3-ma‘ruza: don un va non mahsulotlari reja: Donlarni klassifikasiyasi



Yüklə 475,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix24.04.2023
ölçüsü475,22 Kb.
#102015
1   2   3   4   5   6
3-Maruza

5. Bulochka mahsulotlari
Batonlar nonning yaxshilangan turiga kiradi, chunki ularning tarkibiga har hil 
miqdorda shakar solinadi, ayrim turlariga esa shakardan tashqari, margarin, sut, tuxum 
va boshqa mahsulotlar qo’shiladi. Oddiy baton tarkibida un, suv, tuz va hamirturush 
bo’ladi. Barcha turdagi batonlar uzunchoq ovalsimon shaklda, tumtoq yoki uchli bo’lib, 
sirti kiyshiqroq qilib kesib-kesib qo’yiladi, u o’ta g’ovak-g’ovak va kislotaliliri kam 
bo’ladi. Oddiy, kesilgan, mayizli, gorodskoy, sutli, xonaki, stolichniy va boshqa 
batonlar.
Bulka va hilma-hil bulochkalar ham baton hamiridan tayyorlanib, unga shakar 
va bulkalarning to’yimlilik qimmatini va ta`mini yaxshilovchi boshqa mahsulotlar 
qo’shiladi. Ular o’ta g’ovak-g’ovaq kislotaliliri kam bo’ladi. Lekin batondan farq qilib, 
og’irligi 50 g dan 200 g gacha turli formada chiqariladi. Gorodskoy, sayka, rus bulkasi, 
ko’knorli, o’rilgan xala, ko’knorli o’rilma, kalach va hilma-hil bulochkalar (burama 
bulka; g’ozam bulka, rojoq, taroqsimon, taqasimon va boshqa bulkalar) eng ko’p 
tayyorlanadigan bulkalardir.
Sutli-yog’li mahsulotlar. Oliy va 1-nav unga ko’proq miqdor shakar (7—30%), 
yog’ (3,5—24%), tuxum va boshqa mahsulotlar qo’shib tayyorlanadi. Sutli mahsulotlar 
assortimentiga: yog’li shirin bulka, o’rama bulka, ustrisa, vatrushka, o’rilma, 
baliqsimon, sumkasimon, oqqushsimon bulkalar kiradi.


Parxezbop nonlar. Bunday mahsulotlarga mahsus resept bo’yicha tayyorlangan 
va turli kasalliklarga mubtalo bo’lgan kishilarga mo’ljallangan non mahsulotlari kiradi.
“Zdorov`e” donli non oliy navli bo’g’doy unidan (40%) va dag’al tortilgan 
dondan tayyorlanadi; yog’ bosgan va ichaklari sust ishlaydigan kishilarga 
mo’ljallanadi.
Tuxum po’choqli teshkulcha rahit va me`dasida kislota ortib ketgan kasallarga 
mo’ljallanadi.
Milliy nonlar. Nonning odatdagi navlaridan tashqari, ayrim respublikalarda 
milliy navlari ham ishlab chiqariladi. Ular odatdagi navlardan hamirining tarkibi, 
tayyorlash jarayoni, pishirish vositalari (tandir noni, shakli, o’lchami, tashqi bezagi, 
ta`mi va boshqalari) bilan farqlanadi.

Yüklə 475,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin