Qisqacha xulosalar Mamlakatning makroiqtisodiy holati ko’rsatkichlar tizimi orqali baholanadi. Makroiqtisodiy tahlilda YAIM, YAMD, SIM, SMD, ShD, ShTD, YAMTD, S ,S, INI,YAIM deflyatori kabi ko’rsatkichlardanfoydalaniladi.
YAIM - mamlakat rezidentlari tomonidan ma’lum muddat davomida ishlab chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarininng umumiy yig’indisidan iborat.
YAIMni hisoblashning ishlab chiqarish, yakuniy iste’mol va taqsimot usulari mavjud bo’lib, ulardan dastlabki ikki turi keng qo’llaniladi.
YAIMni hisoblashda bir qiymatni ikki qayta hisoblashga yo’l qo’ymaslik uchun uni qo’shilgan qiymatlar yig’indisi ko’rinishida hisoblanadi. Bu usul YAIMni hisoblashning ishlab chiqarish usuli deyiladi.
YAIMni xarajatlar ko’rinishida to’rt guruhdagi xarajatlar - iste’mol, investitsiya, davlat xaridi va sof eksport xarajatlari yig’indisi orqali hisoblanadi.
Har uchala usulda hisoblangan YAIM ko’rsatkichi hajmi statistik xatolar istisno etilganda o’zaro teng bo’ladi.
Milliy hisobchilik tizimining barcha ko’rsatkichlarini hisoblashning uslubiy bazasi bitta bo’lgani uchun ularni o’zaro taqqoslash imkoni mavjud.
Makroiqtisodiy tahlilda YAIM ko’rsatkichi bilan birgaYAMD ko’rsatkichidan ham foydalaniladi. YAMD - mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va mamlakat tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan olgan boshlang’ich daromadlari yig’indisidir.
Soddalik uchun YAIM Yalpi ishlab chiqarish, YAMD esa Yalpi daromad deb ham yuritiladi.
Nominal YAIM yakuniy tovarlar va xizmatlar hajmini joriy narxlarda, real YAIM esa doimiy narxlarda baholaydi. Shunday qilib, real YAMM hajmi faqatgina ishlab chiqarish hajmi o’sishi bilan oshadi, nominal YAMM esa tovar va xizmatlar baho darajasining o’sishi natijasida ham oshishi mumkin. Milliy ishlab chiqarish va daromad hajmining real o’zgarishini aniqlash uchun baholar indekslaridan: YAIM deflyatori va INI ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar 1.Milliy iqtisodiyotni tahlil qilish uchun foydalaniladigan ko’rsatkichlardan qaysilari makroiqtisodiy ko’rsatkichlar hisoblanadi?
2.Qo’shilgan qiymat, yakuniy mahsulot, oraliq mahsulot ko’rsatkichlarini tavsiflab bering.
3. Nima uchun YAIM ko’rsatkichini qayta hisoblashdan ehtiyot bo’lish zarur va bunga qanday erishiladi?
4. YAIMni xarajatlar bo’yicha hisoblashda qo’llaniladigan komponentlar tarkibini sanab o’ting.
5. O’zbekiston Respublikasida YAIMning ishlab chiqarish strukturasiga tahliliy sharh bering.
5. YAIMni taqsimot usulida aniqlashda MHTning yangi talqinida keltirilgan hamda iqtisodiy adabiiyotlarda qo’llab kelinayotgan uslublardagi farqlarni tushuntirib bering.
6. YAMD ko’rsatkichi qanday hisoblanadi va YAIM ko’rsatkichidan nimasi bilan farq qiladi?
7. ShD, ShTD, YaMTD ko’rsatkichlari o’rtasidagi bog’liqlik va farqlar nimada?
8. Baholar indekslarini va real YaIM ni hisoblash zaruratini asoslab bering?
9. YaIM deflyatori va iste’mol narxlari indeksi ko’rsatkichlarining farqlarini izohlang.
1 Агапова Т.А., Серегина С.Ф. Макроэкономика:Учебник.-7-е изд.перераб. и доп.-М.:Издательство “Дело и сервис”, 2005. 25-с.
2 Xodiev B.YU., Bekmurodov A.SH. va boshqalr. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari» nomli asarini o'rganish bo'yicha o'quv qo'llanma. – T.: Iqtisodiyot, 2009. 31-b
3 Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yanada yuksaltirishdir / Toshkent oqshomi, 01.02.2010 .