Kredit 010 - «Respublika byudjeti mablag`lari» subschyoti yoki
Kredit 011 - «Mahalliy byudjet mablag`lari» subschyoti.
(4) Mazkur byudjetga kelib tushgan aniqlanmagan tushumlar tegishli
byudjetning kassa xarajatlarini tiklashga o`tkazilganda bu o`tkazilgan summaga
g`aznachilik organlarida quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 041- «Aniqlanmagan tushumlar» subschyoti;
Kredit 020 – «Byudjetlar xarajatlari» subschyoti.
(5) Mazkur byudjetga kelib tushgan aniqlanmagan
tushumlarni byudjet
mablag`lari oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa mablag`lari hisobidan
amalga oshirilgan kassa xarajatlarini tiklashga o`tkazilganda bu o`tkazilgan
summaga g`aznachilik organlarida quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 041- «Aniqlanmagan tushumlar» subschyoti;
Kredit 029 – «Byudjet mablag`lari oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa
mablag`lari hisobidan xarajatlar» subschyoti.
(6) Mazkur byudjetga kelib tushgan aniqlanmagan
tushumlarni byudjetdan
tashqari Pensiya fondi mablag`lari hisobidan amalga oshirilgan kassa xarajatlarini
tiklashga o`tkazilganda bu o`tkazilgan summaga g`aznachilik organlarida
quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 041- «Aniqlanmagan tushumlar» subschyoti;
Kredit 028 - «Byudjetdan tashqari Pensiya fondi mablag`lari hisobidan
xarajatlar» subschyoti.
(7) Mazkur byudjetga kelib tushgan aniqlanmagan tushumlar «Byudjetga
o`tkazilishi lozim bo`lgan mablag`lar tushumi» subschyotiga o`tkazilganda bu
o`tkazilgan summaga g`aznachilik organlarida
quyidagicha buxgalteriya
provodkasi tuziladi:
Debet 041- «Aniqlanmagan tushumlar» subschyoti;
Kredit 047 – «Byudjetga o`tkazilishi lozim bo`lgan mablag`lar tushumi»
subschyoti.
Dostları ilə paylaş: