3-Mavzu. Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularni hisoblash Reja



Yüklə 416,75 Kb.
səhifə10/11
tarix08.05.2023
ölçüsü416,75 Kb.
#109575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3-Mavzu. Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularni hisoblas

Deflyator = ------------- 100
Qi1 Pi0
Bu yerda: i – deflyatorni hisoblash uchun bozor savatiga kiritilgan tovarlar soni;
Qi1 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i – tovar yoki xizmatlar hajmi miqdori (Masalan 2 kg shakar, 2 dona ko’ylak va h.k);
Pi1 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i — mahsulotning shu yilga bahosi;
Pi0 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i – mahsulotning bazis yildagi bahosi.
Deflyatorni hisoblash shartlari:
- odatda o’tgan yilga nisbatan hisoblanadi;
- bozor savati joriy yilda aniqlanib keyingi yillarda o’zgartirilishi mumkin;
- bozor savatiga ham iste’mol ishlab chiqarish xarakteridagi tovarlar va xizmatlar kiritiladi;
- bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlar turlarining umumiy YAIM dagi ulushi katta qismini tashkil qilishi kerak;
- bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlar hajmlari o’rtasidagi nisbat ularning YAIM dagi ulushlari o’rtasidagi nisbatga mos kelishi kerak.
Nominal YAMM
Real YAIM = ———————————— 100
Deflyator
Iste’mol narxlari indeksi quyidagicha aniqlanadi:
Qi0 Pi1
INI = ------------- 100
Qi0 Pi0
Bu yerda:
Qi0– bazis yilda bozor savatiga kiritilgan i – tovar va xizmatlar hajmi;
Pi1 – i – tovarning joriy yildagi bahosi;
Pi0 – i – tovarning bazis yildagi hajmi.
Iste’mol narxlari indeksi hisoblashning shartlari;
- bozor savati bazis yil uchun aniqlanadi va bir necha yil davomida o’zgarmaydi;
- bozor savatiga faqat iste’mol xarakteridagi tovarlar va xizmatlar kiritiladi;
- bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlarning hajmi iste’mol xarajatlarining katta qismini tashkil etishi kerak.
INI ko’rsatkichining kamchiligi shundaki bozor savati tarkibi o’zgarmas bo’lganligi tufayli aholi iste’moli tarkibida tovarlar va xizmatlar ulushining o’zgarganligini, shuningdek tovarlar va xizmatlar sifatida ro’y bergan o’zgarishlarni hisobga olish imkonini bermaydi Shu sabrbli bu indnks baholar darajasini biroz oshirib ko’rsatadi.
YAIM deflyatori esa bozor savatiga joriy yida kiritilmay qolgan tovarlar baholarining oshishini hisobga olish imkonini bermasligi tufayli baholar darajasini biroz pasaytirib ko’rsatadi. Shu sababli bu ikki indeksning o’rtacha darajasini xarakterlovchi Fisher indeksi hisoblanadi:


If = Idef * Iini

Sanoat ishlab chiqaruvchilar baho indeksi iste’mol narxlari indeksi singari hisoblanadi. Lekin bozor savatiga sanoat mahsulotlarigina kiritilib ular ulgurji baholarda hisoblanadi.





Yüklə 416,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin