BLOKNOT
(NotePad)
dasturi.
Uning yordamida eng sodda matnli (
txt
va
wri
kengeytmali) fayllarni yaratishimiz
va tahrirlashimiz mumkin. Bu dasturda hamma matn bitta harflar shrifti (shakli)
bilan va bitta razmerida (kattalikda) yoziladi, rasm va jadvallar bilan ishlash
imkoniyatlar yo‘q.
Bu dasturni ishga tushurish uchun biz sichqoncha yordamida PUSK tugmasini
bosamiz,
keyin
PROGRAMM
bo‘liminitanlaymiz.
Shu
bo‘limdagi
STANDARTNYe guruhini topib ichidagi BLOKNOT nomli dasturni ishga
tushiramiz.
LINUX OPERATSION TIZIMI
Linuks operatsion tizimi (ОТ), boshqa OT kabi, zamonaviy kompyuterning
ishini ta’minlovchi asosiy qismdir. Unga 1991 yilda, o’sha vaqt hali talaba, Linus
Torvalds asos solgan. U qisqa vaqt ichida kompyuter ishqibozlari orasida tez
tarqaldi. Hozirgi kunda, u tez rivojlanayotgan OT dan biri hisoblanadi. Allaqachon
u faqat «g’alati» kompyuter ishqibozlari uchun deb hisoblanmaydi, chunki u
axborot texnologiyalar bozorida o’z o’rniga ega IBM, Novell, SUN kabi katta
kompaniyalar unga ko’p millionli investitsiya qilmoqda.
Nima uchun Linuks o’ziga katta e’tibor qaratmoqda? Nima uchun Microsoft
o’zining biznesiga havf-hatarlar orasida iqtisodiy inqirozdan keyin aynan Linuksni
tan oladi?
Birinchidan, Linuksning asosi UNIX ОТ ga o’xshaydi. UNIX ОТ birinchi
ОТlardan biri bo’lib texnik nuqtai nazardan eng mustahkam va himoyalangan
hisoblanadi. Ammo asosiy sabab bu emas. Eng asosiy sabab – boshqalardan,
masalan Windows yoki UNIXdan, farqi Linuks bitta kompaniya yoki shaxsga
tegishli emas. uning egasi – hamma. Buning hammasi GPL litsenziyasi tufayli,
Linuks aynan shu litsenziya shartlari asosida tarqatiladi. bu litsenziya, aniqrog’i
kelishuv, nima bilan boshqalardan farqli? Bu litsenziyaning shartlari bo’yicha
dastur kompyuter tilida yozilgan asl kod bilan birga tarqaatiladi (sotiladi). Bu
degani istalgan kishi unga o’zgarish kiritishi mumkin, ammo o’zgarishlar
hammaga ochiq bo’lishi shart. Linuks ustida ishlash uchun dasturchilar inernetda
foydalanishini hisobga olsak, hamma internet foydalanuvchilari imkoniyatlariga
yarasha potensial Linuks tuzuvchisi hisoblanadi. Shuni ham aytib o’tish kerakki,
olmoniya va fransiya kabi rivojlangan mamlakatlar turli sohalarda Windows ОТni
Linuks bilan almashtirish yo’llarini jiddiy o’ylab ko’rmoqda. Sabablaridan biri –
Microsoft o’zining monopolist tabiati tufayli o’ziga qulay bo’lgan shartlarni oldin
surmoqda va bundan tashqari xato va nosozliklar tez-tez uchrab turadi.
Linuksning rivojlanishiga hissa qo’shuvchi minglab ishqibozlar soniga
kompyuter muhandislaridan tashqari xato va nosozliklar haqida xabar qiluvchi
foydalanuvchilar, ko’plab Internet forumlarda bir-biriga yordam beruvchi
foydalanuvchilar, kompyuter grafikasi bo’icha rassomlar va Linuks uchun
qo’llanma yozuvchilar kiradi. Bundan tashqari, ularning safiga albatta tarjimonlar
ham kiradi. Ular tufayli Linuks eng ko’p tilga tarjima qilingan OT hisoblanadi.
Buning hammasi aksariyat holda beminnat va ixtiyoriy ravishda bajariladi.
Shuning uchun Linuks davrimizning nafaqat texnik balki ijtimoiy hodisasidir.
Tabiiyki, AQSH va Yevropa mamlakatlari kabi rivojlangan davlatlarda tez
tarqalmoqda. Ammo Linuks na iqtisodiy, na siyosiy chegaralarni biladi va albatta
O’rta Osiyoni ham chetlab o’tmadi. Matbuot nazaridan chetda qolgan bo’lsa ham,
mana bir necha yil davomida Linuks ishqibozlari, «Linux o’zbekcha gapiradi» va
Khujand.org loyihalari, uni O’zbekiston va Tojikiston sharoitlariga moslash bilan
shug’ullanib kelmoqda. Qirg’izistonlik ishqibozlar ham qirg’izcha Linuks ustida
ishlamoqda.
O’zbekchaga tarjima qilingan OT 14 oktabrda chiqqan Mandrake Linux 9.2
hisoblanadi. Shuning uchun bu sana o’zbekcha Linuksning tug’ilgan kuni
hisoblanadi. Yaqin orada o’zining foydalanuvchilari huzuriga Mandrake Linux
ОТning yaxshilangan versiyasi chiqadi. Shuni aytib o’tish kerakki, uni Internetdan
bepul va qonuniy ravishda yozib olish mumkin. Uni o’rnatish uchun qo’llanmani»
Linux o’zbekcha gapiradi» loyihasiga bag’ishlangan veb-sahifadan topish mumkin.
Bundan tashqari o’sha yerda o’zbek tilida Linuks va u uchun dasturlar haqida
ma’lumot almashish uchun forum ham bor. Bu bilan o’zbekzabon foydalanuvchilar
savol-javob usulida muammolarni yechib Internetda o’zbek tilidagi ma’lumotni
boyitishi mumkin. Linuksning tashqi ko’rinishi bilan tanishmoqchi bo’lganlar
uchun ham alohida sahifa bor. Loyihaning o’ziga xos hususiyati – kompyuter
atamalari bo’yicha lug’at. U yerda istagan kishi tarjimaga oid o’z takliflarini
kiritishi mumkin. Ushbu lug’at harakatni markazlashtirish va yagona andoza ishlab
chiqish maqsadida yaratilgan.
Loyihaning yana bir noyob natijasi o’zbek tilida yozilgan matnning imlosini
tekshirish imkoniyatini yaratuvchi vositadir. Hozirgi kunda matn tahrirchi, xat-
xabar va chat kabi dasturlarda bunday imkoiyat allaqachon mavjud. Bu qulaylikni
yaratuvchi o’zbekcha lug’atda 30000 dan ziyod so’z bor.
Loyihadagi hamma ish bo’sh vaqtda, beminnat va ixtiyoriy ravishda
bajariladi.Ayni paytda loyiha homiyga ega emas, hamma harajatlar shaxsiy
cho’ntakdan qoplanmoqda. Loyihaning hamma natijalari GPL litsenziya asoslarida
tarqatiladi. ularni loyihaning veb-saytidan yoki ular qo’llanilayotgan turli joydan
yozib olish mumkin.
Buning hammasi bir-ikkita «g’alati» kishilar tomonidan huzur olish uchun
qilinayotganiga qaramasdan loyiha katta potensialga egaligini inkor qilib
bo’lmaydi. Hmmaga ma’lum, axborot texnologiyalar sohasida ishlayotgan
mutaxassislar rusiyzabondir, chunki Respublikada zamon andozalariga to’g’ri
keladigan texnika bo’yicha kitob qo’llanmalar yetishmaydi. Kompyuterning
muloqot tili ham rus tili. Har yili ruszabonlar yoki rus tilini biladiganlar kamayib
boryapti. Ertaga bizning o’rnimizga keladigan yoshlarning aksariyat qismi rus tilini
umuman bilmaydi. Agar bu sohada hech narsa o’zgarmasa, O’zbekiston katta
muammoga, ya’ni kompyuter qo’llangan sohalarda malakali mutaxassis
yetishmovchiligiga uchraydi. Kelajakni kompyutersiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Oddiy qilib aytadigan bo’lsak, Vasya amakining oldiga yugurish kerak bo’ladi.
Buning oldini olish uchun, balki Linuksni o’zbekchaga tarjima qilib uni o’quv
tizimida qo’llab milliy mutaxassislarni tayyorlash arziydi? Balki, millionlab
mablag’ni Rossiyadan kompyuter haqida kitob va jurnallarga sarflagandan ko’ra
ularni o’zimizda o’zbek tilida chiqarish arziydi? Balki o’shanda Vasya amakining
oldiga borish kerak bo’lmaydi? Menga qolsa, beparvo o’tirgandan ko’ra Vasya
amakining oldiga borishni afzal ko’raman.
Linuksning falsafasi juda oddiy – kompyuter dasturlari erkin bo’lishi kerak.
Biz yashayotgan dunyoda jamiyat ravnaqi uchun kompyuter dasturlari ham inson
kabi erkin bo’lishi shart. Linuks o’ziga xos revolyutsiyadir
Dostları ilə paylaş: |