to`lovlar; (2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlar bo`yicha davlat Moliyaviy
va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan
daromadlar; (3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadYa еtish huquqi
bo`yicha davlat mulkiga o`tgan pul mablag`lari; (4) Yuridik va jismoniy
shaxslardan, shuningdek chet еl davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul
tushumlari; (5) rezident-Yuridik shaxslarga va chet еl davlatlariga berilgan byudjet
ssudalarini qaytarish hisobiga berilgan to`lovlar hamda (6) qonun hujjatlarida
taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.
O`zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi to`g`risida»gi qonuniga muvofiq
Qoraqalpog`iston Respublikasining respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar
daromadlari: (1) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq
Qoraqalpog`iston
Respublikasi
byudjetiga
va
mahalliy
byudjetlarga
yo`naltiriladigan mahalliy soliqlar, yig`imlar, bojlar va boshqa majburiy to`lovlar;
(2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog`iston
Respublikasi byudjetiga va mahalliy byudjetlarga o`tkaziladigan umumdavlat
soliqlari, yig`imlari, bojlari va boshqa majburiy to`lovlar; (3) qonun hujjatlarida
belgilangan normativlarga muvofiq davlat mulki ob’ektlarini joylashtirish,
foydalanishga berishdan olingan daromadlar; (4) qonun hujjatlariga muvofiq meros
olish, hadYa еtish huquqi bo`yicha davlat mulkiga o`tgan pul mablag`lari; (5)
Yuqori byudjetlardan beriladigan
byudjet dotasiYalari, byudjet subvensiYalari va
byudjet ssudalari; (6) Yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet еl
davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari hamda (7) qonun hujjatlarida
taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.
Davlat byudjetiga kelib tushgan umumdavlat soliqlari, yig`imlari, bojlari va
boshqa majburiy to`lovlar O`zbekiston Respublikasi
banklari tomonidan qabul
qilinadi va belgilangan tartibda 23402 «Respublika byudjeti mablag`lari»
hisobvarag`iga kirim qilinadi.
Davlat byudjetining 23402 «Respublika byudjeti mablag`lari» hisobvarag`iga
kelib tushgan soliq va boshqa to`lovlar hisobidan belgilangan tartibda va miqdorda
tegishli banklarda ochilgan mahalliy byudjetlarning g`azna hisobvaraqlariga
ajratma qilinadi.
Maktabgacha bolalar tashkilotlarida bolalarining ovqatlanganligi uchun ota-
onalarning badallari va byudjet mablag`lari oluvchilar xodimlarining ijtimoiy
to`lovlarini qoplash uchun kleib tushgan mablag`lar g`azna hisobvaraqlariga kirim
qilinadi.
Byudjet mablag`lari oluvchilarning o`tgan yillarda paydo bo`lgan kreditor
qarzlarning joriy Moliya yilida kelib tushgan summasi hamda muayYan joriy
Moliya yilida paydo bo`lgan debitor qarzlarning summasi g`azna hisobvaraqlariga
kirim qilinadi.
Tegishli g`aznachilik organlarining g`azna hisobvaraqlari bo`yicha har kuni
beriladigan bank muassasasining ko`chirmalariga ilova qilingan to`lov hujjatlari,
mazkur byudjet daromadlarining buxgalteriya hisobi uchun asosiy hujjat bo`lib
xizmat qiladi.
G`azna hisobvaraqlariga kelib tushayotgan byudjetlarning daromadlari hisobi
har bir daromad turi bo`yicha tegishli buxgalteriya hisobi registrlarida Yuritiladi.
G`azna hisobvaraqlariga kelib tushayotgan byudjetlarning daromadlari hisobi
byudjet tasnifining bob va paragraflari bo`yicha Yuritiladi.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklarining ularning
bajarilganligi haqidagi belgisi bo`lgan to`lov hujjatlarining nusxalari, mahalliy
byudjetlarga yo`naltiriladigan umumdavlat soliqlari va daromadlaridan mahalliy
byudjetlar ajratmalar vedomosti mahalliy byudjet hisobvarag`idan ko`chirmalar
bilan birga hamda tijorat banklari va O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki
muassasalarining
hisobotlari, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shakllar va
boshqalar byudjet daromadlarini buxgalteriya hisobida qayd qilish uchun xizmat
qiladi.
O`zbekiston Respulikasi bank muassasalaridan ko`chirma olingandan so`ng
g`aznachilik organi ko`chirmaga ilova qilingan hujjatlarni sinchiklab tekshirib
chiqishi kerak. Mazkur byudjet bo`yicha tushgan summalarni o`tkazilishi
to`g`riligini aniqlash va tushgan summaning byudjet tasnifining qaysi bo`linmasiga
kiritilishini aniqlashi lozim. Kunlik tekshirilgan hujjatlar daromadlar turlari
bo`yicha guruhlanadi va byudjet tasnifining har bir bo`linmasi bo`yicha umumiy
summalari avval bir kunda «G`azna hisobvarag`iga kelib tushgan daromadlar
to`g`risida ma’lumotnoma»ga (3-shakl), so`ngra «Byudjet mablag`lari bo`yicha
daromadlar va tushumlar hisobi kitobi»ga (5-k–shakl) qayd qilinadi.
Mazkur byudjet daromadlariga tushgan summalarga taalluqligiga
etarli asoslar
bo`lmaganda yoki tushgan summa daromadlar tasnifining qaysi bo`linmasiga
o`tkazilishini aniqlashning imkoni bo`lmasa, bu summalar «Aniqlanmagan
tushumlar» subschyotiga yoziladi.
O`zbekiston
Respublikasi
respublika
byudjetiga,
Qoraqalpog`iston
Respublikasining respublika byudjetiga va mahalliy byudjetlarga tushuvchi
daromadlar, quyidagi ikkinchi tartibli schyotlari (subschyotlari) bo`lgan, 04 passiv
birinchi tartibli schyotda hisobga olinadi:
040 - «Byudjetlar daromadlari» subschyoti;
041 - «Aniqlanmagan tushumlar» subschyoti;
043 – «Yuqori byudjetning prognoz ko`rsatkichlarini oshirib bajarilishidan
mahalliy byudjetlarga kelib tushgan daromadlar» subschyoti;
044
-
«Respublika
g`azna
hisobvarag`iga
respublika
byudjeti
hisobvaraqlaridan mablag`lar tushumi» subschyoti
047 - «Byudjetga o`tkazilishi lozim bo`lgan mablag`lar tushumi» subschyoti;
048 - «Ijtimoiy nafaqalar to`lovi uchun byudjetdan tashqari Pensiya fondi
mablag`larining tushumi» subschyoti;
049 - «Byudjet mablag`lari oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa
mablag`lari tushumi» subschyoti.
Dostları ilə paylaş: