehnat, chidam, iroda, xarakterni qaror toptirish) jismoniy sifatlarni rivojlantirish, shaxsiy gigienani saqlashga nisbatan ongli munosabatlarni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratiladi.
Pedagogik yondashuvga ko‘ra didaktik o‘yinlar bilan bir qatorda ularning jismoniy faolliklarini oshirishga xizmat qiluvchi harakatli o‘yinlar ham maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim yoshi bolalarining jismoniy, aqliy jihatdan rivojlanishlariga katta yordam beradi.
Jismoniy tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat (18-rasm):
Jismoniy tarbiyani bolalarning maktabgacha yoshidan boshlab muntazam tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Jismoniy tarbiya ta’lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan fanlardan biri sanaladi. Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiyani tashkil etishda o‘quvchilarni quyosh, suv va havo vositalarida chiniqtirishga, dam olish (jumladan, to‘yib uxlash) va mehnat faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishga alohida e’tibor qaratish lozim.
O‘quvchilarning jismoniy madaniyatga egaliklari quyidagi bilan belgilanadi: 1) jismoniy harakat ko‘nikmalariga egalik; 2) jismoniy mehnat qilish qobiliyatining rivojlanganligi; 3) jismoniy kamolotning aks etishi; 5) o‘quvchilar tomonidan jismonan rivojlangan idealning tanlanganligi va undan namuna olish yo‘lida amaliy harakatlarning tashkil etilayotganligi.
Ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi mehnat tarbiyasi sanaladi. Mehnat tarbiyasidan ko‘zlangan maqsad, avvalo, o‘quvchilarga mehnatning mohiyati, mazmunini chuqur anglatishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |