3-Mavzu : Davlat byudjeti daromadlari ijrosi hisobi


 - «Byudjetlar daromadlari»



Yüklə 278,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/18
tarix16.12.2023
ölçüsü278,91 Kb.
#181983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
3-ма\'ruza

040 - «Byudjetlar daromadlari» 
 subschyoti 
 
 
040 - «Byudjetlar daromadlari» subschyoti hisobot yili Yakuni bo`yicha 
g`azna hisobvaraqlariga byudjet ijrosi natijalari daromadlariga tushumlar, berilgan 
va olingan daromadlar (dotasiYalar, subvensiYalar) summalari, ko`chirmalar, 
qaytarish va o`tkazishlar bilan bog`liq operasiyalar buxgalteriya hisobini olib 
borish uchun tayinlangan. 
Buxgalteriya hisobi bo`yicha xodimlar ko`chirmalar va ularga ilova qilingan 
hujjatlarni olgandan so`ng hujjatlarni sinchiklab tekshirib, tegishli byudjet bo`yicha 
tushgan summalarni to`g`ri qabul qilinganligini aniqlashi va ushbu tushumlar olib 
borilishi lozim bo`lgan daromadlar tasnifi kodini aniqlashi kerak. Tekshirilgan 
hujjatlar kunlik ravishda daromadlar turi bo`yicha dasturiy majmuaga byudjet 
tasnifining har bir kodi
bo`yicha kiritiladi. 
 
Byudjetlar daromadlarining buxgalteriya hisobiga 
 doir ayrim operasiyalarga g`aznachilik organlarida


tuziladigan buxgalteriya provodkalari 
 
(1) Mazkur byudjetga kelib tushgan soliqlar, yig`imlar va boshqa daromadlar 
summasiga g`aznachilik organlarida quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi: 
Debet 010 - «Respublika byudjeti mablag`lari» subschyoti yoki 
Debet 011 - «Mahalliy byudjet mablag`lari» subschyoti; 
Kredit 040 - « Byudjetlar daromadlari» subschyoti. 
(2) Mazkur byudjetga bir tur daromadlar bo`yicha ortiqcha kelib tushgan 
daromad summasi boshqa tur daromadlar bo`yicha to`lanmay qolgan qarzni 
qoplashga o`tkazilgan bu o`tkazilgan summaga g`aznachilik organlarida 
quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi: 
Debet 040 - « Byudjetlar daromadlari» subschyoti;
Kredit 040 - « Byudjetlar daromadlari» subschyoti. 
(3) Mazkur byudjetga kelib tushgan aniqlanmagan tushumlar muayYan 
byudjetning daromadiga o`tkazilganda bu o`tkazilgan summaga g`aznachilik 
organlarida quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi: 
Debet 041 - «Aniqlanmagan tushumlar» subschyoti;
Kredit 040 - « Byudjetlar daromadlari» subschyoti. 
(4) Mazkur byudjetga ortiqcha yoki noto`g`ri kelib tushgan mablag`lar tegishli 
Yuridik yoki jismoniy shaxslar qaytarilganda bu qaytarilgan summaga g`aznachilik 
organlarida quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi: 
Debet 040 - «Byudjetlar daromadlari» subschyoti;
Kredit 010 - «Respublika byudjeti mablag`lari» subschyoti yoki 
Kredit 011 - «Mahalliy byudjet mablag`lari» subschyoti. 
(5) Hisobot davrida mazkur byudjetga kelib tushgan daromadlar summasi 
«Byudjetlar ijrosi natijalari» subschyotiga o`tkazilganda bu o`tkazilgan daromadlar 
summasiga g`aznachilik organlarida quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi: 
Debet 040 - «Byudjetlar daromadlari» subschyoti;
Kredit 090 – «Byudjetlar ijrosi natijalari» subschyoti. 



Yüklə 278,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin