3-Mavzu. Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularni hisoblash Reja



Yüklə 416,75 Kb.
səhifə9/11
tarix08.05.2023
ölçüsü416,75 Kb.
#109575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3-Mavzu. Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularni hisoblas

Sx q=M – X yoki Sx = -Xn

Agar mamlakat eksportiga nisbatan ko’proq import qilsa, unda daromadlarning bir qismi xorijda qoladi va keyinchalik undan xorijiy sheriklar tomonidan mamlakatimizda ko’chmas mulk va moliyaviy aktiv sotib olishda foydalaniladi.


Har qanday holatda ham barcha turdagi jamg’armalarning umumiy yig’indisi investitsiyalarga teng bo’ladi:
Sp = Sd + Sx = (U + TR + N –T ) -C + ( T – TR – N )) - G + (-Xn)
yoki
Sp + Sd + Sx = U - C - G - Xn
S = C + I + G - Xn - C - G - Xn
S = I
Demak, iqtisodiyotdagi investitsiya xarajatlari nafaqat ichki jamg’armalar hisobiga, balki tashqi dunyo jamg’armalari hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin. Mamlakatda investorlarga kafolatlangan yuqori foyda olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar xorijiy investorlar oqimining o’sishiga olib keluvchi muhim shartlardan biridir.
Keynschilar fikriga ko’ra, S= I ayniyatga bozor mexanizmlari vositasida tasodifan erishiladi, xolos. CHunki investorlar va jamg’aruvchilarnnig rejalari o’zaro mos kelavermaydi. Shu tufayli davlat to’g’ri iqtisodiy siyosat yurgizib makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashi shart.


8. Nominal va real YaIM.
Iqtisodiyotda mavjud bo’lgan inflyatsiya jarayonlari YAIMni hisoblashni qiyinlashtiradi. Bu ko’rsatkich dinamikasi bir vaqtning o’zida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdor va baho darajalarining o’zgarishini ifodalaydi. Bu shuni bildiradiki, YAIM miqdoriga bir vaqtning o’zida ham ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning fizik hajmi, ham baho darajaci o’zgarishi ta’sir ko’rsatadi.
Iqtisodiyotda doimiy inflyatsiya jarayonining mavjudligi makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni taqqoslama baholarda hisoblashni zarur etib qo’yadi. CHunki, inflyatsiya iqtisodiyotning real holatini buzib ko’rsatadi. Iqtisodiyotni tahlil qilish, muammolarni aniqlash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qiyinlashtiradi. Bu vazifani bajarish uchun joriy baholarda hisoblangan nominal ko’rsatkichlardan emas, balki taqqoslama (bazis) baholarda hisoblangan real ko’rsatkichlardan foydalanish zarur. Ayrim yagona firmadan farqli o’laroq milliy iqtisodiyotda juda ko’p sonli tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishi sababli ularning barchasini bir varakayiga taqqoslama baholarda hisoblash qiyin. Shu tufayli YaIM tarkibida katta ulushni tashkil etgan eng muhim tovarlar va xizmatlar bahosining o’zgarishi koeffitsiyenti ( baholar indeksi) hisoblab topilib olingan natija butun milliy iqtisodiyot uchun tadbiq etiladi.
Baholar indeksini yoki inflyatsiya darajasini hisoblash uchun:
- deflyator (Paashe indeksi);
- iste’mol narxlari indeksi(Laspeyres indeksi);
- sanoat ishlab chiqarish baholari indekslari hisoblanishi lozim.
Deflyator ko’rsatkichi quyidagi formula bilan hisoblaganadi:
Qi1 Pi1

Yüklə 416,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin